Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning umumiy


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2.Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning umumiy 
asoslari 
Jinoyat kodeksi 92-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini 
qo‘llash uchun asos bo‘luvchi holatlar aniq belgilab qo‘yilgan. Ijtimoiy 
xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov 
chorasi: 
1) 
ushbu ta’sir chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilayotgan shaxsning 
ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etilganligi yoki hukm 
chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o‘tash davomida ruhiy kasallikka 
chalinishi; 
2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs ruhiy holati va sodir 
etilgan qilmishnng huquqiy oqibatiga ko‘ra jamiyat uchun xavfli deb 
topilsa; 
3) sudning tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi tayinlash 
to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lsa qo‘llaniladi. 
Jinoyat kodeksida ruhiy kasallikka tushuncha berilmagan, lekin 
Jinoyat kodeksi 92-moddasi talabidan kelib chiqsak, ruhiy kasallik 
belgilariga: 
1) aqli norasolik holatida jinoyat sodir etish; 
2) hukm chiqarilgunga qadar o‘z harakatlarini anglay olmaydigan 
darajada kasal bo‘lib qolishi; 
3) jazoni o‘tash davomida o‘z harakatlarini anglay olmaydigan 
darajada kasal bo‘lib qolishi kiradi. 
Qonunning ushbu talabidan kelib chiqsak, bu kasallikka chalinish 
vaqtidan qat’iy nazar har qanday shaxsni ruhiy kasal deb topish mumkin.
Shaxsning o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy 
kasalligi sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi asosida aniqlanadi. Bunday 
ekspertiza surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning esa 
ajrimi asosida tayinlanadi. Ekspert xulosasi sud uchun oldindandan 
ahamiyatga ega bo‘lmaganligi sababli, sud ishni ko‘rish jarayonida ekspert 
xulosasiga yakuniy baho beradi. Ozodlikdan mahrum etish yoki qamoq 
jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa qamoqxona boshlig‘i, yoki 
ozodlikdan mahrum etish jazosini ijro etish muassasasi boshlig‘ining 
qaroriga asosan ekspertiza tayinlanadi.
Sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazishda: 
1) shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtida o‘z 
harakatlarini idrok eta oladigan yoki idora qila olmaydigan darajada ruhiy 


506
kasal yoki ruhiyati vaqtinchalik buzilgan, aqli zaif yoki boshqa kasallik 
holatida bo‘lganligi; 
2) shaxsning jazo tayinlash vaqtda ruhiy kasal ekanligi tufayli, hukm 
qilish va jazolash uning tuzalishiga ta’sir ko‘rsata olmasligi; 
3) ushbu kasallik surunkalimi yoki shaxs muayyan vaqt mobaynida 
tuzalishi mumkinmi? 
4) shaxs duchor bo‘lgan ruhiy kasallik yana ijtimoiy xavfli oqibat 
keltirib chiqarishi yoki bunga sabab bo‘lishi mumkinmi? 
5) shaxs o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga, 
ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment o‘tkazish va boshqa tergov 
hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi? 
6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy 
nuqsonlari bormi va ular nimalardan iborat?
1
degan savollarga javob olishi 
lozim. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi jinoyat yoki ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanadi. Shu bois aqli norasolik 
holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga taalluqli bo‘lgan 
quyidagi holatlar aniqlanishi lozim: 
1) jinoyatning obyekti, yetkazilgan zararning miqdori va 
xususiyati, jabrlanuvchi shaxsiga taalluqli bo‘lgan xususiyatlar
2) jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, Jinoyat kodeksida 
ko‘rsatilgan boshqa holatlar, qilmish va uning oqibati o‘rtasidagi 
bog‘liqlik;
3) ayblanuvchi, mahkumning shaxsini tasdiqlovchi holatlar. 
Jinoyat qilgandan keyin ruhiy kasallikka duchor bo‘lib qolgan 
shaxsning jinoyat ishi bo‘yicha shaxsda jinoyat sodir etgandan keyin 
yuzaga kelgan va jazo qo‘llanishini istisno etuvchi ruhiy kasal ekanligi 
isbotlanishi lozim.
2
Agar shaxs aqli rasolik holatida jinoyat sodir etgan bo‘lsa, tibbiy 
yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun sud jinoyatning hab bir 
elementini, shu jumladan, Jinoyat protsessual kodeksining 82-moddasida 
nazarda tutilgan holatlarni aniqlashi lozim bo‘ladi.
Shaxsning aqli noraso ekanligini aniqlash quyidagi asoslarga ko‘ra 
amalga oshiriladi: 
1) agar shaxs jinoyat sodir etganidan so‘ng, hukm chiqarilgunga 
qadar o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasallikka 
chalingan bo‘lsa, sudning tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlash 
1
O’z.R Jinoyat protsessual kodeksi 567-modda. // “Аdolat”, Т:.2001. 
2
O’z.R Jinoyat protsessual kodeksi 567-modda. // “Аdolat”, Т:.2001. 


507
to‘g‘risidagi ajrimida jinoyatning barcha elementlari ko‘rsatilishi kerak. 
Bir shaxsga nisbatan bir paytning o‘zida tibbiy yo‘sindagi majburlov 
chorasini tayinlash to‘g‘risida ajrim va ayblov hukmi chiqarilishi 
g‘ayriqonuniy hisoblanadi.
2) Agar shaxs jinoyat sodir etish jarayonida o‘z harakatlarini 
anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasallikka chalingan bo‘lsa, shaxsning 
jinoyat sodir etishdagi aybdorligi masalasi hal qilinmaydi.
Shaxsning ijtimoiy xavfliligidan qat’iy nazar ular tomonidan qilingan 
harakat yoki harakatsizlikda jinoyat tarkibi bo‘lmasa ular javobgarlikka 
tortilmaydilar. 
Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo‘lib qolgan shaxs sodir etgan 
jinoyat bo‘yicha aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi haqida sud 
ajrim chiqaradi.
Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan shaxsning sodir etgan 
jinoyati yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli mulkiy 
ziyon yetkazilgan bo‘lsa, ziyonning o‘rnini qoplash masalasi fuqaroviy 
sudlov ishlarini yuritish tartibida hal etiladi. 
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj 
bo‘lgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari 
tayinlanganida, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sog‘liqni saqlash 
organiga darhol xabar qiladi. 
Asosiy e’tibor shaxsning amnistiya akti yoki qonunining o‘zgarishi 
tufayli qilmishni dekriminalizatsiya qilinganligi natijasida jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilinishiga qaratilishi lozim. Bunday hollarda 
majburlov chorasini qo‘llash masalasini hal qilishda sudlar majburiy 
davolash sodir etilgan jinoyatning huquqiy oqibatlaridan biri va jinoiy 
javobgarlikni amaliy jihatdan qo‘llanishi ekanligiga e’tibor berish lozim. 
Shunga asoan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, bunday ozod 
qilishning asosidan qat’iy nazar majburlov choralariga ham qo‘llaniladi.
Shaxsni tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasidan ozod qilish uni faqat 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga ta’sir qiladi. 
Sud majburiy davolash chorasini faqatgina shaxs jamiyat uchun 
xavfli deb topilgan holda qo‘llashi mumkin. Bunda shaxsning ijtimoiy 
xavflilik darajasi nafaqat uning ruhiy holati bilan, shuningdek,, sodir 
etilgan qilmishning og‘irlik darajasi bilan ham belgilanadi. Shuni nazarda 
tutish kerakki, shaxsni ijtimoiy xavfli deb topishda sud tomonidan hamma 
holatlar e’tiborga olinadi, lekin, shaxsning xulqini belgilovchi asoslar 
uning ruhiy holati asosiy mezoni bo‘lib qolishi lozim.


508
Shaxsning ijtimoiy xavfliligini belgilashda quyidagilarga e’tibor 
berish lozim: 
1) uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf 
tug‘dirishi; 
2) uning nochorligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil 
ravishda qondirishga layoqatsizligi; 
3) agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy 
holati yomonlashuvi oqibatida uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilishi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilayotgan shaxs 
tomonidan bir qancha jinoyatlar sodir etilgan hollarda sud tomonidan 
asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozim: 
1) shaxs biror-bir jinoyati uchun sudlanmagan bo‘lsa, sud 
tomonidan har bir jinoyatning qanday holatda aqli rasolik yoki aqli 
norasolik holatida sodir etilganligi e’tiborga olinib, tibbiy yo‘sindagi 
majburiy davolash chorasi tayinlanadi. Ajrimda jazoning miqdori va turi 
ko‘rsatilmaydi. Majburlov chorasi bekor bo‘lsa ish sudda umumiy tartibda 
qayta ko‘riladi va aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyat uchun jazo 
tayinlanadi; 
2) sodir etilgan jinoyatlarning ayrimlari uchun bir necha hukm 
bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganida. Bunda ham majburiy davolash 
chorasi yuqoridagidek tartibda tayinlanadi. Sud ajrimida har bir qilmish 
alohida ko‘rsatilishi kerak, oldindangi sud hukmi asosida tayinlangan jazo 
va uning muddati, jinoiy javobgarlikka tortilmagan qilmishi uchun 
tayinlangan majburlov chorasi (bunda jazoning turi va muddati 
ko‘rsatilmaydi). Majburlov chorasi bekor bo‘lsa ish sudda umumiy 
tartibda qayta ko‘riladi, jinoyatlar va hukmlar jami bo‘yicha jazo 
tayinlanadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling