Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
2. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod 
qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish. 
 
Qonunda jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarni jazoni 
o‘tashdan muddatidan oldindan shartli ravishda jazodan ozod qilishning 
shartlari belgilangan (JK 89-moddasi).
Sud tomonidan tayinlanadigan jazoni o‘tashdan muddatidan 
ilgari ozod qilish mahkumlarning mehnatga halol munosabatda bo‘lishi, 
qonunlarni aniq bajarishi, ularni turmush qoidalarini xurmat qilish ruhida 
tarbiyalash va qayta tarbiyalanishi uchun muhim omildir.


494
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat kodeksi 89-moddasida jazoni 
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish asoslari 
ko‘rsatilgan: 
1) jinoyatning 18 yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilishi; 
2) sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq 
tuzatish ishlariga hukm qilingan bo‘lishi; 
3) jazoni o‘tash tartib qoidalariga rioya qilganligi; 
4) mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lganligi; 
5) faktik jihatdan: 
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat 
uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi
b)og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan 
bir qismi; 
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati 
uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan bo‘lsa, tayinlangan jazo 
muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lgan bo‘lsa, jazoni 
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llaniladi. 
O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib sodir etgan jinoyati uchun 
ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan 
shaxsga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod 
qilish qo‘llanishi mumkin. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli 
ravishda ozod qilish qo‘llanilagn shaxs jazoning o‘talmagan qismi 
mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, bir necha hukm yuzasidan 
(Jinoyat kodeksi 60-modda) va 86 moddada belgilangan voyaga 
yetmaganlarga jazo tayinlashning umumiy qoidalariga asoslangan holda 
jazoga tortiladi. 
Jazodan shartli ravishda ozod qilish quyidagi xususiyatga ega: 
1) shaxsni ijtimoiy hayotga moslashishiga imkon beradi;
2) qayta jinoyat sodir qilmasligi uchun nazorat qilinishini 
taminlaydi; 
3) jazoni o‘tash muassasasidagi salbiy ta’sirni yo‘qotadi
1


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling