Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, ta’sir chorasi sifatida yetkazilgan zarar miqdorini 
qoplash yuklatiladi. 
ikkinchidan, to‘lanadigan summa jabrlanuvchi foydasiga undiriladi, 
jarima esa davlat budjetiga. 
uchinchidan, zarar miqdori eng kam oylik ish haqining o‘n 
barobaridan oshmasa, sud tomonidan, agar undan ortiq bo‘lsa fuqarolik 
sudi tomonidan undiriladi, jarima esa jinoyat ishlari bo‘yicha sud 
tomonidan undiriladi. 
3) voyaga yetmagan shaxsni maxsus o‘quv tarbiya muassasasiga 
joylashtirish. Voyaga yetmagan shaxsni maxsus o‘quv tarbiya 
muassasalarida bo‘lish muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlari bilan belgilanadi.
Yopiq tipdagi maxsus o‘quv tarbiya muassasasida tarbiyalashning 
alohida usullari qo‘llaniladi. Bu ancha qattiq majburlov chorasi bo‘lib, 
tarbiyasi og‘ir va maxsus sharoitdagi pedogagik ta’sir choralari tadbiq 
etilishi shart bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladi. Maxsus 
o‘quv tarbiya muassasasiga qattiq pedogagik rejim va maxsus tarbiya 
sharoitida tarbiyalanishi shart bo‘lgan voyaga yetmaganlar joylashtiriladi. 
Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus-o‘quv tarbiya muassasalarida 
bo‘lishi tartibi va sharoiti, o‘quv jarayoni va tarbiyaviy ta’sirga oid ishni 
tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi vazirligi tomonidan 
belgilanadi.
1
1
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi 197-modda, 2-qism, , 1997 yil 25 aprel kuni qabul 
qilingan. 


493
Maxsus o‘quv tarbiya muassasasiga joylashtirish jazo chorasi 
hisoblanmaydi, chunki: 
birinchidan, jazo choralari tizimida ko‘rsatib o‘tilmagan. 
ikkinchidan, bunday muassasada bo‘lish muddati sud tomonidan 
belgilanmaydi. 
uchinchidan, sudlanganlik muddati mavjud emas. 
Voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv tarbiya muassasasida bo‘lish 
muddati bizning fikrimizcha sodir etilgan jinoyati uchun belgilanadigan 
jazoning maksimal muddatidan oshmasligi kerak. Davlat organining 
voyaga yetmaganning tarbiyalanishi maxsus o‘quv tarbiya muassasasida 
davom ettirilishi shart emas, degan xulosaga muvofiq, aybdorning maxsus 
o‘quv tarbiya muassasasida bo‘lishi belgilangan muddatidan oldindan 
asosida tugatilishi mumkin. Voyaga yetmaganning uzoq muddat maxsus 
o‘quv tarbiya muassasasida bo‘lishi uning keyinchalik erkinlikda normal 
hayot kechirishini qiyinlashtiradi, uning ijtimoiy ongini pasaytiradi
jamiyat bilan o‘zaro munosabatini uzib qo‘yadi. Shuning uchun ham 
majburlov choralari qonunda ko‘rsatilgan alohida hollarda qo‘llanishi 
mumkin. 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov chorasini qo‘llab jazodan 
ozod qilish, ularda jinoyat uchun jazodan ozod bo‘lish mumkin degan 
fikrni keltirib chiqarmasligi lozim.
Sud o‘zining majburlov chorasini qo‘llash to‘grisidagi qarorida 
voyaga yetmagan shaxsni birinchi marta jinoyat sodir etganligi, aybini 
bo‘yniga olganligi va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi, 
oiladagi turmush tarzi, jinoyatni sodir etishda voyaga yetmaganning 
ikkinchi darajali rol o‘ynaganini ko‘rsatishi lozim. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling