Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE! Ozodlikdan mahrum qilish
NOTA BENE!
Qamoq jazosi Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi jazo turi hisoblanadi. Qamaq - shaxsni erkin hayotdan batamom ajratgan sharoitda saqlashdan iborat bo‘lib, voyaga yetmaganlarga nisbatan bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Voyaga yetmagan hamda qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar jazoni qamoq uylarida o‘taydilar. Ularga har kuni bir yarim soatlik sayr qilish, bir oyda bir marta yaqin qarindoshlari bilan uch soatgacha qisqa muddatli uchrashuv imkoniyati beriladi. Ular qamoq uyining xo‘jalik xizmatiga oid ishlarga haftasiga to‘rt soatgacha jalb qilinishi mumkin. Voyaga yetmaganlar jazoni o‘tash tartibini buzgan hollarda ogohlantirish, hayfsan, yetti sutkagacha karserga kiritib qo‘yish, har kungi sayrni bekor qilish kabi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. Jinoyat kodesi 84-moddasiga muvofiq qamoq jinoyat sodir qilish vaqtida o‘n olti yoshga to‘lmagan, lekin hukm chiqarish vaqtida o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Bu jazo turining asosiy xususiyatlaridan biri shaxsni yangi jinoyat sodir etishini oldindani olishdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra sudlar voyaga yetmaganlarga nisbatan 1999 yilda o‘n uchta, 2000-yilning to‘qqiz oyi davomida esa o‘n marta qamoq jazosi qo‘llanilgan 1 . NOTA BENE! Ozodlikdan mahrum qilish voyaga yetmagan mahkumni sudning hukmida belgilangan muddatga shu jazoni maxsus o‘tash joylariga joylashtirib majburiy tarzda jamiyatdan ajratishdan iboratdir. 1 O’zbekistan Respublikasi Oliy sudi Plenumining ” Voyaga yetmaganlar jinoyati haqidagi sud amaliyoti to’g’risidagi”gi 2000-yil 15-sentabrdagi qarori. 475 Voyata yetmay turib, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasida jazo tayinlanmaydi. Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi 2000-yilning birinchi yarmida voyaga yetmaganlarga nisbatan 404 ta holatda qo‘llanilgan bo‘lib, bu umumiy sudlanganlarning 34,9 foizini tashkil qiladi. 1999-yilnng birichi yarmida esa ozodlikdan mahrum qilish jazosi 413 ta holatda qo‘llanilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy sudlanganlarning 37,3 foizini tashkil qilgan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling