Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOIY


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

20-BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOIY 
JAVOBGARLIGI XUSUSIYATLARI 
 
1. 
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy 
qoidalari 
Insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqib, O‘zbekiston 
Respuplikasi Jinoyat kodeksi oltinchi bo‘limi XV-XVIboblarida 
“Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari»ni belgilangan. Bu 
boblarda voyaga yetmaganlarga nisbatan tayingilanadigan jazo tizimi, jazo 
tayilash qoidalari, javobgarlikdan, jazodan ozod qilish hollari aks 
ettirilgan. Bizga ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligini oldindani olish va unga qarshi kurashishga yetarli darajada 
(ba’zi kamchiliklarini e’tiborga olmagan holda) e’tibor berilgan bo‘lsa 
ham, ammo Jinoyat qonunidagi bunday jinoyatchilikning oldindani olishga 
qaratilgan normalar shu vaqtgacha biror marta ham tizimlashtirilgan holda, 
hozirgi kodeksimizdagidek, alohida bir bo‘limda berilmagan edi. Unda 
ko‘rsatilgan normalar jinoiy javobgarlikning umumiy qoidalarini o‘z 
ichiga olishi bilan birga, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir 
etilganda ularga nisbatan jazo turlarining ancha takomillashganligi, sud 
ularga jazo tayinlashda o‘smirning ruhiy rivojlanganlik darajasi, turmush 
sharoiti va tarbiyasini, sog‘ligini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta 
yoshdagi kishilar va vaziyatning jinoyat sodir etilishidagi o‘rnini e’tiborga 
olib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishda unga nisbatan davlatimiz 
tomonidan beriladigan bir qancha yengilliklarda ifodalanishi 
ko‘rsatilganki, bunday holatlar kodeksning 7-moddasida ko‘rsatilgan 
insonparvarlik prinsipining amalda qo‘llanilayotganligiga misol bo‘ladi. 
Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinganida, davlat 
tomonidan ularning bu qilmishiga beriladigan jazoning kattalarga 
beriladigan jazoga nisbatan ancha yumshoqligi qadimgi quldorlik 
davlatlariga ham xos bo‘lganligini Rim davlatining “XII jadval 
qonunlari”da ham uchratamiz. 
1
Amaliyot xodimlari va olimlar o‘rtasida ko‘p yillardan beri voyaga 
yetmaganlarning javobgarligini qonunda alohida ajratib ko‘rsatilishi 
zarurligi to‘g‘risida turli fikrlar mavjud bo‘lib, bu masala 1994-yil qabul 
qilingan Jinoyat kodeksida o‘z aksini topdi. Voyaga yetmaganlarning 
javobgarligi xususida jinoyat huquqi fanida turli fikrlar bildirilgan bo‘lib, 
1
Хрестоматия по истории государства и права зарубежных Стран. Под. ред. З.К. Черниловского. М, 
1984. 49-50-бетлар 


466
aybdor shaxsning ahamiyati sodir etilgan jinoyatning xususiyati va 
ijtimoiy xavfliligi darajasidan kam emasligi ta’kidlanadi.
Jinoyat kodeksi 17-moddasi, 5-qismiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga 
to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga asosan va 
Jinoyat kodesining oltinchi bo‘limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga 
olingan holda javobgarlikka tortiladilar. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 163 ta normasida voyaga yetmaganlar 
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling