Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Intizomiy qismga jo‘natish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilganda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan ish holatlari deganda
6. Intizomiy qismga jo‘natish Intizomiy qismga jo‘natish faqat muddatli harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladigan asosiy jazo turidir. Jazoning ushbu turi jinoyatning maxsus subyektiga nisbatan qo‘llaniladi. Uning boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmatchilarga umumiy safarbarlik asosida va muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan oddiy askarlar, serjantlar, shuningdek,, ofitserlar tarkibida xizmatni o‘tayotganlar kiradi. Bu jazo turining asosiy xususiyati shundaki, u faqat jinoyat qonuni normasi sanksiyasida ko‘rsatilgan hollardagina qo‘llaniladi. Bu jazoning mohiyati, harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddatga maxsus ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan harbiy qismga jo‘natishda ifodalanadi. Bu jazoni o‘tashda maxsus ichki tartib qoidaga amal qilinadi. Intizomiy qismga jo‘natish asosiy jazo turi bo‘lib, uning ijrosi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Intizomiy qismda mahkumlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’tillar berilmaydi. Qonunda intizomiy qismda jazoni o‘tash muddati belgilangan bo‘lib, u Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalarida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Shuningdek,, sud ish holatlarini va mahkumning shaxsiga taalluqli ma’lumotlarni hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatdagi intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin. Intizomiy qismda bo‘lish muddati uch yilgacha qilib belgilanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilganda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan ish holatlari deganda, jinoyatning og‘irligi, uning oqibatlari, uning xususiyati va boshqa holatlar tushiniladi. Bunda sud 354 javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarini hisobga olishi lozim. Mahkumning shaxsini xususiyatlovchi belgilarga davlat mukofotlari olganligi, sudlanganligi, uning tugaganligi yoki olib tashlanganligi yoxud jazoni ozodlikdan mahrum etish joylarida o‘taganligi e’tiborga olinadi. Sud hukmida jazo muddatining ko‘rsatilmaganligi jinoyat qonunini buzish hisoblanadi, bu esa hukmning bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Mahkumlarning intizomiy qismda jazoni o‘tash vaqti harbiy xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. Jazoni o‘tagandan so‘ng mahkum harbiy qismga jo‘natiladi. Jazoni o‘tash vaqtida harbiy xizmat muddati o‘tmaganligi sababli, boshqa turidagi jazo bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar jazoni o‘tash davomida mahkum harbiy xizmatga layoqatsiz deb topilsa, unga nisbatan bu jazo chorasini ijro etish to‘xtatilishi lozim. Bunda sud jazoni o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirishi yoki jazodan ozod qilish masalasini ko‘rib chiqishi lozim. Jinoyat ijroiya kodeksining 160-moddasiga ko‘ra intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga kiritib hisoblash to‘g‘risidagi masala garnizon harbiy sudining sudyasi tomonidan jazoni o‘tash muddati o‘tgach qo‘mondonlikning iltimosiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi 1 . Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling