Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
2. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish Jinoyat huquqida muddatning o‘tishi deganda, jinoyat qonunida belgilangan jinoyat sodir etilganidan so‘ng shaxsning javobgarlikka tortilishini istisno qiluvchi muddatning o‘tganligi tushuniladi. Jinoyat huquqida belgilangan muddat insonparvarlik g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, shaxs butun umri davomida jinoiy javobgarlikka tortilishidana xavfsirab yashamasligi lozim, shuning uchun muddatning o‘tishi bilan obyektiv jihatdan sodir etilgan qilmish o‘zinig ijtimoiy xavfliligini yo‘qotmagan bo‘lsada, javrobgarlikka tortish umumiy va maxsus nuqtai nazardan ma’no va mazmunini yo‘qotadi. Muayyan muddatning o‘tishi bilan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning noto‘g‘riligi, shaxs shu davr davomida yangi jinoyat sodir etmasa u ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi yoxud bu ijtimoiy xavf kam ahamiyatli bo‘lib qoladi, degan prezumpsiyadan kelib chiqadi. Jinoyat kodeksida u yoki bu jinoyatni sodir etgan shaxsni sodir etilgan jinoyatlar og‘irlik darajasidan kelib chiqib, jinoiy javobgarlidan ozod qilish uchun asos bo‘ladigan muddatlar o‘tishining to‘rt turi mavjud. Jinoyat kodeksining 64- moddasiga muvofiq: a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- uch yil; 404 b) uncha og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- besh yil; v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- o‘n yil; g) o‘ta og‘i jinoyat sodir etilgan kundan boshlab (tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bundan mustasno)- o‘n besh yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. Bu muddatning jinoyat sodir etilgan kundan boshlab sud hukmi qonuniy kuchga kirguncha bo‘lgan vaqtining o‘tishi hisoblanadi. Jinoyatni sodir etish kuni deganda, jinoyat obyektiv tomoniga kiruvchi harakatning (harakatsizlik) bajarilgan yoki jinoiy oqibat yuz bergan vaqtini tushunish lozim. Formal tarkibli jinoyatlarda qilmishning obyektiv tomoni sodir etilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Bu jinoyatlarni tugallangan deb topish uchun jinoiy oqibat talab qilinmaydi. Formal tarkibli jinoyatda jinoiy javobgarlikka tortish muddati jinoyatning obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi (Masalan, tuxmat qilish). Moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoyat jinoiy oqibat yuz bergan vaqtdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi (Masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish). Har qanday jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan boshlanadi. Shaxsning ijtimoiy xavfliligi jinoiy harakat (harakatsizlik) ning o‘zida ifodalanadi. Shaxs jinoiy qilmishni sodir etgan vaqtdan boshlab ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi faqatgina jinoyatning xususiyatiga emas, balki, uning oqibatlariga ham bog‘liqdir. Jinoiy qilmishsiz jinoiy javobgarlikning ham vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, u jinoiy oqibatsiz ham ahamiyatga ega hisoblanadi (masalan, jinoyatga suiqasd qilish). Shuning uchun jinoiy qilmish har qanday jinoyatning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi, jinoiy oqibat esa, bu jinoyatning ijtimoiy xavfliligini, yetkazilgan zararning miqdorini belgilaydi. Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini hisoblash jinoyat ishtirokchilarini javobgarlikka tortishda ham o‘ziga xos xususiyatga egadir. Birgalikdagi bajaruvchilar bo‘lgani holda sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi, agar bajaruvchilar jinoyatni birgalikda sodir etishda ishtirok etgan bo‘lsa, jinoyat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Jinoiy javobogarlikka tortish muddatini hisoblash ishtirokchilar o‘rtasida rollar taqsimlanganda qiyinchilik tug‘diradi. Jinoyat kodeksi 28- moddasiga ko‘ra ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar ishtirok etadi. 405 Bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan vaqtidan boshlab javobgar hisoblanadi. Tashkilotchi jinoyat qonuniga ko‘ra, eksess bajaruvchini istisno etganda ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlar uchun javobgar bo‘ladi. Tashkilotchining harkati bir qancha bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashkilotchi faqat jinoiy guruhni tashkil etish bilan cheklangan bo‘lsa, jinoiy maqsadga qaratilgan so‘nggi harakati bajarilgunga qadar jinoiy javobgarlikka torish muddati o‘tmagan hisoblanadi. Dalolatchini jinoyat ishtirokchisi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi. Dalolatchini jinoiy javobgarlikka tortish muddati, u tomonidan dalolatchilik harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Dalolatchining harakati mustaqil xususiyatga ega. Uning jinoiy harakati shaxsni jinoyat sodir etishga og‘dirgan vaqtidan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi. Dalolatchiga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish muddatining qo‘llanishi bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtga bog‘liq emas. Shuning uchun dalolatchiga nisbatan javobgarlikka tortish muddati, u dalolat qilayotgan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilgan kundan boshlab hisoblanadi. Bu dalolatchi tomonidan qilingan harakatlar shaxsni jinoyat sodir etishga og‘dirmagan holda tadbiq etilmaydi. Bunday harkat ishtirokchilikda dalolatchilik bo‘lmasdan, balki, jinoyatga tayyorgalik hisoblanadi. Bunda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oxirgi jinoiy harakat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda yordamchi ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning jismoniy yordamchilik qilganida (jinoyat sodir etish uchun qurol yetkazib berish) javobgarlikka tortish muddati oxirgi harkat sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi. Intellektual yordamchilik ko‘p marotaba maslahatlar, ko‘rsatmalar berish, bajaruvchi bilan muloqat qilish kabilardan iborat bo‘lib, uning har bir harakati jinoyatni sodir etishda umumiy bog‘liqlikni tashkil etadi. Shuning uchun bu jinoiy harakat tugagungacha yordamchilik tamom bo‘lgan hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortish muddati oxirgi yordamchilik harakati amalga oshirilgan (maslahat, ko‘rgazma berish) vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Shunday qilib, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikka tortish muddatini hisoblash turli usullarda amalga oshiriladi. Ishtirokchilarning bajaruvchi bilan aloqadorligi, ular alohida, ko‘p hollarda turli vaqtlarda sodir etiladi. Ularning ijtimoiy xavfliligi ularning har bir 406 holatga qarab alohida belgilanadi. Ayni shu asos ishtirokchilardan har birining harakati uchun bajaruvchidan alohida javobgarlikka tortish muddatini hisoblash imkonini beradi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etishda ulardan har birining jinoyat sodir etishdagi roliga qarab alohida alohida belgilanadi. Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini belgilashda asosiy e’tibor davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarga nisbatan muddatni hisoblashga qaratilishi lozim. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda aynan jinoyatning boshlanish vaqtini jinoiy harakat sodir etilish vaqtidan, jinoyatning tamom bo‘lish vaqti esa aybdorni o‘zini jinoyatni tugatishga yoki qaratilgan yoki qilmishning tamom bo‘lishiga sabab bo‘luvchi holatlarning yuz berishini e’tiborga olish lozim. Ushbu jinoyatning tamom bo‘lish vaqtini belgilaydi. Jinoyat tamom bo‘lgan vaqtdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘ta boshlaydi. Jinoiy javobgarlikka tortish muddati uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarda qilmish aybdorning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan holatlarga aybdorning o‘zi yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlarga ko‘ra tamom bo‘lish vaqtidan hisoblanadi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka tortish muddati jinoyatning faktik jihatdan tugaganligini belgilovchi holat (aybdorning aybini bo‘yniga olishi yoki uning ushlanishi) ning yuzaga kelishi bilan boshlanadi. Davomli jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka tortish muddati aybdorning yagona qasdi asosida sodir etilgan oxirgi jinoiy harakatning tugashi bilan o‘tishni boshlaydi. Bir qancha jinoyatlarda ham jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘ziga xos xususiyatga ega. Jinoyatlarning real jamida Jinoyat kodeksi 64 –moddasidan kelib chiqib shaxs alohida harakatlar orqali turli jinoyatlar sodir etganida, jinoiy javobgarlikka tortish muddati uning har bir jinoiy qilmishi uchun alohida-alohida hisoblanadi. Bu o‘rinda Jinoyat kodeksi 64-moddasi 4-qismidagi yangi qsddan jinoyat sodir etilishi oldindangi sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddatini o‘tishini to‘xtatadi. Bu o‘rinda muddatning o‘tishi yangi jinoyat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Jinoyatlarning ideal jamida bir harakat orqali shaxs ikki yoki unlan ortiq jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi har biri uchun alohida-alohida hisoblanadi. 407 Takroriy jinoyat sodir etilganda muddatni hisoblashda har bir sodir etilgan qilmishdan kelib chiqish lozim. Takroriy jinoyat sodir etish birinchi jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun takroran jinoyat sodir etilganida muddatning o‘tishi ularning har biri uchun alohida- alohida hisoblanadi. Agar shaxs jismoniy yoki ruhiy kassallligi tufayli javobgarlikdan ozod qilingan va tuzalgan bo‘lsa, muddatning o‘tishi jinoyat sodir etilishi bilan emas, balki, shaxs tuzalgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini hisoblash, jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar davom etadi. Bu qoida jinoiy javobgarlikka tortish muddatining tugashini belgilaydi. Bu Jinoyat protsessual kodeksidagi «hukm appelyatsiya shikoyati va protest keltirish uchun belgilangan muddatining o‘tishi bilan qonuniy kuchga kiradi», degan qoidadan kelib chiqadi. 1 Appelyatsiya shikoyati yoki protesti hukm chiqarilgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida berilishi kerak. Bu muddat mahkum, jabrlanuvchi hukmni olgan kundan boshlab hisoblanadi. 2 Bu hukm elon qilingan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng qonuniy kuchga kiradi degan manoni bildiradi. Hukm elon qilish O‘zbekiston Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan 3 . Jinoyat poretsessual qonuniga ko‘ra «hukmnig qonuniy kuchga kirish vaqti» ancha shartli hisoblanadi, jinoyat ishi jinoyat sodir etgan shaxsning ayblilik masalasi hal qilinmay turib, agar javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa tugatilishi lozim. 4 Javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi ishni shaxsning aybdorlik masalasini hal qilmay turib tugatishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun agar shaxsni javobgarlikka tortish muddati sud majlisi davomida tugagan bo‘lsa, sudlanuvchi sud zalidan jazo tayinlanmay ozod qilinadi va bu hakda qaror chiqariladi. 5 Agar apellatsiya shikoyati berish muddat davomida javobgarlikka tortish muddati tuga gan bo‘lsa, sud ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Demak, sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar har qanday muddat javobgarlikka tortish muddatining uzilishiga asos bo‘la olmaydi. Bu holat sudlanuvchi, ayblanuvchi, gumon qilinuvchini qidirish bilan bog‘liq harakatlarda muddat o‘tishining davom etishini istisno etadi. Bunda jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi uziladi, yani o‘tishi to‘xtaydi. 1 O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 538-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001. 2 Ў O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 497-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 232-bet. 3 O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 473-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 218-bet. 4 O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 84 -moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 45-bet. 5 O’z R Jinoyat prosessual kodeksi 474-moddasi. // “Аdolat”, Т:.2001, 218-betS. 408 Shaxs belgilangan muddat o‘tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortish muddati uziladi va har bir jinoyati uchun alohida- alohida hisoblanadi. Shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganda va belgilangan muddat o‘tmasdan turib, yangi qasddan jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va javobgarlikka tortish muddati yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.(Jinoyat kodeksi 64-m, 4-q) Jinoiy javobgarlikka tortish muddati agar jinoyat sodir etgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa uziladi. Muddat o‘tishining uzilishini asosiy shartlari: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling