Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
5. Shartli hukm qilish 433 Shartli hukm qilish – sudning aybdorga ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki ahlok tuzatish ishlari jazolaridan biri tayinlash vaqtida ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e’tiborga olib, bu jazoning o‘tashi maqsadga muvofiq emas degan xulosaga kelsa, qonunda ko‘rsatilgan shartlar mavjud bo‘lganda aybdorga bu jazoni shartli ravishda qo‘llanmasligi xaqida qaror chiqarishidan iborat. Ko‘pchilik olimlar shartli jazo beligilashni jazodan ozod qilishning alohida bir turi deb hisoblaydilar. Ba’zilari esa shartli jazo belgilashni jazoni o‘tashning alohida bir turi deb hisoblaydilar, ba’zilari hukmni ijro etishning alohida tartibi deb ko‘rsatadilar. Ayrim mutaxassislar esa shartli jazo belgilash jazoning ijrosini kechiktirishdir, degan fikrni ilgari suradilar. Bu institutni jazodan ozod qilishning boshqa institutlari bilan taqqoslaganimizda ular o‘rtasida umumiy xususiyatlar mavjudligini ko‘ramiz. Jazodan ozod qilishning barcha holatlarida, shuningdek, shartli jazo belgilashda ham aybdor jazoni faktik jihatdan o‘tamaydi. Jazodan ozod qilishning boshqa turlari kabi shartli jazo belgilash ham umumiy ta’sir chorasi bo‘lib hisoblanadi. Shartli jazo belgilash jazodan ozod qilishning boshqa turlaridan: birinchidan, sud tomonidan shartli ravishda jazo belgilanishi; ikkinchidan, mahkumning jazodan qisman emas (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) balki, to‘liq ozod qilinishi; uchnchidan, sud mahkumning oldiga jazoning shartliligini bekor qilishi mumkin bo‘lgan muayyan talablarni qo‘yish bilan farqlanadi. Shartli hukmning yuridik tabiatini belgilash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bu – shartli hukmning moxiyatini ochib berishga, uni qo‘llash asoslarini hamda shartli hukm qilingan shaxsni sinov muddati davrida bajarishi va amal qilishi zarur bo‘lgan shartlarni belgilashga yordam beradi. Jinoyat kodeksiga muvofiq shartli jazo belgilash-o‘z tabiatiga ko‘ra aybdorni sud tomonidan tayinlangan jazoni real o‘tashdan shartli ozod qilishdir. Shartli jazo belgilashning maqsadi mahkumni sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tamasdan tuzatish va qayta tarbiyalashdan iborat. Shartli jazo belgilashda sud shaxsni ma’lum jinoyatni sodir qilishda aybli deb topadi va unga jazo tayinlaydi, lekin shuning bilan birga ishdagi holatlarni hamda aybdorning shaxsini e’tiborga olib, bu jazoni o‘tashi maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi. Shartli hukm qilishda sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, aybdorning shaxsini, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olishi lozim. 434 Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartli ravishda jazo tayinlash uchun obyektiv va subyektiv asoslar bo‘lishi lozim. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling