Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
surishtiruv, tergov va prokratura organlari
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
surishtiruv, tergov va prokratura organlari tomonidan jinoiy ishni
dastlabki tergov jarayonida yoki shaxs jinoyat protsessi ishtirokchisi bo‘lmay turib, ya’ni jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldindan ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan ozod qilish esa faqat sud qarori bilan (jinoiy jazodan ozod qilib sudning hukmi, jinoyat ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim yoki qaror) chiqarish bilan amalga oshiriladi. Aynan bir asos ishning qaysi bosqichda ko‘rilayotganligiga qarab jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo‘lib, u shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan, sud hukmi chiqarilganidan so‘ng esa asosiy va qo‘shimcha jozodan ozod qilish uchun tadbiq etiladi. Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko‘rsatilgan: 1) javobgarlikka tortish muddatining o‘tib kketganligi munosabati bilan jinoiy javobgarikdan ozod qilish (64-modda); 2) qilmish yoki shaxs ijtiomoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (65- modda); 3) aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-modda); 403 4) yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (66 1 modda) 5) kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish ( 67-modda); 6) amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (68-modda); 7) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo‘llagan holatda javobgarlikdan ozod qilish (88-modda). Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqiy jihatdan jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etilgan qilmishning barcha huquqiy oqibatlari: sud hukmi asosida davlat tomonidan tayinlanadigan va shaxsni rasmiy tarzda jinoyatchi deb topadigan ta’sir chorasidan, jazodan va sudlanganlikdan ozod qiladi. Shuningdek,, bu institutning qo‘llanilishi barcha turdagi jinoyat protsessual majburlov va ehtiyot choralarini bekor qiladi: Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shaxsning aybsizligini anglatmaydi va uni fuqarolik-huquqiy masalan, sodir etgan qilmishi uchun mulkiy javobgarlikni qo‘llash, shuningdek, ma’muriy, intizomiy ta’sir choralaridan ozod qilmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling