Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
) bu jazoni alkogolizmga chalingan, g‘ayriaxloqiy hayot tarzini kechirayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llash samarali hisoblanadi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
4) bu jazoni alkogolizmga chalingan, g‘ayriaxloqiy hayot tarzini
kechirayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llash samarali hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlarini (JKning 164-166,168-169- moddalarida nazarda tutilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bundan mustasno) ko‘rib chiqayotganda, moddiy zararning ixtiyoriy tarzda qoplanganligi jazoni yengillashtiruvchi favqulodda holat ekanligi va jinoyat ishining muayyan holatlaridan kelib chiqib, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni qo‘llamaslik uchun asos bo‘ladi 1 . 65 yoshdan oshgan erkaklar va ayollar uchun ozodlikdan mahrum qilish muddati Jinoyat kodeksi sanksiyasida ko‘rsatilgan jazo muddatining to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Bu norma impervativ xususiyatga ega bo‘lib, jazoni og‘irlashtiruvchi hollarda ham o‘zgartirilmaydi. Bu jazoni qo‘llashda erkak kishining jinoyat sodir etilgan vaqtdagiga nisbatan emas, balki, hukm chiqarish vaqtidagi yoshi hisobga olinadi. Ayol kishining yoshi esa ahamiyatga ega emas. Bu qoida shaxs bir yoki bir necha jinoyat sodir etgan hollarda ham tadbiq etiladi. Bitta jinoyat yuzasidan tayinlangan jazoning umumiy muddati 15 yildan (20 yilning to‘rtdan u qismi), bir necha jinoyat bo‘yicha 18 yilu, 9 oydan (25 yilning to‘rtdan uch qismi) oshmasligi kerak. Qonun ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tash tartibida erkaklar va ayollar uchun alohida holatlarni nazarda tutadi. Ozodlikdan mahrum qilingan erkaklar jazoni u yoki bu ozodlikdan mahrum qilish muassasasida o`taydilar: 1) ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 1 Oliy sud Plenumining “Jinoyat uchun jazo chorasini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to’g’risida”gi qarori 2000 yil 22 dekabr 360 2) qasddan og`ir jinoyat sodir etganlik va o`ta og`ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; 3) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o`tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda; 4) o`ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o`tash tayinlanadi. Avf etilib, o`lim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilapn almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o`taydilar. Jazoning qanday tartibli koloniyalarda o`tash lozimligi sud hukmida aniq ko`rsatilgan bo`lishi lozim. Ozodlikdan mahrum qilingan ayollar jazoni manzil koloniyalarida, umumiy va qattiq tartibli koloniyalarda o`taydilar: 1) ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 2) og`ir va o`ta og`ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; 3) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o`tab chiqib, yangi sodir etgan o`ta og`ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o`ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o`taydilar. Manzil koloniyalari quyidagilarga bo‘linadi: 1) ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalari; 2) umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek, tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil koloniyalari. Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: 1) qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar; 2) og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar; 3) ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun yana sudlangan ayollar saqlanadigan koloniyalar. Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: 1) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar; 361 2) ilgari qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; 3) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek,, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi. Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to`lmagan bolalari bor ayollarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo`lgan shaxslarga shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. 2003 yil 26 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga mahkum qilingan shaxslarning jazo o‘tash sharoitlarini liberallashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar umumiy tartibli jazoni ijro etish koloniyalaridan manzil koloniyalariga, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlar qattiq tartibli koloniyalardan umumiy tartibli koloniyalarga o‘tkazilishi lozimligi belgilandi. Bu farmonni qabul qilishdan quyidagi salbiy oqibatlarning oldindani olish maqsad qilib qo‘yilgan: 1) birinchi marta ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni nisbatan chegaralangan sharoitda va shu bilan birga muqaddam sudlangan shaxslar bilan birga saqlash ko‘pincha ularning tuzalishi va qayta tarbiyalanishi jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, birinchi marta ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etilgan shaxslar odatda ularni ozodlikdan mahrum etish joylarida qayta tarbiyalanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan nisbatan mustahkamroq oilaviy va boshqa ijtimoiy aloqalarga ega bo‘ladilar. Ammo qattiq tartibli koloniyalarda jazo o‘tayotib ular amaldagi qonunchilikka binoan umumiy tartibli koloniyalarda jazo o‘tayotganlarga nisbatan qarindoshlari va yaqinlari bilan bir muncha kam muloqotda bo‘lishadi. 2) birinchi marta sudlanganlarning uzoq muddat davomida jazoni ijro etish joylarida bir necha marotaba jazo o‘tagan shaxslar bilan birga 362 bo‘lishlari hamda bu muhitda muqaddam sudlanganlarning ta’siri keng bo‘lishi, ularda kelgusida jamiyat uchun zararli dunyoqarash rivojlanishiga shart-sharoit yaratadi. 3) qonunda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlarga, o‘ta xavfli retsidivistlarga besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga turma qamog‘i jazosini tayinlash mumkinligi belgilangan. Jazoning muayyan qismini turmada o‘tkazishning o‘ziga xos shartlari mavjud: a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm qilingan bo‘lishi yoki o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi; b) besh yildan ortiq muddatga hukm qilingan bo‘lishi kerak. Qonunda jazoning qaysi bir qismi turmada o‘tkazilishi lozimligi belgilanmagan. Bu masala sud tomonidan ishning holati va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda belgilanadi. Jinoyat qonuni faqat ozodlikdan mahrum qilishning muddatini, jazoni o‘tash joyini, mahkumlar toifasini, qaysi biri jazoni u yoki bu jazoni ijro etish muassasasida o‘tashini va jazoni ijro etish joylariga yuborish shartlarini belgilab beradi holos. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash, mahkumlarni saqlash tartiblari Jinoyat ijroiya kodeksi bilan belgilangan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling