Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Birinchi guruh normalarga – jazo turi, jazo tayinlash, jazodan shartli 
ozod qilish, javobgarlik va sudlanganlik muddatini belgilovchi normalar; 
Ikkinchi guruh normalarga – jazoni o‘tash kalloniyasi turlarini 
belgilovchi, tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov choralari kiradi. 
2001 yil 29 avgustda O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining 
ikkinchi chaqiriq VI-sessiyasida jinoiy jazolarni liberallashtirish 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga 
kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar jazo sanksiyalarining 
yengillashuviga, jazo muddatlarining kamayishiga, ozodlikdan mahrum 
qilish, qamoq jazolarining kamroq belgilanishiga olib keldi. Jinoiy jazolar 
tizimidagi bunday islohotlar voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo 
tayinlashda muhim ahamiyatga ega. 
Kriminologik tadqiqotlar, statistik ma’lumotlar shundan dalolat 
beradiki, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish, 
qamoq, va umuman jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarning 


468
qo‘llanishi salbiy natijalarni bermoqda va kelajakda retsidiv jinoyatlarni 
ko‘payishiga zamin yaratmoqda. Voyaga yetmagan shaxslarning jinoyat 
sodir etishining oldindani olish masalasi Respublikamizda barchani 
o‘ylantirayotgan eng og‘riqli, achinarli va dolzarb muammolardan biridir. 
Chunki kelajagimiz, yosh avlodning barkamolligi bilan bog‘liqdir. Ularni 
tarbiyalash, jamiyat uchun foydali, ma’naviy sog‘lom qilib yetishtirish har 
birimizning burchimizdir. Shu o‘rinda voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligining sabablariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, voyaga 
yetmagan shaxslarni jinoyatga yetaklaydigan sabab va shart-sharoitlar 
quyidagilardan iboratdir: 
1) aholi turmush darajasining pasayishi
2) ota-ona, tarbiyachilar, maktab, internat va boshqa muassasalarda 
bolalar tarbiyasi bilan yetarli darajada shug‘ullanmaslik, tarbiyaviy, 
profilaktik tadbirlarning o‘tkazilmasligi. Masalan, 1999-yilning birinchi 
yarmida jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar 1105 kishini tashkil etib, 
372 tasi (33.6%) hech qayerda o‘qimagan, 110 tasi mast holatda jinoyat 
sodir etgan voyaga yetmagan shaxslardir. 
3) oila, maktab va o‘quv muassasalarida nazoratning sustligi; 
4) voyaga yetmagan shaxs yashayotgan, o‘qiyotgan mikromuhitdagi 
kriminologik sharoit; 
5) 
maktablarda yuristlar va psihologlarning faoliyat olib 
bormasliklari; 
6) oilalardagi ajrashib ketish, ota yoki onalik huquqidan mahrum 
qilish holatlarining yuqoriligi. Masalan, 1999-yilning birinchi yarmida 
voyaga yetmagan sudlanganlar 1105 kishini tashkil etib, shulardan 258 
(23.3 %) tasi ota-onasiz tarbiyalanganlardir; 
7) 
bosqinchilik, o’g‘rilik kabi jinoyatlarga voyaga yetmagan 
shaxslarni jalb qilish holatlarining tez-tez uchrashi; 
8) axloqqa qarshi jinoyatlar, ya’ni voyaga yetmagan shaxsni g‘ayri-
ijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs 
bilan jinsiy aloqa qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan 
uyatsiz buzuq harakatlar qilish, pornografik narsalarni tayyorlash va sotish, 
fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlarning sodir 
etilib turilishi; 
9) jazoni o‘tab chiqqan voyaga yetmagan shaxslarni o‘z holiga 
tashlab qo‘yilganligi, ish bilan band qilishning sust darajada olib borilishi
10) huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan militsiya, mahalla 
posbonlariga voyaga yetmagan shaxslar bilan ishlash, tarbiyaviy, 
profilaktik choralarni ko‘rish, ishga joylashtirish tadbirlari o‘tkazish 


469
vazifasini yuklovchi huquqiy hujjatlarning mavjud emasligi, mavjud 
bo’lgan huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlovchi mexanizmning yo‘qligi va 
hokazolar. Statistika ma’lumotlariga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, birgina 
1999-yilning birinchi yarmida sudlangan voyaga yetmaganlarning 73 
tasi(6.6 %;) ichki ishlar organlarida hisobda turganlar. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 1999-yilning birinchi yarmida 
sudlanganlarning soni 28540 ta bo‘lib, shulardan 1105 tasini voyaga 
yetmaganlar tashkil qiladi. Ya’ni umumiy sudlanganlarning 3.9 foizi. 
2000-yilning birinchi yarmida esa 29466 ta shaxs sudlangan bo‘lib, 
shulardan 1156 tasini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. Ya’ni umumiy 
sudlanganlarning 4 foizi. Shundan 1999-yilning birinchi yarmida 58 ta, 
2000 yilniing birinchi yarmida esa 56 ta qiz bolalar sudlangan. Bu 1999-yil 
birinchi yarmida sudlangan voyaga yetmaganlarning 5.2 foizini, 2000-
yilda esa 4.8 foizini tashkil etadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 19-
iyuldagi 16 sonli «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risidagi» 
qarorida voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish 
ishlari, qamoq kabi jazolarning samaradorligiga e’tibor berish lozimligi 
aytilgan. Shu bilan birga og‘ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam 
sudlangan, huquqni buzganlik uchun ichki ishlar organlarida hisobda 
turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda qat’iyatsizlikka yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydi. Sudlar voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari yuzasidan 
dastlabki tergov ishlarini sifatli va puxta olib borilishini, voyaga 
yetmaganlarning shaxsini ifodalovchi ma’lumotlarni, ularning yashash 
sharoiti, tarbiyasi, jinoyat sodir qilish motivlari, jinoyat sodir qilishga olib 
kelgan sharoit va sabablar to‘la va har tomonlama aniqlanishini talab 
qilishlari lozim Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishida katta 
yoshdagilarning ta’siri, ularning jinoyat yoki boshqacha 
huquqbuzarliklarga jalb qilinishining sabablarini batafsil aniqlash kerak
deb ta’kidlangan
1
Respublika sudlari va Adliya idoralarining 1999 -yil 1- yarim yillik davomida amalga oshirgan ishlari 
to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari bilan 1998 -yil birinchi yarim yillik hisoboti ma’lumotlarining qiyosiy 
raqamlari . Тоshkent shahri —1999-yil. 


470

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling