Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
2. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan 
jazodan ozod qilish. 
Jinoyat huquqida muddatning o‘tishi deganda, jinoyat qonuniga 
asosan sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan muddatning 
hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘tishi tushuniladi.
Muddatning o‘tishi muayyan vaqtning o‘tishida ifodalanadi. Jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilish uchun jinoyat sodir etish vaqti muayyan 
ahamiyatga ega bo‘lsa, jinoiy jazodan ozod qilishda muddat o‘tishining 
boshlanishida esa sud hukmining qonuniy kuchga kirishi ahamiyatli 
hisoblanadi. Sud hukmi apppelyatsiya shikoyati va protesti keltirish 
muddati o‘tgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi. Agar appelyatsiya 
shikoyati ko‘rib chiqilib, hukm bekor qilingan bo‘lsa, muddat ish yuqori 
sud tomonidan ko‘rilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ishni apellatsiya 
tartibida yuritish uchun shikoyat yoki protest keltirish muddati o‘n kun, 
aybdor, oqlanuvchi yoki jabrlanuvchi esa hukmni olgan kunda boshlab o‘n 
kunlik muddat qilib belgilangan. 
Jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlash alohida ahamiyatga ega 
bo‘lib, sudlar barcha jinoyatlarni hisobga olib, jinoyatlar jami bo‘yicha 
jazo tayinlaydi. Bir qancha jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlanganda 
muddatning o‘tishi tayinlangan jazo muddatiga nisbatan hisoblanadi. 
Jazoni ijro etish muddatining o‘tishi bilan shaxs jazodan to‘liq va 
hech qanday shart qo‘yilmasdan ozod qilinadi. 
Jazoning ijro etish muddati o‘tib ketganligi sabablarini ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 


427
birinchi guruhga, sud hukmi bo‘yicha belgilangan jazoni ijro etishga 
qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan, sud yoki jazoni ijro etuvchi 
organ xodimlarining o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, 
mahkumning og‘ir kasalligi va boshqalar kiradi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling