Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Ishtirokchilikning har qanday shaklida jinoyat sodir etganlik
deganda, ishtirokchilik shakllari nazarda tutilgan. Ma’lumki, Jinoyat kodeksi 29-moddasi 1-qismida ishtirokchilikning kuyidagi shaklari ko‘rsatilgan: 1) oddiy ishtirokchilik, yani ikki yoki undan ortik shaxsning oldindandan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishidir. 2) murakkab ishtirokchilik, yani ikki yoki undan ortik shaxsning oldindandan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishidir. 3) uyushgan guruh, ikki yoki undan ortik shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindandan bir guruhga birlashishidir. 432 4) Jinoiy uyushma, yani ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindandan birlashishidir. Aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi, uning faol harakatlarida ifodalanib, u ikki: aybini bo‘yniga olishi va zararni ixtiyoriy ravishda qoplashdan iborat bo‘ladi. Aybini bo‘yniga olib arz qilish shaxsning bevosita o‘zi yoki boshqa shaxslar vositasida huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, ularga tayyorlangan jinoyatni yoki guruhning ijtimoiy xavfli faoliyatini bartaraf etishga, sodir etilgan jinoyatni ochish, jinoyatning boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam berish niyati xaqida xabar berishi bilan amalga oshiriladi. Shaxs chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi o‘zining qilmishi xatoligini anglaydi va uni qoralaydi. Bu o‘rinda xabarning aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar tomonidan berilganligining ahamiyati yo‘q. Xabar berish yozma, og‘zaki yoki boshqa shakllarda (telifon orqali, video yozuv, audio kassetada ovoz yozib olish orqali) amalga oshirilishi mumkin. Ushbu asosga ko‘ra jinoiy jazodan ozod qilishning shartlaridan yana biri shaxsning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ishtirok etmagan bo‘lishi lozimligidir. Jinoyat kodeksining 15-moddasida jinoyatlarning tasnifi berilgan bo‘lib, unga kura jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga ajratilgan. Agar shaxs hali bironta ham jinoyat sodir etmagan, ammo kurolli uyushgan guruhda katnishish uchun rozilik bergan va u mazkur guruhning jinoiy rejalaridan boxabar bo‘lsa, chindan ham tashkilotchilarni va qatnashchilarni topib berish va fosh qilishda ko‘maklashgan bo‘lsa, xususan, mazkur shaxslar ushlanganda guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishini oldindani olishga yordam bersa, bunday holda ham jinoiy jazodan ozod qilinishi mumkin. Demak ushbu asosga ko‘ra jazodan ozod qilish uchun ko‘yidagi belgilar mavjud bo‘lishi lozim: 1) birinchi marta jinoyat sodir etilganligi; 2) ijtimoiy xavfi kata bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilganligi; 3) aydorning aybini bo‘yniga olib, arz qilganligi; 4) yetkazilgan zararning ixtiyoriy tarzda qoplanganligi. Bu elementlarning barchasi mavjud bo‘lganida, shaxs ushbu asosga ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling