Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Birinchi toifaga Jinoyat kodeksining Maxsus qismida ko‘rsatilgan 
ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini aqli noraso holatda sodir etgan shaxslar 
kiradi. Bu shaxslar ruhiy kasalligi tufayli o‘z harakatining faktik 
xususiyatini, shuningdek, qilmishning ijtimoiy xavfliligi va biror obyektga 
nisbatan muayyan zarar yetkazilishini anglab yetmaydi. Jinoyatning 
subyekti aqli noraso shaxs bo‘lganligi tufayli, bunday shaxslar ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etsalarda, ularning qilmishi jinoyat hisoblanmaydi. 
Shu tufayli ularni jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortish mumkin emas. 
Bunday toifadagi shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov 
chorasini qo‘llaniladi. Ular jazoga tortilganda jazoning tarbiyalash va 
ogohlantirish maqsadi amalga oshmaydi. 
Ikkinchi toifadagilarga jinoyat sodir etgandan so‘ng jinoiy 
javobgarlikka to‘sqinlik qiluvchi kasallikka chalingan shaxslar kiradi. Bu 
toifadagi shaxslarga aqli rasolik holatida jinoyat sodir etganidan so‘ng, 
dastlabki tergov yoki sud majlisi davomida ruhiy kasallikka chalingan 
shaxslar kiradi. Bunday holatda ularga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilmaydi, 
ularga nisbatan faqat majburlov chorasi qo‘llaniladi. 
Huquqshunos S.V. Afinogenovning ta’kidlashicha, bu toifaga 
mansub shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun:
1
a) Jinoyat kodeksining Maxsus qism normalarida ko‘rsatilgan 
ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini sodir etishi; 
b) o‘z harakatini boshqarishga va o‘z qilmishining xususiyatini 
anglab yetishiga to‘sqinlik qiluvchi holatning mavjudligi; 
1
С.В.Афиногенов «Уголовное право» // “Юрист” М:.2000 г. 468-стр. 


503
g) sodir etilgan qilmishning xususiyati va shaxsning ruhiy holati 
tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashni taqozo etishi kabi shartlar 
mavjud bo‘lishi lozim. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling