Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. VOYAGA YETMAGANLARNI JINOIY


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

21-BOB. VOYAGA YETMAGANLARNI JINOIY 
JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH 
 
1. Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod 
qilish tushunchasi va turlari. 
 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llanadigan jazoning 
asosiy maqsadi va vazifasi mahkumni tuzatish qayta tarbiyalash hamda 
jinoyatchilikning umumiy va maxsus oldindani olishdan iboratdir. Voyaga 
yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish ham 
yuqoridagi maqsadni ko‘zlaydi.
Voyaga yetmaganlar: 
1) faqat voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan; 
2) ijtimoiy xavf katta bo‘lmagan jinoyat birinchi marta sodir 
etilganida; 
3) sodir etilgan qilmishning xususiyati, aybdorning shaxsi va 
boshqa holatlarni hisobga olib, aybdorni jazo qo‘llamay ham tuzatish 
mumkin, deb topilganida; 
4) ishni voyaga yetmaganlar bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga 
topshirish yo‘li bilan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Faqat ushbu holatlarning barchasi mavjud bo‘lgan holda voyaga 
yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasi, 1-qismiga ko‘ra 
javobgarlikdan ozod qilish mumkin. Shaxsni javobgarlikdan ozod qilishda 
uning 18 yoshga to‘lmaganligini aniqlash bilan birga, hukm chiqarish 
vaqtida yoshi ham aniqlanishi lozim. Agar hukm chiqarish vaqtiga kelib 
18 yoshga to‘lgan bo‘lsa, uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi 
Jinoyat kodeksining 64-68-moddalariga asosan hal qilinishi kerak.
Jinoyatchini boshqa vosita bilan tuzatish mumkin, deb topilsa, 
uni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, shuningdek, tayinlangan 
jazoning ma’lum bir qismini o‘tagandan so‘ng jazo muddati tugamasdanoq 
mahkumni jazodan ozod qilish mumkin. Voyaga yetmaganlarni 
javobgarlik va jazodan ozod qilishning ikki (umumiy va maxsus) turi 
mavjud:
 
Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarlik va jazodan 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling