Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

8. O‘lim jazosi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 51-moddasi «O‘lim 
jazosi» deb atalib, unda biz avvalgi kodekslarimizdan farqli o‘laroq, 
sanksiyasi o‘lim jazosini nazarda tutuvchi jazolar sonini keskin 
kamaytirilganligini va avvalgi 33 ta jinoyat (1959-yilgi Jinoyat kodeksida) 
o‘rniga 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida quyidagi 
13 ta jinoyatlar uchun o`lim jazosi belgilangan edi: otib o`ldirish 
tariqasidagi o`lim jazosi faqat javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda 
qasddan odam o`ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), nomusga tegish 
(118-moddaning to`rtinchi qismi), jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib 
g`ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to`rtinchi qismi), agressiya 
(151-moddaning ikkinchi qismi), urushning qonun va udumlarini buzish 
(152-modda), genotsid (153-modda), terrorizm (155-moddaning uchinchi 
qismi), davlatga xoinlik qilish (157-moddaning birinchi qismi), 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-moddaning 
birinchi qismi), josuslik (160-moddaning birinchi qismi), jinoiy uyushma 


363
tashkil etish (242-moddaning birinchi qismi), kontrabanda (246-
moddaning ikkinchi qismi), giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarni 
g`ayriqonuniy ravishda sotish (272-moddaning ikkinchi qismi). 
“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar va 
qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining 
29.08.1998 y. qonuni bilan jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy 
usulda qondirish (119-moddaning to`rtinchi qismi), urushning qonun va 
udumlarini buzish (152-modda), O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
tajovuz qilish (158-moddaning birinchi qismi), josuslik (160-moddaning 
birinchi qismi), kontrabanda (246-moddaning ikkinchi qismi)dan o`lim 
jazosi chiqarib tashlandi._ 
Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan 2001-yil 21-
avgustda 4 ta jinoyat uchun (javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda 
qasddan odam o‘ldirish 97-modda 2-hismi; agressiya 151-modda, genotsid 
153-modda, terrorizm 155-modda uchinchi qismi) o‘lim jazosi qoldirilgan. 
Shuningdek, islohotlar davomi sifatida 2003 yil 12 dekabrda qonunga 
kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq Jinoyat kodeksida ham inson, ham 
jamiyat, ham davlat uchun ijtimoiy xavfi yuqori bo’lgan faqat ikkita 
jinoyat uchun o’lim jazosi qoldirildi. Bular jazoni og’irlashtiruvchi 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish- Jinoyat kodeksi 97-modda 2-qismi va 
terrorizm - JK 155-modda 3-qismi. 
2005 yilning 1 avgustida “O`zbekiston Respublikasida o`lim jazosini 
bekor qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni chiqdi. Unda: “Davlatimizning jinoyatga oid siyosati o`lim 
jazosini qo`llashga nisbatan jahon tendensiyalariga to`la mos keladi hamda 
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e'lon qilingan 
insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda etadi. Ayni vaqtda, 
mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratik 
jihatdan yanada yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi 
islohotlarning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish 
bo`yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida o`lim 
jazosi bekor qilinishini hamda uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan 
mahrum etish jazosi bilan almashtirilishi zarurligini taqozo etmoqda
1
”, 
deyiladi. Farmonga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida 2008 yilning 1 
yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o`lim jazosi bekor qilinishi va uning 
o`rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy 
etilishi belgilab qo`yildi. 
1
“O`zbekiston Respublikasida o`lim jazosini bekor qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005 yilning 1 avgusti Farmoni 


364
Jazoning bunday turi Sobiq ittifoq davrida favqulodda jazo chorasi 
sifatida qo‘llanib kelingan bo‘lib, u davlat asoslariga, jamiyat qurilishiga 
hamda fuqarolarning hayotiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun 
qo‘llanilganligi ma’lum. 
Sodir qilingan jinoyat uchun o‘lim jazosini belgilash yoki 
belgilamaslik muammosi mana uzoq yillardirki olimlar o‘rtasida katta 
munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Hozirgi sharoitda demokratik 
jamiyatda ushbu jazo turining qo‘llanishi, insonparvarlik prinsipiga to‘g‘ri 
kelmasligi, bunday jazo jinoyatchiga nisbatan qasos olishmi yoki 
aksinchami, agar u qasos olisha qaratilgan bo‘lsa, jamiyatning insonga 
nisbatan bunday jazoni qo‘llashga haqqi bormi, degan savollarga rad 
javobini beruvchilar ham, ma’qullovchilar ham yetarlidir. Olimlar 
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki aholining 50 foizidan 
80 foizigacha ba’zi og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini saqlab qolinishini 
ma’qullaydilar.
Hozirgi vaqtda dunyoning qator davlatlarida o‘lim jazosi eng og‘ir 
jazo sifatida qo‘llanib kelinmoqda. 
Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko‘ra, o‘lim jazosi eng og‘ir jazo 
bo‘lib mahkum sud hukmi asosida hayotidan mahrum etiladi. Jinoyat 
qonuni o‘lim jazosini faqatgina istisno qiluvchi holatlarda (faqat 2 ta 
jinoyat turi uchun) qo‘llanishini belgilaydi. O‘lim jazosi jazoning 
tarbiyalash maqsadini amalga oshira olmaydi, balki, ijtimoiy adolatni 
tiklash vazifasini hamda birinchi navbatda mahkum va boshqa shaxslar 
tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldindani oladi. 
Otib o‘ldirish tariqasidagi o‘lim jazosi favqulodda jazo chorasi 
bo‘lib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling