Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi tufayli jazodan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
8. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi tufayli jazodan 
ozod qilish 
Agar aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilsa, 
bu uni jinoiy javobgarlikka totish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar shaxs 
hukm chiqarilgandan so‘ng o‘z qilmishining ahamiyatini anglay 
olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek, jazoni o‘tashga 
to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalinib qolsa, jazoni 
o‘tashdan ozod qilinishi mumkin. Jinoyat sodir etgan shaxs hukm 
chiqarilgandan so‘ng o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan 
va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallika chalinib qolgan bo‘lsa 
jazodan ozod qilinadi. Bunday shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirishlari 
maqsadga muvofiq emasligi, ruhiy kasallikka chalingan shaxsning sud 
tomonidan belgilangan jazo choralalarini kasalligi tufayli to‘g‘ri idrok 
etish imkoniga ega emasligida ifodalanadi. Bunday kasalliklarga: uzoq 
davom etadigan, kuchayib va og‘irlashib boradigan va davolash qiyin 
bo‘ladigan surunkali kasalliklar kiradi. Bunday shaxsga nisbatan tibbiy 
yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin. Tibbiy yo‘sindagi 
majburlov chorasini qo‘llash tartibi Jinoyat kodeksining 91-95-
moddalarida belgilangan. Agar tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi 
qo‘llanilgan shaxs Jinoyat kodeksining 69-moddasida belgilangan va sud 
tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan 
boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmasdan tuzalsa, jazo ijro 
etiladi. Barqaror bo‘lmagan, vaqtinchalik o‘tkinchi xususiyata ega bo‘lgan 


444
ruhiy kasalliklar jazodan muddatidan ilgari ozod qilish masalasini hal 
qilish uchun asos bo‘la olmaydi.
Agar shaxs boshqa og‘ir kasallikka chalinib qolsa, bunday holda uni 
jazodan ozod qilish uning majburiyati emas, balki, huquqi hisoblanadi. 
Bunday mahkumlar aqli raso hisoblanadilar va axloq tuzatish jazosiga 
tortilishi mumkin. Bunday holatda nafaqat shaxsning kasalligi, 
shuningdek,, jinoyatning xavfliligi, mahkumning shaxsiy xususiyatlari va 
boshqa omillar hisobga olinadi. Bu omillarga jazoning o‘talgan muddati, 
shaxsning jazoni o‘tash tartibiga munosabati kabilar kiradi. Jazodan ozod 
qilish uchun asos bo‘luvchi kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi 
Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadi.
1
Amaliyotda mahkumlarning jazoni o‘tash davomida o‘z a’zolariga 
ataylab shikast yetkazish, o‘z sog‘ligini yomonlashtirish hollari ko‘p 
uchrab turadi. Bunday hollarda ular jazodan ushbu asosga ko‘ra ozod 
qilinmaydilar. Ushbu asosga ko‘ra jazodan ozod qilishda unga nisbatan 
davolab bo‘lmaydi deb tashxis qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Mahkumni kasalligi tufayli jazoni o‘tash muddatidan oldindan ozod 
qilish har qanday turdagi asosiy jazoga nisbatan qo‘llanishi mumkin. 
Qonun og‘ir kasalligi tufayli muddatidan ilgari jazodan ozod qilishni 
qo‘shimcha jazoga nisbatan qo‘llanish masalasini ochiq qoldirgan. Qator 
hollarda, ularni qo‘shimcha jazodan, masalan, muayyan huquqdan mahrum 
qilish jazosidan ozod qilish maqsadga muvofiq emas. Sudga mahkumni 
ushbu asosga ko‘ra jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnoma Ichki ishlar 
Vazirligining Maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi.
Harbiy xizmatchilar ularni xizmatga yaroqsiz deb topishga asos 
bo‘luvchi kasallikka chalingan taqdirda jazodan ozod qilinishi mumkin. 
Bunda harbiy xizmatchini tegishli harbiy-tibbiy komissiyasining xulosasi 
harbiy xizmatga yaroqsiz deb topishi uchun asos bo‘ladi. Harbiy 
xizmatchilar ushbu asosga ko‘ra intizomiy qismga yuborish yoki xizmat 
bo‘yicha cheklash turidagi jazolardan ozod qilinishi mumkin. Qonun ayol 
jinsidagi harbiy xizmatchilar uchun xizmat bo‘yicha cheklash turidagi 
jazodan muddatidan ilgari ozod qilishning qo‘shimcha asosi deb, 
homiladorlik tufayli mehnatga layoqatsizligini qayd etadi. Bunda shuni 
e’tiborga olish lozimki, qonun mazkur ozod qilish turi uchun ayolning 
homiladorligini emas, balki unga homiladorlik va tug‘ish uchun ta’til 
berishni asos deb topadi. Ya’ni ushbu asosga ko‘ra ozod qilish ularga 
homiladorlik va tugish uchun tatil berilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
1
O’z R Jinoyat ijroiya kodeksi 165-modda, 2-qism, 1997 yil 25 арrеl кuni qabul qilingan. 


445
Jinoyat kodeksi 75-moddasi 5-qismida axloq tuzatish ishlari jazosini 
o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilishning mustaqil turlari aks ettirilgan: 
1) mahkumning mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolganligi; 
2) mahkumning pensiya yoshiga yetganligi
3) homiladorlik va tug’ish ta’tiliga chiqqanligi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling