Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Shaxsning namunali xulqi uni ijtimoiy turmish qoidalariga to‘la 
rioya qilishi, huquq- tartibotni mustaxkamlashga faol yordam berishi, 
jamiyatda o‘rnatilgan tartib qoidalarini buzmaslgi, spirtli ichimliklar 
istemol qilmaslgi, jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda 
qoplashi va boshqa holatlarda ifodalanidi.
Mehnatga halol munosabatda bo‘lishi deganda, shaxsning halol 
mehnat qilishi, ichki tartib qoidalarni o‘z vaqtida bajarishi, mehnatni 
muxofaza qilish normalarini buzmasligi, ijtimoiy foydali harakatlarni 
amalga oshirishi, mehnat intizomiga rioya etishi tushiniladi. Agar ilgari 
jinoyat sodir etgan shaxs axloqan tuzalgan bo‘lsa-yu, lekin mehnat 
qilmasdan tekinxo‘rlik bilan kun kechirib kelgan bo‘lsa, uni ijtimoiy xavfli 
emas deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi.
O‘qishga halol munosabatda bo‘lish belgilangan o‘kuv soatlarini 
to‘liq o‘zlashtirish, belgilangan tartibga rioya qilish, namunali xulqli ega 
bo‘lish va o‘quv hamda amaliy faoliyatni amalga oshirishga qaror 
qilganlikda ifodalanadi.
Shaxsning jinoyat sodir etganidan keyingi xulqi uning huquq 
normalaridagi va jamiyatdagi umum etirof etgan qoidalarning barcha 
ko‘rsatkichlarga rioya qilishidan iboratdir. Buni aniqlash uchun muayyan 
vaqt talab etiladi.
Shaxsning mehnatga va o‘qishga halol munosabatini uning asosiy ish 
joyida va o‘qishdagi unga yuklatilgan vazifalarni aniq, halol va samarali 
bajarishini tushunishish lozim.
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati yo‘qolganligiga ko‘ra jazodan 
ozod qilish uchun jinoyat sodir etilgandan so‘ng muayyan vaqtning o‘tishi, 
shaxsning mehnatga va o‘qishga halol munosabatda bo‘lishi va namunali 
xulki asos hisoblanadi.
Bu holatda nafaqat shaxsning ijtimoiy foydali mehnatda ishtiroki va 
xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi, balki, uning o‘z fuqarolik burchlariga 


430
halol munosabatda bo‘lishi, jinoyat sodir etganiga pushaymonligi, jinoyat 
oqibatlarini bartaraf etishga harakat qilganligi ham e’tiborga olinadi.
Bu asosga ko‘ra jazodan ozod qilish xuddi shu asosga ko‘ra jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilishdan farqli o‘laroq, har qanday jinoyat sodir 
etilganida qo‘llanishi mumkin.
Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi tufayli jazodan ozod 
qilish faqat sudning jazo tayinlamasdan chiqarilgan ayblov hukmi asosida 
amalga oshiriladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling