Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat huquqida sudlanganlik
19-BOB. SUDLANGANLIK
1. Sudlanganlik tushunchasi va uning huquqiy ahamiyati. Jinoyat huquqida sudlanganlik deganda, sodir qilgan jinoyati uchun shaxsga sud tomonidan jinoyat qonunida belgilangan biror jazoning tayinlanishi tushuniladi. Sudlanganlik — bu sud tomonidan aybdor deb topilgan va aniq bir jazo chorasi qo‘llanilgan shaxsning huquqiy holatidir. 1 Sudlanganlik shaxsni sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Shaxsni hukm qilish deganda, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo‘lgan aniq jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish, shuniningdek, bu shaxsga nisbatan muayyan turdagi va miqdordagi yoki muddatdagi jazoning tayinlanishi tushuniladi. Jazoning turi va miqdori yoki muddati shaxsni sudlangan deb topish va hisoblash 1 Советское уголовное право. Обшая часть. Под ред. Н.А.Беляева и М.И.Ковалева. Москва . 1997 г Стр-257 SUDLANGANLIK Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati (JK 77-moddasi) Sudlanganlik holatining tugallanishi (JK 78-moddasi) Sudlanganlikning olib tashlanishi (JK 79-moddasi) Sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatini hisoblash (JK Аmnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish 80-moddasi) 454 uchun ahamiyatga ega emas, lekin, bu sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishiga ta’sir qiladi. Demak, sud tomonidan ayblov hukmining chiqarilishi sudlanganlik holatini keltirib chiqaruvchi asos hisoblanadi. Ayblov hukmi jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan va jinoiy jazoga hukm etilgan shaxsning alohida huquqiy holatini belgilovchi sudlanganlikni vujudga keltiradi va u bekor qilungunga qadar (olib tashlash yoki tugashi) davom etadi. Sudlanganlikning bekor qilinishi bilan sudlanganlikning barcha huquqiy oqibatlari ham bekor bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan keyin kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganidan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Shuningdek,, shaxs jazoni o‘tagan, ammo qonunni o‘zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda yoki sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Shaxs ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan boshlab sudlangan hisoblanadi. U ayblov hukmi bilan biror-bir jinoyatni sodir etganligi bois sud tomonidan hukm qilinadi. Shunday qilib jazoni o‘tash davrida va uni o‘tab bo‘lgandan keyin ham qonunda aniq belgilangan muddat davomida shaxs sudlangan hisoblanadi. Sud hukmi bilan jazodan ozod qilingan shaxs esa sudlangan hisoblanmaydi. Jinoyat kodesi 77-moddasi 3-qismida sudlanganlik ushbu kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati sudlanganlikning mazmunini tashkil etadigan huquqiy oqibatlar bilan belgilanadi. Sudlanganlik fuqarolik-huquqiy, ma’muriy-huquqiy va jinoiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling