Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Uchinchi toifaga jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalingan 
shaxslar kiradi. Ular jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatining ahamiyatini 
anglamaydi va o‘z harakatlarini boshqara olmaydi. Bunday hollarda ularga 
nisbatan qamoq va jazoni ijro etish muaasasasi boshlig‘ining qarori bilan 
sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi.
To‘rtinchi toifadagi shaxslarga qonun jinoyatni aqli raso holatda 
sodir etgan, ammo alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka 
yo‘liqqanligi tufayli tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasiga muhtoj 
bo‘lganlar kiradi. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka 
yo‘liqqan shaxslar ham umumiy asoslarga ko‘ra jinoiy javobgarlik va 
jazoga tortiladilar. Ularga nisbatan majburiy davolash choralari jinoiy jazo 
bilan bir qatorda qo‘llaniladi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash qonuniylik
insonparvarlik, inson va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish kabi 
prinsiplarga asoslanadi
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarning 
huqulari, ularga berilgan kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 2000- yil 
31- avgustdagi «Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi» Qonuni bilan tartibga 
solinadi. Ruhiy kasallarga psixiatriya yordami ko‘rsatish va ularni ijtimoiy 
himoya qilish maqsadida davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi: 
1) psixiatriya muassasalarida huquqiy maslahatlar berish va 
yuridik yordamning boshqa turlari; 
2) 
vasiylik va homiylik masalalarini hal etish; 
4) sxoshilinch psixiatriya yordami ko‘rsatish va boshqalar. 
Ruhiy kasallikka chalingan shaxslar: 
1) o‘zlariga nisbatan inson qadr-qimmati kamsitilishini istisno 
etadigan muruvvatli va insoniy muomala qilinishini; 
2) o‘z huquqlari haqida, shuningdek, ruhiy xastaliklari xususiyati 
hamda qo‘llanilayotgan davolash usullari haqida o‘zlari uchun tushunarli 
shaklda va o‘z ruhiy holatlari hisobga olgan holda ma’lumot olish; 
3) tibbiy zaruratga ko‘ra davolashning barcha turlaridan 
foydalanish ; 
4) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda 
psixiatriya yordami ko‘rsatilishi; 
5) tibbiy vositalar va usullarni sinash, ilmiy tadqiqotlar va o‘quv 
jarayoni obyekti tariqasida foydalanishga, foto, video yoki kinosuratga 


504
olinishiga oldindandan rozilik berish va istalgan bosqichda undan voz 
kechish; 
6) o‘zlarining talablariga binoan psixiatriya yordami ko‘rsatishda 
ishtirok etayotgan istalgan mutaxassisni, ushbu qonun bilan tartibga 
solinadigan masalalar yuzasidan tibbiy komissiyada ishlash uchun taklif 
etish; 
7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda advokat, qonuniy vakil 
yoki boshqa shaxsning yordamini olish huquqiga egadirlar. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari quyidagi maqsadlarni 
ko‘zlaydi: 
1) ruhiy kasallikka chalingan shaxslar tomonidan yangi ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etilishining oldindani olish; 
2) ruhiy kasallikka chalinganlarni davolash yoki ularning ruhiy 
holatini yaxshilash; 
3) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan 
shaxslarga nisbatan davolash va jazolashning maqsadiga erishishga 
ko‘maklashuvchi sharoitni yaratish.
Bu maqsadlarni belgilash shaxsning ruhiy holati ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etishiga olib kelgan omil ekanligini va uning ijtimoiy 
xavfliligidan guvohlik berishi, unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi davolash 
chorasini qo‘llashning zarurligi va davolash vaqtida va undan so‘ng 
bemorning boshqa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishini oldindani olishga 
qaratilgan. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan 
shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan tibbiy yo‘sindagi majburlov 
choralarining maqsadi sifatida qonunda mazkur bemorni davolash qayd 
etilgan. Jinoyat sodir etgan mazkur toifadagi shaxslarni davolashni amalga 
oshirish ayni vaqtda belgilangan maqsadlarga erishishning zaruriy shartlari 
hisoblanadi. Davolashni amalga oshirish mahkumlarning aqliy, irodaviy 
faoliyatiga ta’sir etuvchi spirtli ichimliklar, psixotrop moddalari va 
giyohvandlik vositalariga qaramligini bartaraf etishdan iborat.
M.N Golodnyukning fikricha Jinoyat kodeksida belgilangan 
maqsadlardan tashqari tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy 
kasallarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadini ham 
ko‘zlaydi. 
1
Bizning fikrimizcha ushbu maqsadning Jinoyat kodeksida 
ifodalanishining asosiy sababi, hozirgi vaqtda ruhiy kasallikka 
chalinganlarning qonuniy manfaatlari buzilayotganligidadir.
1
М.Н Голоднюк «Уголовное право В XXI веки» Москва. «ЛексЭст» 2002г 126- стр


505

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling