Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
5. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash Huquqiy davlat qurishda, avvalo, qonunlarga tayangan holda insonparvarlik va odillik tamoyillari asosida odil sudlovni amalga oshirish lozimdir. mazkur tamoyillarga to‘liq rioya qilish jinoyat qonuni talablari og‘ishmay bajarilishini taqazo etiladi. Jinoyat qonunida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash instituti mavjud bo‘lib bu norma talablariga rioya qilmaslik yuqoridagi tamoyillarning buzilishiga olib keladi. Ushbu qoida buzilishini bartaraf qilishda ko‘maklashish maqsadida bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashga oid qoidalarni qisman bo‘lsada yoritib berishni lozim deb topdik. Jinoyat kodeksi 59-moddasiga binoan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashni quyidagi tartibda amalga oshirish nazarda tutilgan: Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo`lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo`lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so`ngra tayinlangan yengilroq jazoni og`irrog`i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to`la yoki qisman qo`shish yo`li bilan jinoyatlar majmui bo`yicha jazo tayinlaydi. Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlar va uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og`irrog`i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to`la yoki qisman qo`shish yo`li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og`iri uchun nazarda tutilgan eng ko`p jazo muddatidan yoki me'yoridan ortiq bo`lmasligi lozim. Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og`ir yoki o`ta og`ir jinoyat bulsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to`la yoki qisman qo`shish yo`li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. 390 Jinoyatlar majmui bo`yicha har xil turdagi jazolarni qo`shish yo`li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og`irroq turi uzil-kesil tayinlanadi. Jinoyatlar majmui bo`yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo`shimcha jazolarni ham qo`shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo`shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko`p muddatdan ortiq bo`lmasligi lozim. Agar ish bo`yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo`yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o`sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo`yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o`talgan qismi qo`shiladi. Yuqoridagi jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 1) jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganda; 2) shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo‘lib, ulardan bir tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, suiqasd yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya qilinganda; 3) ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganida. Jinoyatlar majmui tariqasida aybdorga jazo tayinlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda sud Jinoyat kodeksining 54- moddasida belgilangan jazo tayinlash qoidalarini qo‘llagan holda aybdor sodir etgan har qaysi jinoyatga aloxida jazo tayinlaydi. Bunda sud har kaysi jinoyat uchun aloxida aloxida asosiy jazoni tayinlaydi va agar zarur bo‘lsa har bir jinoyatning xususiyatiga qarab qo‘shimcha jazo tayinlaydi. Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi har qaysi jinoyat uchun aloxida jazo tayinlash Jinoyat kodeksining 59-moddasining muhim talabidir va undan chetga chiqishga yo‘l quyilmaydi ushbu qoidaning jazo tayinlashdagi ijobiy xususiyatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: a) jinoyatlar majmuiga kiruvchi aloxida jinoyatlar uchun amnistiya va avf etishni ancha yengillashtiradi; b) bunday jinoyatlar kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilganda har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlarini e’tiborga olishda; 391 v) ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga nisbatan jazoni o‘tash kaloniyasi rejimi turini belgilashda , shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi. Agar sud aybdorga jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 57- moddasini qo‘llashni zarur deb topsa, bu masalani birinchi bosqichda, ya’ni har kaysi jinoyat uchun alohida jazo tayinlashda hal qilishi lozim. Ikkinchi bosqichda sud tegishli jazo turini belgilovchi Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarida belgilangan doirada ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan aybdorga u sodir etgan barcha jinoyatlar jami uchun jazo tayinlaydi, masalan , aybdor ikkita jinoyatni sodir etib, sud bir jinoyat uchun bir yil, ikkinchi jinoyat uchun ikki yil muddatga axloq tuzatish ishiga hukm qilib ish haqidan 20 foizdan ushlab kolishni belgilagan bo‘lsa, jinoyatlarning har biri uchun tayinlangan muddatlarni qisman kushib, jinoyatlar jami tarikasida ikki yarim yil, tula kushish yo‘li bilan uch yil muddatga axloq tuzatish ishiga hukm qilishi va ish haqidan 20 foiz ushlab qolishni tayinlaydi. Chunki Jinoyat kodeksining 46-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan axlok tuzatish ishlari uch yildan ortik muddatga tayinlanishi mumkin emas. Masalan, sodir etilgan ikkita jinoyatdan biri uchun sud aybdorga uning ish haqidan 15 foizini ushlab kolish bilan bir yil axlok tuzatish ishlarini, boshqa jinoyat uchun ham ish haqidan 25 foizini ushlab kolish bilan bir yil axlok tuzatish ishlari tayinlangan. Jinoyatlar majmui tarikasida sud aybdorga ish joyi bo‘yicha ish haqidan 25 foizini , yana bir yil davomida 15 foizini davlat foydasiga ushlab kolish bilan ikki yil axlok tuzatish ishlari tayinlagan. Agar jinoyatlar 18 yoshga tulmagan , voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa jarima, axlok tuzatish ishlari va kamoq turdagi jazolar Jinoyat kodeksining 82-83-84- moddalarida belgilangan doirada kushiladi. Shaxsning sodir etgan jinoyatlari uchun sud aybdorga har xil turdagi jazolarni tayinlashi ham mumkin. Masalan, bitta jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish , boshqasi uchun axlok tuzatish ishlari kamoq yoki jarima va boshqa jazolar. Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi ayrim jinoyatlar uchun turli xil jazolarni kushish masalasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2 qismida yoritib berilgan. Qonunga binoan sud mazmuniga ko‘ra jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlar uchun jazolarni tula yoki qisman kushish masalasini qonunda belgilangan jazo tayinlash talablarini hisobga olgan holda o‘z ixtiyori bilan hal qiladi. Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3 qismida «jinoyatlar jami tarikasida tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun 392 tayinlangan kushimcha jazolarni ham kushib tayinlash mumkin», - deyilgan. Jinoyatlar majmuiga kiruvchi ayrim jinoyatlar uchun kushimcha jazolar dastlab asossiz ravishda tayinlangan bo‘lsa yukori turuvchi sudlar keyingi instansiya tartibida jinoyat ishlarini ko‘rishda ularni hukmdan chiqarib tashlaydi. Jinoyatlar majmui tarikaisda tayinlangan asosiy jazoga ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan bir necha turli xil kushimcha jazolarni tayinlash mumkin. Masalan, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish va muayyan huquqdan mahrum qilish. Jinoyat kodeksi 59-moddasi 4-qismida kuzda tutilgan holatlarda jazo tayinlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Yangi aniklangan jinoyat ishi uchun 59-modda talablariga ko‘ra 54- modda asosida aloxida jazo tayinlanadi; Yangi aniklangan jinoyat ish bo‘yicha tayinlangan jazoga oldindangi ishi bo‘yicha tayinlangan jazolar ko‘shiladi. Jinoyatlar jami uchun belgilangan kat’iy jazo birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas, chunki bunday holda jazolarni kushish vaqtida birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan emas balki uning to‘liq mikdoridan kelib chiqiladi. Jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlangan jazodan chegirib, keyingi ish bo‘yicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida kamoqda o‘tirgan vakti va birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo muddati chegirib tashlanadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling