Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


birinchisi, mahkum jazoni o‘zi ishlab turgan joyda o‘taydi; ikkinchisi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchisi, mahkum jazoni o‘zi ishlab turgan joyda o‘taydi;
ikkinchisi, jazoni jazo ijrosini nazorat qiluvchi organ belgilab bergan 
joyda o‘taydi.
Jazoning qaysi turini o‘tash lozimligini sud belgilaydi. 
Mahkumning o‘z ish joyi deganda, nafaqat uning mehnat 
shartnomasi asosida ishlayotgan, shuningdek,, mustaqil tarzda amalga 
oshiradigan faoliyati (masalan, tadbirkorlik faoliyati) tushuniladi. Qoida 
bo‘yicha doimiy xizmatdagi shaxsga axloq tuzatish ishini o‘zi ishlab 
turgan joyda o‘tash belgilanadi. Mahkumni tarbiyalash nuqtai nazaridan 
jazoni o‘zi ishlab turgan joyida belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki 
mahkum jazoni uni yaxshi bilgan jamoa nazorati ostida o‘taydi. Jazoni ijro 
etish joyi Jinoyat kodeksi tadbiq etiladigan turli mulk shakllaridagi 
korxona, muassasa va tashkilot bo‘lishi mumkin. Shuningdek, boshqa 
normativ hujjatlarga («Nodavlat, notijorat tashkilotlar to‘g‘risida» 
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlar) 
asosan tartibga solinadigan korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi. 
Agar sud ba’zi jiddiy sabablarga ko‘ra jazoni mahkum ishlab turgan 
joyida o‘tashni maqsadga muvofiq deb topmasa, buning asoslarini hukmda 
ko‘rsatib, jazoning ijrosini nazorat quluvchi organning belgilashi bilan 
umumiy asoslarda o‘tashini ko‘rsatishi mumkin.


348
Axloq tuzatish ishini umumiy asoslarda o‘tash shartlari doimiy ish 
joylarida o‘tashdan og‘irroqdir. Bunda mahkum jazoni uning ijrosini 
nazorat qiluvchi organning yo‘llanmasi bilan o‘ziga tanish bo‘lmagan 
yangi joyda ishlab o‘taydi. Mahkumning mehnati mehnat qonunlari 
asosida boshqariladi, tarif stavkasi bo‘yicha xaq to‘lanadi va ish haqining 
hukmda ko‘rsatilgan foizi davlat daromadi hisobiga o‘tkaziladi.
Axloq tuzatish ishini umumiy asoslarda o‘tash tartibi hukm chiqarish 
vaqtida hech qayerda ishlamagan yoki doimiy ish joyi bo‘lmagan 
shaxslarga yoki mavsumiy ishlarda ishlovchi shaxslarga, shuningdek, 
doimiy ish joyi bo‘lsa-da, lekin ish faoliyatida o‘zini yomon ko‘rsatgan 
shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Axloq tuzatishga hukm qilinganlar ish haqidan davlat budjetiga o‘n 
foizdan o‘ttiz foizgacha bo‘lgan miqdorda jazoni o‘tash muddati davomida 
har oyda asosiy ish joyidagi ish haqidan ushlab qolinadi
1
. Ish haqi sifatida 
faqat mehnat faoliyati natijasida olingan ish haqigina emas, shuningdek,, 
tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan daromad, stipendiya, grant va 
boshqalar tushuniladi. Davlat foydasiga pensiya, ijtimoiy yordam sifatida 
oladigan to‘lov, ijtimoiy sug‘urta va boshqa ish haqiga kirmaydigan 
to‘lovlar ushlab qolinmaydi. 
Jinoyat kodeksining 46-moddasiga muvofiq axloq tuzatish ishlari olti 
oydan uch yilgacha muddatga belgilanadi.
Jazoning ijrosi jinoyat ijroiya qonuni bilan tartibga solinadi. Agar 
shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami 
o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq 
tuzatish ishlarining o‘talmagan qismini shu muddatdagi ozodlikdan 
mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunda Jinoyat 
kodeksidagi aybdor sudlangan modda sanksiyasida almashtirilishi lozim 
bo‘lgan axloq tuzatish ishi muddatidan kam bo‘lgan ozodlikdan mahrum 
etish jazosi ko‘zda tutilgan yoki umuman ko‘zda tutilmaganligining 
ahamiyati yo‘q
2
. Axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum etish jazosi 
bilan almashtirilganda uning bir qismini almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, 
ya’ni u to‘liq miqdorda almashtirilishi lozim. 
Agar voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining 
o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud bu jazoning 
o‘talmay qolgan qismining har uch kunini bir kunlik qamoq jazosiga 
1
Ўзбекистон Республикаси Жиноят ижроия кодекси. 31-модда 
2
Олий суд Пленумининг «Жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисидаги» 1996 й 19 июль №16 
қарори 49-бет 


349
tenglashtirgan holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu 
muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga 
qobiliyatsiz bo‘lganlarga, homilador ayollarga, bolani boqish uchun 
berilgan ta’tilda bo‘lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan 
qo‘llanilmaydi.
Demak, axloq tuzatish ishlari mahkumning moddiy va mehnat qilish 
huquqlarini ma’lum darajada cheklashdan iboratdir. Bu quyidagilarda 
ifodalanadi: 
1) mahkum ish haqining bir qismi — 10 foizidan 30 foizigacha — 
davlat foydasiga ushlab qolinadi. Foiz miqdorini belgilashda sud 
mahkumning oilaviy va mulkiy ahvolini e’tiborga oladi;
2) axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddati umumiy ish stajiga, qonun 
bo‘yicha pensiya va boshqa yengilliklar hamda imtiyozlar (qo‘shimcha ish 
haqi) olish huquqini beradigan ish stajiga qo‘shilmaydi. 
3) uzluksiz mehnat uchun beriladigan qo‘shimcha ish haqi to‘lash 
axloq tuzatish ishini o‘tash davrida to‘xtatiladi;
4) sudlanganlik holatini keltirib chiqaradi. Sudlanganlik holati axloq 
tuzatish jazosi o‘talgandan keyin bir yil o‘tgach tugallanadi.
Axloq tuzatish ishlari ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi, 
ya’ni mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni 
ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum doimiy 
yashash va ish joyiga ega bo‘lmagan taqdirda jazo hukm chiqargan sud 
joylashgan hududdagi jazoni ijro qilish inspeksiyasi belgilab bergan joyda 
ijro etiladi, mahkum ishlab bergan kunlar sud tomonidan belgilangan jazo 
muddatining har oyiga to‘g‘ri keladigan ish kunlari miqdoridan kam 
bo‘lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab 
bermagan bo‘lsa va ishlamagan kunlarini jazo muddatiga qo‘shish uchun 
asoslar mavjud bo‘lmasa, axloq tuzatish ishlarini o‘tash mahkum 
belgilangan ishlarini to‘liq o‘tab bergunga qadar davom etadi.
Quyidagilar: 
a) qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasi to‘lanmaydigan kasallik vaqti; 
b) qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni o‘tash vaqti yoki boshqa 
jinoyat sodir etilganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt; 
v) axloq tuzatish ishiga mahkum etilgan shaxsga jazoni o‘tash 
vaqtida berilgan ma’muriy jazo tayinlangan jazo muddatiga qo‘shilmaydi. 
Umumiy qoidaga ko‘ra, axloq tuzatish ishlari muddati mehnat stajiga 
qo‘shilmaydi. Jinoyat protsessual kodeksining 545-moddasiga ko‘ra, axloq 


350
tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga 
qo‘shish to‘g‘risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi 
bo‘yicha, jazoni o‘tab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan 
taqdirda esa, uning iltimosnomasi bo‘yicha ham mazkur shaxs turgan 
joydagi tuman shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat 
stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan 
vaqtda iltimosnoma kim haqida berilgan bo‘lsa, shu shaxsning, 
shuningdek, iltimos qo‘zg‘atgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili 
qatnashishi shart. 
Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat 
stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnoma yuzasidan sud ajrimi ustidan 
shikoyat berilishi mumkin.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling