Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
6. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstutitsiyasining 79- va 93moddalarida qayd etilganidek, amnistiya akti asosida javobgarlikdan va jazodan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan senat vakolatlariga kiradi. Ba’zi davlatlarda amnistiya davlatning oliy qonun chiqaruvchi organiga tegishlidir. Masalan, Rossiyada Davlat Dumasi amnistiya chiqarish vakolatiga ega. Amnistiya normativ xususiyatdagi akt bo‘lib, u muayyan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutatidigan jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmining qarorlarining asosli va qonuniyligini shubxa ostiga qo‘ymasdan, jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, jazoni yengil jazo bilan almashtiradi, yoxud belgilangan muddatlarni qisqartiradi, shuningdek, sudlanganlikni bekor qiladi. Amnistiya o‘z ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra muayyan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ayrim toifalarigagina taalluqlidir. Sudning ayblov hukmiga doir qarori chiqarilmagan va amnistiya kuchga kirguniga qadar jinoyat sodir etilgan jinoyat ishlariga va shaxslar toifasiga taaluqli bo‘ladi. Sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazolov funksiyasini yo‘qotmagan holda, amnistiya akti jazoni qisman yoki to‘liq bekor qiladi, boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtiradi yoxud qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida amnistiyaning jinoyat huquqiy tushunchasi ikkita vaziyatni o‘z ichiga oladi: hali sud tomonidan jinoyat ishi ko‘rilmagan shaxslarning javobgarligi masalasi va jazo masalalari. Amnistiya huquqiy oqibatlariga ko‘ra boshqa jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turlariga muvofiq keladi. Amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda insonparvarlik prinsipi o‘z ifodasini topgan. 415 Alohida shaxsni javobgarlikdan ozod qiluvchi akt-avf etishdan farqli ravishda, amnistiya normativ harekterga ega: u har doim muayan doiradagi jinoyatlarga, yoki bir guruh shaxslarga yoxud o‘zaro demografik, ijtimoiy, jinoiy, yoshga oid huquqiy yoxud boshqa belgilariga ko‘ra farqlanmaydigan bir guruh shaxslarga tegishli bo‘lib, individual xususiyatga ega bo‘lmaydi. Bu doira turli: jinoyat tarkibi yoki jinoyatning tasnifi, jinoyat subyektning belgilariga ko‘ra aniq ko‘rsatiladi. Odatda amnistiya aktlari birinchi navbatda voyaga yetmaganlar, qariyalar, shuningdek, ayollar, homilador ayollarga, shuningdek,, boshqa belgilar: jinoyatning xususiyatli va og‘irlik darajasi (ehtiyotsizlikdan sodir etilga, qasddan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar) ko‘ra qo‘llaniladi. Ammo boshqa, ijtimoiy-siyosiy asoslarga ko‘ra ham amnistiya aktlari qabul qilingan bo‘lib, ularning doirasi ananaviy tartibda emas, balki alohida tartibda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 dekabrdagi O‘zekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n bir yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi Farmonida birinchi marta jinoyat sodir etgan ayollar, jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar, mazkur farmon kuchga kurgunga qadar 60 yoshga to‘lgan erkaklar, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat ishlari bo‘yicha olib borilayotgan tergov ishlari, sudda ko‘rilmagan ishlar tugatilishi belgilangan. Umumiy qoidaga ko‘ra amnistiya akti u chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tadbiq etiladi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, amnistiya akti, agar jinoyatni tashkil etuvchi barcha harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar (chiqqan vaqti, qonuniy kuchga kirgan vaqti) amalga oshirilgan bo‘lsa tadbiq etiladi. Davomli jinoyatlarda ham amnistiya akti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu akt oxirgi jinoyat amnistiya akti chiqarilgunga qadar sodir etilib, agar bu amnistiya aktida maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsa qo‘llaniladi, agar jinoiy harakatlardan biri amnistiya akti chiqarilganidan yoki qonuniy kuchga kirganidan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa tadbiq etilmaydi. Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish davlat tomonidan uning jinoyatini emas, balki shaxsning kechirilishidir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling