Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


NOTA BENE!  Davolash deganda


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 
Davolash deganda, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan 
shaxsni ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning ruhiyatini o‘zgartirish 
maqsadida qo‘llaniladigan ta’sir chorasi tushuniladi. 
Bunday usulda davolash, shaxsning to‘la tuzalishini maqsad qilib 
qo‘ymasada, ammo shaxsni jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan darajada 
ruhiy jihatdan tuzatishga qaratiladi. Shu yo‘sinda tibbiy majburlov chorasi 
asosida davolash metod va usullari, bu ta’sir chorasi bilan bog‘liq 
bo‘lmagan holda davolanayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan 
choralar qo‘llaniladi. 
1
Yuqoridagi qoidaga muvofiq tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari 
jazo chorasi hisoblanmaydi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud 
tomonidan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasi bo‘lib 
hisoblanadi. Bu majburlov chorasi sud hukmi bilan emas, balki, sud qarori 
bilan begilanadi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi ruhiy kasallikka 
chalingan shaxsning qilmishini baholovchi xususiyatga ega emas, u qayta 
tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi, ruhiy kasallikka chalingan shaxs 
tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishning 
oldindani oladi, ularni davolash va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga 
xizmat qiladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining aniq bir turini 
qo‘llashdan oldindan sud belgilangan maqsadlarning har biriga erishish 
mumkinligiga e’tibor qaratishi lozim. Shunday qilib tibbiy yo‘sindagi 
majburlov choralari jinoiy jazo chorasidan o‘z asosiga, tuzilishiga va 
yuridik oqibatiga ko‘ra farq qiladi. 
Yuridik oqibati deganda, sudlanganlik holatining vujudga kelishi 
tushuniladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi sudlanganlik holatini 
keltirib chiqarmaydi. Agar alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka 
yo‘liqqan shaxslarga nisbatan jazo chorasi bilan birga tibbiy yo‘sindagi 
majburlov chorasi qo‘llash bilan birga qo‘llanilagan bo‘lsa, sudlanganlik 
muddatini hisoblashda majburlov choralari tayinlangan muddat hisobga 
olinmaydi. Agar shaxs jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi 
uchun jazodan ozod qilingan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning 
haqiqatda o‘talgan qismiga nisbatan hisoblanadi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun: 
1) ijtimoiy xavfli qilmishning aqli norasolik holatida sodir etilishi
1
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 2000 yil 31 avgustidagi «Psixiatriya yordami to’g’risida »gi 
Qonuni. 


502
2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo‘lgan, 
lekin sud hukmi chaqarilgunga qadar o‘z qilmishining ahamiyatini anglab 
yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum etadigan ruhiy 
kasallikka chalinishi; 
3) jinoyat sodir etganligi uchun jazoga mahkum qilingan, lekin 
jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinib o‘z qilmishining 
ahamiyatini anglab yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobiliyatidan 
mahrum bo‘lishi; 
4) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga 
yo‘liqqan shaxslarning jinoyat sodir etishi asos bo‘lib hisoblanadi. 
Tibbiy yo‘sindagi maburlov choralari yuqorida keltirilgan to‘rt 
toifadagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan qo‘llaniladi. Bu toifadagi 
kishilarning har biri maxsus belgilarga ega. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling