Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlgi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharoitning o‘zgarishi deganda
3. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlgi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish. Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish yoki jinoyat sodir etgan shaxs o‘zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Bu normada ikita mustaqil, lekin ma’no va mazmun jihatdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda bir- biriga yaqin bo‘lgan asoslar ko‘rsatilgan: sharoit o‘zgarganligi tufayli qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi va sharoitning o‘zgarishi bilan shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi. Bu ikki asos mavjud bo‘lishi uchun ish tergov qilish yoki sudda ko‘rilishi jarayonida obyektiv holatning shunday o‘zgarishi tushiniladiki, bu holat natijasida shaxs yoki sodir etilgan qilmish yohud ikkisi ham bir vaqtning o‘zida ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi. Shu bilan bir qatorda bu jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikki turining tabiati va aniq asosi bir xil emas. Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi uchun ikkita asos bo‘lishi lozim: a) sharoitning o‘zgarishi b) mazkur o‘zgarish qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishiga olib kelishi. 410 Sharoitning o‘zgarishi deganda, obyektiv voqeilikning o‘zgarishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda o‘zinig ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi tushiniladi. Odatda obyektiv holatning o‘zgarishi nafaqat mavjud ijtimoiy xavfli qilmishning, balki, shu turdagi ijtimoiy xavfli qilmishlarning ham ijtimoiy xavfliligi yo‘qotilishiga olib keladi. Ayni vaqtda sharoitning o‘zgarishi butun davlat miqyosida (umumiy), shuningdek, mu’lum bir hududda (lokal) ham bo‘lishi mumkin. Bu shart– sharoitning o‘zgarishi aybdor shaxsning xohish irodasidan tashqarida sodir bo‘lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman va xakozolar aholisiga, xodimi va ishchilariga taaluqli bo‘lishidir. Masalan, g‘ayriqonuniy ravishda taqiqilangan joyda baliq ovlash ijtimoiy xavfli hisoblanib, Jinoyat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Agar baliqlarning ko‘payib ketishi yoki hayvonot olamining qirilib ketishi natijasida ov qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa bunday harakat jinoyat hisoblanmaydi. Bu o‘zgarishlar uncha ko‘p uchramaydi va bu asosga ko‘ra jazvobgarlikdan ozod qilish istisno qiluvchi xususiyatga ega. Bu holatning o‘zgarishi bevosita jinoyat tushunchasi bilan bog‘liq, bundan ikkita xulosa kelib chiqadi: 1) bunday holatda javobgarlikdan ozod qilish fakultativ emas, balki, majburiydir; 2) bu sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga va ayblanuvchining shaxsiga bog‘liq bo‘lmaydi. Jinoyat-huquqiy adabiyotlarda boshqa fikrlar ham mavjud bo‘lib, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslargina jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi 1 Yuqorida qayd etilganlardan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning birinchisida obyektiv holatning shunday o‘zgarganligi tushuniladiki, buning oqibatida oldindangi ijtimoiy xavfli va jinoiy jazoga sazovor qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi, ya’ni qilmishning jinoiyligini yo‘qotishi, qilmishga nisbatan yangi obyektiv sharoitda ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanishi mumkinligini istisno etmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling