Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Asosiy jazoga quyidagilar kiradi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Asosiy jazoga quyidagilar kiradi
1) jarima; 
2) axloq tuzatish ishlari;
3) xizmat bo‘yicha cheklash; 
4) qamoq; 
5) intizomiy qismga jo‘natish;
6) ozodlikdan mahrum qilish;
7) o‘lim jazosi. 
Qo‘shimcha jazoga harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish 
kiradi. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat 
kodeksi jazo tizimidan mol-mulkni musodara qilish chiqarildi. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ham asosiy jazo sifatida
ham qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanishi mumkin.
Umumiy va maxsus jazolar jazo chorasi subyektning maxsus 
belgilariga qarab qo‘llaniladi.
Umumiy jazolar, bu jinoyat subyekti belgilariga ega bo‘lgan har 
qanday shaxsga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazo tizimidir.
Maxsus jazo, qonunda qat’i belgilangan subyektlar doirasiga 
qo‘llaniladigan jazo chorasidir. Masalan, intizomiy qismga jo‘natish va 
harbiy unvondan mahrum qilish faqat harbiylarga nisbatan qo‘llaniladi.
Muayyan muddat bilan bog‘liq bo‘lmagan va muayyan muddat bilan 
bog‘liq bo‘lgan jazolar qo‘llanilayotgan jazoning xususiyatiga qarab 
ajratiladi. Muayyan muddat bilan bog‘liq jazolarga sud tomonidan 
belgilanadigan, maksimal va minimal muddatlari ko‘rsatilgan jazolar 
(ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va muayyan 
huquqdan mahrum qilish) kiradi.
Shunday jazolar ham borki, ularning ijrosi muayyan vaqt bilan 
bog‘liq bo‘lmaydi: jarima, harbiy yoki maxsus huquqdan mahrum qilish.


341
Bundan tashqari mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi 
jazolar mavjud bo‘lib, bunday jazolarga jarima jazosi misol bo‘ladi.
Mahkumlarning ayrim huquqlarini cheklovchi jazolarga muayyan 
huquqdan mahrum qilish kiradi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling