Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘lanadigan jazo tizimi va turlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2.Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘lanadigan jazo tizimi va turlari. 
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi” Konvensiyada bolalarning jismoniy
aqliy, ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish 
jamiyatning voyaga yetmaganlar oldidagi burchi ekanligi belgilab 
qo‘yilgan. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi muayyan ma’noda 
jamiyat tomonidan yuqoridagi majburiyatlarining bajarilmaganligini 
ifodalaydi
1
. Adolatning tiklanishi birinchi navbatda voyaga 
yetmaganlarning qayta tarbiyalanishida ifodalanadi. 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘lanadigan jazo tizimi, jinoyat 
qonuni bilan belgilangan va sud uchun majburiy hisoblangan jazo 
choralarning ro‘yxati bo‘lib, ular o‘z navbatida muayyan tartibda 
joylashtirilgan va qo‘llanish tartibi va chegaralari belgilangan ro‘yxatdir.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida voyaga 
yetmaganlarga nisbatan qo‘llanadigan jazo tizimining asosiy vazifasi 
voyaga yetmaganlarni majburlash va tarbiyalash hisoblanadi. 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning asosiy maqsadi 
tarbiyalash bo‘lsada, lekin og‘ir jinoyat sodir etganlarga nisbatan og‘ir jazo 
tayinlanishini istisno etmaydi. Bunday holatda og‘irroq jazo tayinlamaslik
voyaga yetmaganlarda mas’uliyatsizlikni keltirib chiqaradi. 
«Bola huquqlari to‘g‘risidagi» Konvensiyada voyaga yetmaganlarga 
nisbatan o‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar 
qo‘llanilishi mumkin emasligi belgilangan
Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi: 
1) davlat majburlov chorasining alohida turlaridan tashkil topgan
2) jazo tizimi elementlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisiga 
bog‘lanib va to‘ldirib keladi; 
1
Конвенция ”О правах ребенка”, 1989 й. 
Voyaga yetmaganlarga 
tayinlanadigan jazo turlari
Jarima
(JK 82-moddasi) 
Ахloq tuzatish 
ishlari
(JK 83-moddasi) 
Qamoq
(JK 84-moddasi) 
Ozodlikdan 
mahrum qilish
(JK 85-moddasi) 


471
3) davlatning majburlov choralari ro‘yxati qat’iy bo‘lib, kengaytirib 
talqin qilinishi mumkin emas. Shuning uchun voyaga yetmaganlarga 
nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi sanksiyasida 
ko‘rsatilgan bo‘lsada, lekin 84-modda ko‘rsatilmagan jazo choralari 
qo‘llanilmaydi; 
4) belgilangan jazo choralari yengilidan og‘iriga qarab 
joylashtirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 81-moddasida ko‘rsatilgan 
jazolar voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo 
turlarining qat’iy ro‘yxatidir. Ushbu moddada jazo tizimi eng yengilidan 
og‘iriga qarab joylashtirilgan, ya’ni: 
1) jarima 
2) axloq tuzatish ishlari 
3) qamoq 
4) ozodlikdan mahrum qilish 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida emas, balki, 82-85 moddalarda 
belgilangan doirada jazo tayinlanadi. Voyaga yetmganlarga nisbatan 
qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilmaydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling