Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
4. Yengilroq jazo tayinlash 
 
Odatda aybdorga sodir etgan jinoyati uchun qonunda nazarda tutilgan 
jazo qo‘llanishi kerak. Yengilroq jazo qo‘llashga asosi bo‘lib qilmish va 
aybdor shaxs uning aybi darajasi va shakli shaxsning jinoyat sodir 
etgungacha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatni sodir etish sabablari va 
shart sharoitlarining jami asos bo‘ladi va sudning hukmiga ko‘ra mazkur 
holatlarda aybdorni tuzatish, jinoyatning umumiy oldindani olish 
vazifalarga erishish uchun mazkur jinoyat uchun qonunda ko‘rsatilganidan 
ham yengilroq jazo tayinlanadi. 
Bu qoida Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko‘rsatilgan 
bo‘lib, unda shunday bayon qilinadi:
NOTA BENE! 
«Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy 
kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, aloxida holatlarda Jinoyat 
kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat 
uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham qamroq yoki shu 
moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni 
tayinlashi mumkin». 
Qonun chiqaruvchi organ Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 
dispozitsiya va sanksiyalarini tuzib chiqar ekan, har bir jinoyat uchun 


385
undagi holatlar, vaziyatlar, yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi 
holatlarni to‘la e’tiborga ololmaydi. Ayrim hollarda sud sanksiyada 
ko‘rsatilgan jazoning eng oz qismini tayinlaganda ham jazo qattiq bo‘lib 
qolishi va Jinoyat kodeksi ning 42-moddasida nazarda tutilgan jazoning 
maqsadiga javob bermasligi ham mumkin. Shuning uchun sud buni jazo 
tayinlashda e’tiborga oladi. 
Sodir etilgan jinoyatda ana shunday vaziyatlarning bo‘lib qolishi 
mumkinligini e’tiborga olib, qonun chiqaruvchi organ Jinoyat kodeksining 
54-moddasida nazarda tutilgan qoidalardan istisno tariqasida, ya’ni 
sanksiya doirasida jazo tayinlash qoidasidan chetga chiqib, Jinoyat 
kodeksining 57-moddasida qursatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash 
qoidasini kiritildi. Ammo qonunda faqat favqulodda holatlarda sodir 
etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi, 
yengillashtiruvchi holatlarda mavjud bo‘lsa, jazo tayinlashning umumiy 
qoidalaridan bunday chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. 
Ammo qonunda aynan qanday holatlarda yengilroq jazo tayinlanishi 
mumkinligi ko‘rsatilmay, faqat Jinoyat kodeksining 57-modda 3-qismida: 
«Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni 
aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va 
sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-
atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi 
holatlar deb topilishi mumkin»ligi ko‘rsatilgan. Bunday holatlarga jinoyat 
sodir etish motivi va maqsadini, yetkazilgan zararning xususiyati va 
miqdorini kiritish mumkin. 
Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha 
yengilroq jazo tayinlash uchun Jinoyat kodeksining 55-moddasida 
belgilangan holatlardan farq qiluvchi, qandaydir aloxida yengillashtiruvchi 
holatlarda jinoyatning sodir etilishi talab qilinmaydi, sud amaliyotiga ko‘ra 
sudlar Jinoyat kodeksining 55-moddasida belgilangan va belgilanmagan 
yengillashtiruvchi bir nechta holatlarning mavjudligini e’tiborga olib, agar 
qilmishda og‘irlashtiruvchi holatlar bo‘lmasa yengilroq jazo tayinlashni 
qo‘llamoqdalar. Bunda sudlar yengillashtiruvchi holatlar sifatida 
aybdorning jamiyat va davlat oldidagi xizmatlarini, keksaligi, yoshligi, 
sog‘lig‘ining yomonlashganligini, qaramog‘ida yosh bolalari, mehnatga 
yaroqsiz ota-onasi borligi va boshqalarni hisobga oladilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 19 
iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti tug‘risi»dagi qarorida 
«Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq qonunda nazarda tutilgan 
jazoning eng kam qismidan ham qamroq jazo tayinlash yoki boshqa 


386
yengilroq jazo turiga o‘tish faqat sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy 
xavfliligi darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar mavjud bo‘lgandagina 
mumkin bo‘ladi, masalan, ma’naviy zararning yo‘qligi yoki yetkazilgan 
mulkiy zararning qoplanganligi, ota-onasining jiddiy kasalligi, ularning 
mehnatga yaroqsizligi, aybdorning oilada yagona boquvchi ekanligi
sudlanuvchining keksaligi, jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy harakatlari 
jinoyat sodir etilishining sababi bo‘lganligi va shunga o‘xshash holatlar 
bo‘lishi mumkin. 
Qonun yengilroq jazo tayinlashning ikkita usulini nazarda 
tutadi va sud ulardan bittasini ish holatlariga qarab qo‘llashi mumkin. 
Bular: 
a) sanksiyada ko‘rsatilgan jazoning eng kam qismidan ham 
qamroq jazo tayinlash; 
b) yengilroq jazo turini tayinlashdir. 
Eng kamidan ham qamroq jazo tayinlashda sud aybdorni 
qilmishi kvalifikatsiya qilingan normaning sanksiyasida belgilangan jazo 
turlarini bittasini, lekin berilgan jazo turi uchun sanksiyada belgilangan 
jazoning eng kam miqdordan xaq qamrog‘ini tayinlaydi. Masalan, Jinoyat 
kodeksining 137-modda 1-qismi bo‘yicha odam o‘g‘irlaganlik uchun 3-
yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan, sud esa 
Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda aybdorga bir yil 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash mumkin. 
Jinoyat kodeksining 57-moddasida sud tayinlanayotgan jazo 
turining muddati yoki miqdorini qancha miqdorga kamaytirishi 
mumkinligi ko‘rsatilmagan, sud tomonidan tayinlangach jazo muddatining 
eng kam qismi ushbu jazo Jinoyat kodeksining Umumiy qismida 
ko‘rsatilgan muddatining eng kam qismigacha bo‘lishi mumkin (masalan, 
Jinoyat kodeksining 44-46-moddalar va xokazo). 18 yoshga to‘lmasdan 
jinoyat sodir etgan shaxsga jazo tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 82-
84-moddalarida ayrim turdagi jazolar uchun belgilangan jazolarning eng 
kam qismini qo‘llashi lozim. Jinoyat qonuni, ya’ni Jinoyat kodeksining 57-
moddasida, boshqa yengilroq turdagi jazo tayinlash shuningdek,, 
sanksiyada belgilangan eng kam doiradan ham qamroq jazo tayinlash 
uchun sudga katta imkoniyat bergan. Ammo, ba’zan ushbu holatga xojat 
qolmaydi, chunonchi, agar sud qo‘llayotgan huquqiy normaning 
sanksiyasida berilgan jazo turining fakat eng ko‘p muddati belgilangan 
bo‘lsa, sud yengilroq jazo tayinlash usulini qo‘llay olmaydi. Masalan, 
jinoyat uchun 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanish nazarda tutilgan bo‘lsa, Jinoyat 


387
kodeksining 57-moddasiga murojaat qilinmaydi. Agar, Maxsus qismi 
moddasining sanksiyasida jazoning eng ko‘p qismi ko‘rsatilib eng kam 
qismi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi Umumiy qismining tegishli 
moddasidagi jazo turining eng kam qismi bu jazoning minimal muddati 
hisoblanadi. 
Yengilroq jazo tayinlashning ikkinchi usuli sud qo‘llayotgan 
huquqiy normaning sanksiyasida belgilangan jazo turi o‘rniga aybdorga 
boshqa, Jinoyat kodeksining 43-moddasida yoki jinoyat voyaga yetmagan 
shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 81-moddasida 
belgilangan jazo turlaridan yengilrog‘ini tayinlashi mumkin. Bunda sud 
tanlagan yengilroq jazo turining miqdori Jinoyat kodeksi Umumiy qismi 
moddasida belgilangan doirada tayinlanadi. Jinoyat kodeksining 57-
moddasini qo‘llab jazo tayinlashda qonun Jinoyat kodeksining 43-
moddasida belgilangan yengilroq jazo turini tanlashni cheklamaydi. Agar 
bunday jazo turi aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan huquqiy 
normaning sanksiyasida belgilangan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 57-
moddasini qo‘llamasdan tayinlanishi ham mumkin. Jinoyat kodeksining 
bir qator moddalarining sanksiyalarida muayyan huquqdan mahrum qilish 
aybdorga majburiy qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanish belgilangan. 
Lekin, bunday talabga qaramasdan sud Jinoyat kodeksining 57-moddasida 
ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, uni qo‘llamasligi ham mumkin. 
Shunday qilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko‘rsatilgan asoslar 
mavjud bo‘lsa sud aybdorga yengilroq asosiy jazoni sanksiya doirasida 
tayinlashi, majburiy qo‘shimcha jazoni esa qo‘llamasligi mumkin yoki 
aybdorga yengilroq asosiy jazo tayinlashi mumkin yoki aybdorga 
yengilroq asosiy jazo tayinlash va majburiy qo‘shimcha jazoni 
qo‘llamasligi ham mumkin. Amaliyotda ba’zi sudlar Jinoyat kodeksining 
57-moddasini qo‘llab jazo tayinlashda oldindan aybdor sodir etgan jinoyat 
uchun javobgarlik tug‘risdagi huquqiy normalar sanksiyasi doirasida jazo 
tayinlaydilar, keyin hukmning qaror qismida yengillashtiruvchi holatlarni 
ko‘rsatadilar, so‘ngra esa Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida 
tayinlangan jazoni kamaytiradi, yoki yengilrog‘i bilan almashtiradi. 
Masalan, viloyat sudining «A»ni ayblash bo‘yicha chiqargan hukmining 
qaror qismida «hukm qildi so‘zidan keyin: «A. Jinoyat kodeksining 196-
modda 1 qismi bilan aybli deb topilsin va unga eng kam oylik ish xaqining 
yuz baravari miqdorida jarima tayinlansin»-deb ko‘rsatiladi. Ammo «A» 
muqaddam sudlanmaganligi moddiy zararni qoplaganligi, davlat 
mukofotlariga sazovorligi, voyaga yetmagan farzandlari borligini e’tiborga 


388
olib sud belgilangan jarimani eng kam oylik ish xaqining 20 baravarigacha 
kamaytirgan”.
1
Ba’zi holatlarda sud Jinoyat kodeksining 57-moddasida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘lmagan taqdirda ham Jinoyat kodeksining ushbu 
moddasiga murojaat qilmasdan aybdorga nisbatan qo‘llanayotgan huquqiy 
normaning sanksiyasida belgilangan jazoning eng kam qismidan ham 
qamroq jazo tayinlaydi. Bu ayrim turkumdagi jinoyatlarni sodir etgan 
shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat kodeksi 81-moddasiga 
ko‘ra 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, xatto 
agar sud qo‘llanayotgan huquqiy normaning sanksiyasida ko‘shimcha jazo 
tayinlash majburiy bo‘lganda ham qo‘shimcha jazo tayinlash mumkin 
emas. Pensiya yoshiga tulgan shaxslarga, mehnatga layoqatsiz ayollarga 
yoki bolasiga qarash bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollarga va harbiy 
xizmatchilarga ahlok tuzatish ishlari qo‘llanishi mumkin emas. Yuqorida 
ko‘rsatilgan shaxslarga sanksiya belgilangan ahlok tuzatish ishlari o‘rniga 
sud boshqa yengilroq jazo turlarini tayinlash kerak. 
Yengilroq jazo tayinlash borasida JKning 57-moddasi talablariga oid 
quyidagi holatlarga ham to‘xtalib o‘tsak. 
Chunonchi, agar shaxs JKning turli moddalarida ko‘zda tutilgan bir 
necha jinoyat uchun sudlanayotgan bo‘lsa, yengilroq jazo tayinlash JK 57-
moddasi jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlanadigan jazodan keyin emas balki 
aloxida jinoyatlar uchun jazo tayinlash vaqtida qo‘llaniladi. Masalan, 
fuqaro «S»ning jinoyat ishini olaylik u Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 
2-qismi «A» bandi hamda Jinoyat kodeksi 248 moddasi 1-qismida nazarda 
tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib sud tomonidan jazo 
tayinlash vaqtida har ikki modda bo‘yicha umumiy tarzda 57-modda 
qo‘llanilib, jazo tayinlangan. Ushbu ish bo‘yicha yuqoridagi qoidaga zid 
ravishda jazo tayinlash amalga oshirilganini ko‘ramiz. S ning jinoyat ishi 
bo‘yicha chiqarilgan hukm Oliy sud Plenumining 1996 yil 19 iyuldagi 
«Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘rsida»gi 16 sonli qarorining 
8,1 bandida ko‘rsatilgan talablar bajarilmaganligini ko‘rsatib,, Oliy sud o‘z 
qarori bilan hukmni bekor qilgan
2
. «S» ning jinoyat ishi bo‘yicha jazo 
tayinlash quyidagi tartibda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi, 
ya’ni «S» ning Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2 qismi «A»bandida 
ko‘zda tutilgan jinoyati hamda Jinoyat kodeksining 248 moddasi 1-
qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun jazo tayinlashda har bir jinoyat 
uchun aloxida-aloxida og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni 
1
Тoshkent viloyati Sudining arxiv materiallaridan. Т:.2003 y. 
2
O’zR Oliy Sudi Plenumi Qarorlarining to’plami. 1991-1997 yillar. // “SHarq”, Т:.1997 y. 


389
e’tiborga olib, 57-modda qo‘llanishi uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ushbu 
modda ham har bir jinoyati uchun aloxida tatbiq etilib so‘ng 59-moddada 
ko‘zda tutilgan qoidaga ko‘ra har bir jinoyati uchun tayinlangan jazolarni 
tula yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar jami bo‘yicha jazo 
tayinlanishi kerak.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling