Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

7. Yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish. 


416
2001 yil 29 avgustda Jinoyat kodeksiga yarashganlik munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish haqidagi 66

–modda kiritildi. Unga ko‘ra 
birinchi marta Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni 
sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan 
yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilinishi mumkin. Yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi 
sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini 
tugatish uchun asos bo`ladi.
1
Yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, aybini 
bo‘yniga olib arz qilishga o‘xshaydi va xuddi shu kabi belgilarga ega. 
Ammo yarashganlikning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, bu uni aybini 
bo‘yniga olib arz qilish asosida javobgarlikdan ozod qilishdan farqlash 
imkonini beradi. Yarashganlik asosida javobgarlikdan ozod qilish zararni 
qoplash va jabrlanuvchi tomonidan ayblanuvchini kechirish asosida 
amalga oshiriladi. Aybini bo‘yniga olib arz qilishda esa, dastlabki tergov 
yoki sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ayblanuvchi va jabrlanuvchining yarashganligi qonuniy va ixtiyoriy 
bo‘lganligini belgilash uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim: 
1) jinoyat kodeksining 66
1
-moddasida ko`rsatilgan jinoyatlardan 
birining sodir etilganligi; 
2) aybini tan olishi; 
3) yetkazilgan zararning qoplanishi. 
Jinoyat kodeksi 66
1
-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birining sodir 
etilishi yarashganlikni ifodalovchi boshqa elimentlar bo‘lganda, shaxsni 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lishi mumkin. Yarashuv 
to`g`risida ish yuritish mumkin bo`lgan jinoyat tarkiblari Jinoyat 
kodeksining 66
1
-moddasida tugal keltirilgan bo`lib, uning doirasi 
kengaytirib talqin etilishi mumkin emas.
2
Улар қуйидагилар: 
JK 105-moddasining birinchi qismi (qasddan badanga o`rtacha og`ir 
shikast yetkazish), 106-moddasi (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida 
qasddan badanga og`ir yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazish), 107-moddasi 
(zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og`ir 
shikast yetkazish), 108-moddasi (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga 
qasddan og`ir shikast yetkazish), 109-moddasi (qasddan badanga yengil 
1
Oliy Sudi Plenumi qarori «Yarashuv to`g`risidagi ishlar bo`yicha sud amaliyoti haqida» 2002 yil 25 oktabr 
№27 
2
Oliy Sudi Plenumi qarori «Yarashuv to`g`risidagi ishlar bo`yicha sud amaliyoti haqida» 2002 yil 25 oktabr 
№27 


417
shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismi (qiynash), 111-
moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast 
yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari (tanosil 
kasalligini tarqatish), 115-moddasi (ayolni o`z homilasini sun'iy ravishda 
tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari 
(kasb yuzasidan o`z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-
moddasining birinchi qismi (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining 
birinchi qismi (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasi 
(voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy 
ta'minlashdan bo`yin tovlash), 123-moddasi (ota-onani moddiy 
ta'minlashdan bo`yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismi 
(farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasi (ayolni erga tegishga 
majbur qilish yoki uning erga tegishiga to`sqinlik qilish), 139-moddasining 
birinchi va ikkinchi qismlari (tuhmat), 140-moddasining birinchi va 
ikkinchi qismlari (haqorat qilish), 149-moddasi (mualliflik yoki 
ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismi 
(o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining 
birinchi qismi (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismi (o`g`rilik), 
170-moddasining birinchi qismi hamda ikkinchi qismining "b" va "v" 
bandlari (aldash yoki ishonchni suiiste'mol kilish yo`li bilan mulkiy zarar 
yetkazish), 172-moddasi (mulkni qo`riqlashga vijdonsiz munosabatda 
bulish), 173-moddasining birinchi qismi (mulkni qasddan nobud qilish 
yoki unga zarar yetkazish), 185
2
-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, 
vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 192-moddasi 
(raqobatchini obro`sizlantirish), 260-moddasining birinchi qismi (temir 
yo`l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan 
foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi 
qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi 
qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismi (transportning xavfsiz 
ishlashini ta'minlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi 
qismi (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini 
buzish).
Ushbu moddada ko‘rsatilgan jinoyatlar uncha og‘ir bo‘lmagan va 
ijtismoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga kiradi. Oliy sud 
yarashish jarayoni nafaqat 66
1
-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlar sodir 
etilganida, balki, boshqa moddalarga nisbatan ham yarashish munosabati 
bilan javobgarlikdan ozod qilishni qo‘llash mumkinligini belgilaydi. 
Ammo bu holda ushbu asosni qo‘llash huquqi javbrlanuvchi va 


418
ayblanuvchiga emas, balki, sudga tegishlidir. Oliy sud sudlar tomonidan 
yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish ijtimoiy xavfi 
katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etilganlarga nisbatan qo‘llash maqsadga 
muvofiqliligiga e’tibor berilishi lozimligini, albatta Jinoyat kodeksiningi 
65-66 moddalarida yoxud 70-71-moddalridaga asosan javobgarlikdan ozod 
qilish masalasini muhokama qilinishi lozimligini belgilaydi.
1
Yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishning yana 
bir sharti shaxs tomonidan birinchi marta jinoyat sodir etilganligidir. 
Birinchi marta jinoyat sodir etish bu shaxsning sudlanganlik holatiga ega 
emasligi, sud yoki tergovdan yashirinmaganligini bildiradi.
Yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish 
jabrlanuvchining aybdorin kechirishi va o‘zining talabidan kechishi 
hamdir. 
Bu moddani qo‘llashda yarashish xaqidagi tashabbusning kimdan 
chiqqanligini (ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi) ahamiyati yo‘q. Asosiysi 
jabrlanuvchining ayblanuvchi bilan yarashganligi (zararni qoplaganligi 
tufayli uni kechirganligi) xaqidagi rasmiy tartibda murojaat qilganligidir. 
Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan og`ir yoki o`ta 
og`ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan 
yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ozod qilinmaydi.
O‘zbekiston Respulikasi Jinoyat protsessual kodeksining 62-bobida 
yarashuv to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning maxsus tartibi belgilangan 
bo‘lib, yarashuv to‘g‘risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy davogar) 
yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, 
shuningdek, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud 
maslaxatxonasiga kirmasdan oldindan berilishi mumkin. Arizada 
yetkazilgan ziyon bartaraf etilganligi, shuningdek, yarashganligi 
munosabati bilan jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi 
iltimos bo‘lishi shart. Yarashuv bitimi bo‘yicha jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilingandan so‘ng bu jinoyat bo‘yicha qaytadan jinoiy ish yuritish mumkin 
emas. 
Jinoyat kodeksining 66

–moddasini yarashganlik tufayli 
javobgarlikdan ozod qilishni majburiyat qilib belgilamay, balki, huquq 
sifatida belgilaydi. Bunda yarashganlik faktidan tashqari qilmishning 
ijtimoiy xavfliligini va jinoyat sodir etgan shaxsni javobarlikdan ozod 
qilishning maqsadga muvofiqligini ifodalovchi obyektiv va subyektiv 
omillar hisobga olinishi lozim. Bunday holatlarga faktik ma’lumotlar, 
1
Oliy Sud Plenumi Qarorlari «Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan ayrim Oliy Sud Plenumi 
Qarorlariga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi» 2002 yil 14 iyun №10 


419
ayblanuvchining shaxsiy xususiyatlari va yarashishning maqsadini kiritish 
mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001 yil 2 noyabrdagi 
«Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
xaqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini sud amaliyotida qo‘llash 
xaqidagi qarorida Jinoyat kodeksining 66
1
–moddasida nazarda tutilgan 
jinoyatlarni sodir etgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish uchun ayni 
vaqtda uchta holat: o`z aybiga iqrorligi; jabrlanuvchi bilan yarashganligi 
va yetkazilgan zararni qoplaganligi talab etilishi belgilangan.
Plenum qarorida yetkazilgan zarar qoplanmagan bo‘lsada, 
jabrlanuvchinining zararni qoplash talablaridan voz kechganligi ham 
kodeksning 66
1
–moddasini qo‘llashga asos bo‘lishini e’tiborga olish 
lozimligi belgilangan. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling