Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

3. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida tibbiy yo‘sindagi 
majburlov choralari turlari va qo‘llash tartibi, shuningdek,, ularning 
muddatini uzaytirish, o‘zgartirish va bekor qilish asoslari belgilab 
qo‘yilgan. 
Jinoyat kodeksi 93-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov 
choralarining quyidagi turlari ko‘rsatilgan.: 
a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va ruhiy kasallik 
mutaxassisida davolanish; 


509
b) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy 
davolanish; 
v) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog‘liqni tiklash 
maxsus bo‘linmasida majburiy davolanish; 
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki 
bo‘linmasida majburiy davolanish. 
Yuqorida ko‘rsatilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralaridan birini 
tayinlash uchun sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligi va kasalning 
ruhiy holati asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash orqali nafaqat 
shaxsni davolash va ijtimoiy hayotga moslashtirish, balki, tibbiyot 
muassasalari ularning sog‘lig‘i va xulqini kuzatuvi natijasida ularni 
jamiyatdan ajratilishi ta’minlanadi. 
Sud tibbiy yo‘sindagi qanday majburlov chorasini qo‘llash 
masalasini hal qilishda Jinoyat kodeksida belgilangan holatlarni e’tiborga 
olishi kerak. 
Birinchi turdagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi (majburiy 
ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va ruhiy kasallik mutaxasisida 
davolanish), Jinoyat kodeksi 94-moddasi «a» bandiga muvofiq ruhiy 
kasalligi zo‘rayib ketayotganligini ko‘rsatuvchi alomatlar bo‘lmagan, 
shuningdek, ruhiy holati vaqtincha buzilgan ruhiy kasallarga nisbatan, 
bunday kasalliklarning qaytarilmasligi va yangi ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir etmasligi uchun tayinlanishi mumkin. Odatda majburiy ambulatoriya 
kuzatuvi ostida davolash aybdorning yashash joyidagi poliklinikada 
psixiatr yoki psixonevrolog tomonidan amalga oshiriladi Bunday shaxslar 
dispanser hisobida turib, vaqti-vaqti bilan davolash ko‘rigidan o‘tkaziladi, 
salomatligi tiklangach dispanser hisobidan chiqariladi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining ikkinchi turi (umumiy 
tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy o‘tkaziladigan davolanish) 
Jinoyat kodeksining 93-moddasi «b» bandida ko‘rsatilgan. Bu davolash 
turi ijtimoiy xavfliligi ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan, umumiy asoslarda 
davolash talab etiladigan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Umumiy 
tartibli ruhiy kasalxonalarga o‘z ruhiy holatlari va sodir etgan ijtimoiy 
xavfli qilmishlari xususiyatiga ko‘ra davolanishga majbur bo‘lgan shaxslar 
joylashtiriladilar. Bunday ruhiy kasallarning jamiyat uchun ijtimoiy xavfi 
katta emas. Sud ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan bunday shaxslarni 
doimiy vrach nazorati ostida davolashga va mehnatga layoqatliligiga qarab 
tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashga majbur ekanligiga 
ishonch xosil qilishi lozim. 


510
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining uchinchi turi (umumiy 
tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog‘liqni tiklash maxsus 
bo‘limida) Jinoyat kodeksi 93-moddasi «v» bandiga muvofiq, ijtimoiy 
xavfliligi ko‘proq salomatlikni tiklovchi choralarning ko‘rilishini talab 
etadigan, davolash choralari esa ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi mumkin 
bo‘lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Bunday tartibli 
shifoxonalarda majburiy davolash bemorning xavflilik darajasiga ko‘ra 
tayinlanadi, bu ularning ruhiy holati va bu holatning boshqa xavfli 
qilmishlarni sodir etishga olib kelish imkoniyati bilan baholanadi. Maxsus 
tartibli shifoxonalarda odatda inson hayotiga tajovuz qilishi bilan bog‘liq 
bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan, ruhiy holatiga ko‘ra o‘zi va atrofdagilarga 
xavf tug‘dirmaydigan shaxslar joylashtiriladi. Biroq bunday shaxslar 
majburiy tartibda doimiy davolanishga, shuningdek, doimiy ravishdagi 
kuzatuvga muhtoj bo‘ladilar. 
Shaxsga majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va ruhiy 
kasalliklar shifoxonasida davolanish kabi choralar qo‘llanilgan bo‘lsa, sud 
jinoyatni oldindani olish maqsadida shaxsni majburiy davolash to‘g‘risida 
qaror chiqarish bilan bir vaqtda, kasalni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga 
joylashtirish yoxud majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolash 
vaqtini bekor qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. 
Ambulatoriya kuzatuvi va davolashni amalga oshiradigan tibbiy 
muassasalar, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalari Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan boshqariladi va davolash tartibi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar bilan 
belgilanadi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining to‘rtinchi turi (kuzatuvi 
kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi yoki bo‘linmasida majburiy 
davolash) ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan yoki o‘z xulqiga ko‘ra 
umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasi sharoitida davolashning 
imkoni bo‘lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Shunday qilib 
kuchaytirilgan tartibli tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi odamning ruhiy 
holati o‘zi (o‘zini o‘zi o‘ldirishga urinish, badaniga turli darajadagi shikast 
yetkazish) va atrofdagilar uchun (boshqalarga tan jarohati yetkazish, odam 
o‘ldirish, o‘t qo‘yish va boshqalar) xafli bo‘lganlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Bunday shaxslar odatda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan bo‘ladilar. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining bu turini qo‘llashda sud-
psixiotrik ekspertizasi orqali aniqlangan holatlarga asoslanadi. Kuzatuvi 
kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorning davolash 


511
muassasasidan qochishi va takroran ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishini 
istisno etadigan qat’iy nazorat ostida davolanadi.
Sud o‘z qarorida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini belgilash 
bilan bir qatorda davolanish muddatini ko‘rsatmaydi. Bu majburlov 
chorasini qo‘llashning davomiyligi ruhiy kasallanganlik darajasiga, 
kasallikning davomiyligiga, davolash metodi va unga nisbatan ruhiy ta’sir 
etishiga hamda boshqa qator holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi muddatini uzaytirish
o‘zgartirish va bekor qilish ruhiy kasalliklar shofokorlari komissiyasining 
xulosasiga asoslangan holda sud tomonidan hal qilinadi. Buning uchun 
kasal ahvolining yaxshilanganligi, ya’ni uning ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini yo‘qotganligi va sog‘ayganligi asos bo‘ladi.
Agar shaxsni bir davolash muassasasidan boshqasiga, masalan, 
kuzatuvi kuchaytirilgan umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga 
o‘tkazish lozim bo‘lib qolsa, bu masala sud tomonidan hal qilinadi. Buning 
uchun kasal sog‘lig‘ining o‘zgarganligi, yani bemorning ijtimoiy xavfliligi 
kamayganligi asos bo‘ladi. Ba’zan buning aksi, ya’ni kasalning ahvoli 
yomonlashganligi bois unda xavfli vasvasa, tajovuzkorlik holatlari paydo 
bo‘lganida umumiy tartibdagi shifoxonadagi boshqa kasallar, tibbiyot 
xodimlari va xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlash imkoni 
bo‘lmaganida uni umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasidan kuzatuv 
kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘chirish zarur bo‘ladi
Ruhiy kasal ahvolining yaxshilanishi yoki yomonlashuvi bilan tibbiy 
yo‘sindagi majburlov choralarining muddati uzaytiriladi. Muddatini 
uzaytirishda shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasining pasayganligi yoki 
o‘sganligi hisobga olinadi. 
Ruhiy kasalning tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga 
muhtoj emasligi yoki sud tibbiy ko‘rsatkichlarga muvofiq ilgari 
tayinlangan majburiy davolashni bekor qilinishi mumkin va kasalni uning 
yashash joyidagi sog‘liqni saqlash muasasalariga joylashtirish uchun 
yuborish yoki mazkur shaxsni nogironlar uyi yoxud boshqa ijtimoiy 
ta’minot bo‘limiga yuborish masalasini hal qiladi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi jazoni o‘tash vaqtida ruhiy 
kasallikka chalingan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, tibbiy 
yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan muddat jazo muddatiga 
qo‘shiladi. Ammo ruhiy shifoxonada bo‘lish muddatining bir kuni sud 
tominidan tayinlangan jazo muddatining qanchasiga tenglashtirib 
hisoblanishi Jinoyat kodeksida belgilab berilmagan. Bizning fikrimizcha 
qamoq jazosi, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoniing 


512
bir kuniga ruhiy shifoxonada bo‘lishning bir kuni tenglashtirib hisoblansa 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasiga tayinlangan shaxslarga 
nisbatan amnistiya aktining huquqiy oqibatlari ta’sir qilmaydi, chunki 
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etganliklari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 
hisoblanadilar. Amnistiya akti esa jinoiy javobgarlikka va jazoga tortilgan 
shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Agar shaxs amnistiya aktiga muvofiq ozod 
qilinishi lozim bo‘lsa va bu sudning qarori chiqarilguncha vujudga kelgan 
bo‘lsa, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilmaydi. Bunday 
hollarda shaxsni ruhiy kasalxonaga joylashtirish maqsadida sog‘liqni 
saqlash muassasalari ogohlantiriladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling