Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan qilmish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- qo‘llanish asosiga ko‘ra .
- subyektiga ko‘ra
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan qilmish, deganda qasddan sodir
etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar tushuniladi. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga esa qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Masalan zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksi 100-modda), kuchli ruhiy xayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (Jinoyat kodeksi 106-modda). Jinoyat kodeksining 65-67-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilishda jinoyatning tasnifidan tashqari boshqa holatlar, yetkazilgan zararning xususiyati, aybdorning shaxsi va ijtimoiy xavflilik darajasi ham e’tiborga olinishi lozim, bundan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish maqsadga muvofiqliligi kelib chiqadi. Bunday holatlarga: jinoyat tufayli yetkazilgan zararning aniq miqdori va uni qoplanganligi haqidagi rasmiy ma’lumotlar, Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan jismoniy va ma’naviy zararning qoplanganligi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi ko‘rilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, boshqa ma’lumotlar (oilaviy ahvoli, nima bilan shug‘ullanishi va boshqalar) kiradi. Jinoyat protsessual qonunchiligida belgilangan dalilar va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shartlari aniqlangan bo‘lishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turidan farqli ravishda, kasaligi tufayli yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi, javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi, shuningdek,, amnistiya akti bilan javobgarlikdan ozod qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq bir turi 402 ko‘rsatilmagan. Bunday ozod qilish ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan shaxs bilan bir qatorda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Ikkinchi farqi shundaki, javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi bilan yoki amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish jinoiy ishni ko‘rayotgan surishtiruv organlari, prokratura va sud uchun qonunda belgilangan holatlar aniqlangan vaqtdan boshlab majburiy hisoblanadi. Jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi: Birinchidan, qo‘llanish asosiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish umumiy qoida bo‘yicha faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilsa, jinoiy jazodan ozod qilishda jinoyatning tasnifi (og‘irlilik darajasi)ga qat’iy bog‘liq emas. Ikkinchidan, subyektiga ko‘ra,-jinoyat protsessi ishtirokchisi tomonidan jinoiy javobgarlikdan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan esa faqat mahkum shuningdek,, sud hukmi e’lon qilingan shaxs ozod qilinishi mumkin. Jinoiy javobgarlikdan shaxs nafaqat sud tomonidan, balki, Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling