Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash deganda
ikkinchi guruhga, mahkumning jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlashi
kiradi. Jazoni ijro etish muddatining o‘tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek hukm bir qator asoslarga ko‘ra ijro etilmagan vaqt davomida aybdorga bog‘liq bo‘lmagan yoki yangi jinoyat sodir etilmagan va jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlamagani holda muddatning o‘tishi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda muddatning o‘tish qoidasi buzilmagan bo‘lsa, ushbu muddat o‘tishi bilan ayblov hukmi ijro etilmaydi. Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash deganda, tayinlangan jazoni ijro etishdan qochishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakat tushuniladi. Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash, yangi jinoyat tarkibini tashkil qilmaydigan harkatlardan iborat bo‘lishi kerak. Jinoyat kodeksi 69-moddasiga muvofiq sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab: 1) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda - uch yil; 2) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – besh yil; 2) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – o‘n yil; 3) o‘n yildan ortiq bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – o‘n besh yil ichida jazo ijro etmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod qilinadi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksida umumiy muddat ham belgilangan bo‘lib, agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro etish mumkin emas. Bu muddatning o‘tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Muddat o‘tishining quyidagi shartlari mavjud: 1) sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi; 2) shaxsninng jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlamaganligi; 3) bu muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmaganligi. 428 Agar mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlangan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi lozim. Shaxs muddat o‘tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va yangi jinoyat sodir etgan kundan boshlab hisoblanadi. O‘lim jazosiga mahkum qilingan shaxsni jazodan ozod qilish masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddati o‘tishi lozim deb topmasa, o‘lim jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlaydi. Agar shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir egan bo‘lsa: urushni targ‘ib qilish (150-m); agressiya (151-m); urushning qonun va udumlarini buzish(152-m); genotsid (153-m), yollanish (154-m); terrorizm (155-m); milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-m) jazodan ozod qilish muddati qo‘llanilmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling