Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Ikkinchi asos ham tashqi shart-sharoitning o‘zgarishini ifodalaydi.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotuvchi holatdan farqli ravishda, u shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgunga qadar yoki jinoyat sodir etilgandan so‘ng sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi Boshqacha qilib aytganda, aybdor shaxsni ijtimoiy xavflilik nuqtai nazaridan huquqiy 1 Советкое уголовное право. Часть общая. М.., Госюрздат. 1962 г. Стр.320 411 baholashning o‘zgarishidir. Jinoyat sodir etgan shaxsni ijtimoiy xavfli emas deb topish uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxsni, ba’zi holatlar munosabati bilan xavflilik darajasi yo‘qolgan deb hisoblashdan iboratdir. Masalan, armiya xizmatini o‘tashga chaqirilgan shaxs uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan bo‘lsa, tergov organi yoki sud uni javobgarlikdan ozod qilib, harbiy xizmatni o‘tashiga imkon berishi mumkin. Bunda jinoyatning xavflilik darajasi o‘zgarmaydi balki shu jinoyatni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxs bundan so‘ng xavfli emas deb topiladi. Bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish yoki muayyan hududdagi sharoitning o‘zgarishi emas, balki, jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zi yuridik jihatdan baholanadi Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topish uchun, dastlabki tergov, sud majlisi yoki undan so‘ng vujudga kelganligini e’tiborga olish lozimo‘zgarishi Vaziyatning o‘zgarishi bilan ayblanuvchi shaxs surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror roziligi bilan qabul qilgan qarori, prokurorning qarori, sudning jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori yoki ajrimiga ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Agar shaxs ishning tugatilishiga qarshilik bildirsa, bunday holatda ish tugatilmaydi. Bunday holatda ish umumiy tartibda ko‘rilib, sudning ayblov yoki oqlov hukmi chiqarilishi bilan tugatiladi. Shaxs yoki qilmish ijtimoiy xavliligini yo‘qotishi sababli aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish muayyan ijtimoiy munosabatlarning dekriminalizatsiya qilinishi deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi. Dekriminalizatsiyada jinoyat tarikibi-obyekti bo‘lmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. Bunda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo‘lmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling