Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlash


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3.Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlash 
 
Sudlanuvchiga nisbatan jazo tayinlash sudlar faoliyatining 
muhim va hal qiluvchi bosqichidir. 
Voyaga 
yetmaganlarning 
jinoiy javobgarligi jinoyatchilikka 
qarshi kurashishdagi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, 
adolat, demokratiya va insonparvarlik prinsiplariga asoslanadi. Voyaga 
yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo aybdorni tarbiyalash va yangi 
jinoyatlar sodir etilishining oldindani olish maqsadini ko‘zlaganligi tufayli 
yuqoridagi prinsiplar voyaga yetmaganlarga nisbatan muayyan tasnif 
asosida qo‘llaniladi.
1
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda sud quyidagi 
holatlarni hisobga olishi lozim: 
1) voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasini; 
2) voyaga yetmaganning turmush sharoiti va tarbiyasini; 
3) katta yoshdagilarning unga nisbatan ta’sirini; 
4) voyaga yetmaganning sog‘ligini; 
5) sodir etilgan jinoyatning sabablarini
6) jinoyat sodir etish motivini. 
Jinoyat protsessual kodeksi 548-moddasida ham voyaga 
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim 
bo‘lgan holatlarga yuqoridagilardan tashqari quyidagilar ham kiritilgan: 
1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, 
kuni); 
1
Оliy Sud Plenumining «Voyaga yetmaganlar jinoyati haqidagi sud amaliyoti to’g’risida»gi qarori. 15.09 
2000 y


476
2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; 
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki 
yo‘qligi. 
Voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi- bu 18 yoshga 
to‘lmagan shaxsning aqliy rivojlanganlik darajasi va uning yoshidir. 
Shaxsning rivojlanganlik darajasi shu yoshdagi shaxslarga nisbatan normal 
holatda yoki bunday holatda bo‘lmasligi mumkin. Shaxsning 
rivojlanganligi: rivojlangan (bu yoshdagilarga nisbatan aqliy rivojlangan 
bo‘lishi) va qoloq (o‘z yoshiga nisbatan aqliy rivojlanmaganligi) bo‘lishi 
mumkin. Agar shaxs o‘z yoshiga nisbatan aqliy rivojlangan bo‘lmasa, sud 
unga nisbatan jazoning o‘rniga majburlov chorasini qo‘llashning 
maqsadga muvofiqligini ko‘rish lozim. Buning uchun ruhiy qoloqlikni 
aniqlashda psihologik ekspertiza oldiga yoshga nisbatan intellektual 
qoloqlikni belgilash uchun uning aqliy qoloqligini aniqlash masalasini 
qo‘yishi kerak.
1
Intellektual rivojlanganlik darajasi o‘z tengdoshlariga 
nisbatan qoloq bo‘lgan voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydilar.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling