Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Mahkumning belgilangan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Mahkumning belgilangan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib 
qoida talablarini bajarishi deganda, uning mehnat faoliyati, tartibni 
buzgan yoki buzmaganligi, ichki tartib qoidalarni buzuvchilarga qarshi 
kurash va umuman, jamoat faoliyatida faol ishtirok etganligi tushiniladi.
Mehnatga halol munosabat esa hammadan ilgari mahkumning 
jazoni o‘tash muassasalarida tashkil etilgan mehnat faoliyatida o‘z xohishi 
bilan faol ishtirok etishi bilan belgilanadi. Bunday munosabat 
mahkumning ishlab chiqarishda, qishloq xo‘jaligida, xo‘jalik ishida, 
koloniya xuddudidagi obodonchilik ishida va boshqa turli ijtimoiy foydali 
ishlarni halol bajarishida ifodalanadi. Mehnatga halol munosabati 
shuningdek,, mahkumning ma’lum xunar o‘rganishi, o‘z malakasini 
oshirishga, shuningdek, ratsionalizatorlik, kashfiyotchilikka intilishi, 
mehnat musobaqalarida qatnashishi va ish tajribalarini boshqalarga 
o‘rgatishi bilan xususiyatlanadi.
Mahkumning tuzalganligi masalasini hal qilishda uning jamiyat 
xayotiga munosabati, yetkazilgan zararni tezroq qoplash uchun harakat 
qilishi ham e’tiborga olinadi. Bu jinoyatning xususiyati va mahkumning 
shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Intizomiy qismga jo‘natish jazosiga mahkum qilinganlar, agar yaxshi 
xulq atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati 
uchun sud tomonidan tayinlangan jazo muddatini uchdan bir qismini 
o‘tagandan so‘ng intizomiy qism komandirining buyrug‘i bilan axloqan 
tuzalayotganlar qatoriga qo‘shiladi va umumiy jazo muddatining kamida 
yarmini o‘tagandan so‘ng jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishga 
taqdim etilishi mumkin.
1
Yuqorida belgilangan jazo muddatini o‘tab bo‘lgandan so‘ng 
mahkumlar bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki 
organ ma’muriyati uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod 
qilishga taqdim etish haqidagi masalani ko‘rib chiqishi va bu haqda qaror 
chiqarishi lozim. Ma’muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli 
ozod qilishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning 
advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat 
birlashmasi, jamoa, mahkumning o‘zi yoki uning himoyachisi 
iltimosnomasiga ko‘ra sud tomonidan amalga oshiriladi. 
2
1
O’z R Jinoyat ijroiya kodeksi 157-modda, 3-qism, 1997 yil 25 арrеl кuni qabul qilingan. 
2
O’z R Jinoyat ijroiya kodeksi 164-modda, 1997 yil 25 арrеl кuni qabul qilingan. 


439
Agar sud muddatidan ilgari shartli ozod qilishni rad etsa, bu haqda 
ajrim chiqqan kundan boshlab olti oy o‘tgandan keyin taqdimnoma 
takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin. 
Agar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish to‘g‘risidagi 
taqdimnoma alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalliklaridan 
majburiy davolanish qo‘llanilgan muxkumlarga nisbatan berilganda, sud 
mazkur ishni ko‘rib chiqishda bunday shaxslarga nisbatan tayinlangan 
davolash kursining o‘talganligini aniqlashi zarur. 
Qonunda belgilangan darajada shaxsning axloqan tuzalganligiga 
ishonch xosil qilgan sud qonunda ko‘rsatilmagan motivlarga ko‘ra uni 
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari masalan, sud belgilagan jazoning 
yengilligi, sodir etilgan jinoyatlarning ko‘pligi, jazoni o‘tashda qisqa 
muddatda bo‘lganligi va xokazolarni ro‘kach qilib shartli ozod qilishga 
monelik qilishga xaqli emas.
Jazodan shartli ozod qilish masalasi, hukm chiqarish vaqtida amalda 
bo‘lgan jinoyat qonuni bilan emas, balki, ushbu masala ko‘rilayotgan 
vaqtda amalda bo‘lgan jinoyat qonuni asosida hal qilinadi. 
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasini 
ko‘rayotganda sud jazoning o‘talmay qolgan qismini almashtirishga yoki 
qisqartirishga xaqli emas. Sud mahkumni ozod qilishi yoki ozod qilishni 
rad etishi mumkin. Zarur hollarda bu masalani kerakli ma’lumotlar olish 
uchuun keyinga qoldirishi ham mumkin.
Ayrim shaxslarga nisbatan ushbu jazodan ozod qilish turi 
qo‘llanilmaydi. Jinoyat kodeksi 73-moddasi 4-qismiga ko‘ra ushbu 
shaxslar doirasiga: 
1) o‘lim jazosi avf etish tariqasida ozodlikdan mahrum ettish 
jazosi bilan almashtirilgan shaxslar; 
2) o‘ta xavfli retsidivistlar; 
3) uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchi va 
qatnashuvchilari; 
4) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam 
o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan 
jaabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, 
jinsiy extiyojni gayritabiy ususlda qondirish, O‘zbekiston Respublikasiga 
tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil 
etish, yadroviy, kimyoviy biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in 
qurollarini, shunday qirgin qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish 
mumkinligi ayon bo‘lgan materiallar va uskunalarni , giyohvandlik 
vositalari yoki psixatrop moddalarni kontrabanda qilish, shuningdek, 


440
giyohvandlik moddalari va psixatrop moddalarni ko‘p miqdorda 
g‘ayriqonuniy ravishda sotish uchun jazoga hukm qilingan shaxslarga. 
5) jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar kiradi. 
Jinoyat kodeksi 73-moddasidan jazoni o‘tashdan muddatidan avval
shartli ozod qilish faqat asosiy jazolarga nisbatan ko‘llanishi mumkin 
degan xulosa kelib chiqadi. kodeksda qo‘shimcha jazodan ham 
muddatidan ilgari ozod qilish mumkinligi xaqida xech qanday fikr 
berilmagan.
Shaxsning o‘talmagan muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir 
etmasligi uning jazodan uzul kesil ozod bo‘lishining sharti ekanligi 
munosabati bilan mazkur jazoning o‘talmay qolgan muddati shaxs uchun 
sinov muddati deb topiladi. Sinov muddatining hisobi tayinlangan 
jazoning xususiyatlariga bogliq ravishda amalga oshiriladi. Demak, agar 
shaxsga asosiy jazo tayinlangan bo‘lsa-yu, unga jazoni o‘tash muddatidan 
ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilganda, sinov muddati jazoning o‘talmay 
qolgan qismiga teng bo‘lishi kerak. Agar asosiy jazo bilan birga 
qo‘shimcha jazoga ham mahkum etilgan bo‘lsa, u holda sinov muddati 
ikki xil usulda hisoblanishi mumkin. Birinchisi, o‘talmay qolgan asosiy 
jazo qismi qo‘shimcha jazo muddatidan qo‘proq bo‘lganda qo‘llaniladi. 
Sinov muddati asosiy jazoning o‘talmay qolgan qismi muddatiga teng 
bo‘ladi. Ikkinchisi, qo‘shimcha jazo o‘talmay qolgan asosiy jazo qismidan 
ko‘proq bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bunday holatlarda sinov muddatini 
hisoblash uchun uning qo‘shimcha jazo muddatiga tengligidan kelib 
chiqish kerak. Sinov muddatining davom etishi jazoni o‘tashdan 
muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘gisida qaror chiqqan kundan 
boshlab hisoblanadi. 
Agar shartli ravishda ozod qilingan shaxs jazoning o‘talmay qolgan 
qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, unga nisbatan Jinoyat 
kodeksi 60-moddasiga muvofiq bir necha hukmlar yuzasidan jazo 
tayinlanadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling