Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. JAZO TIZIMI TUSHUNCHASI VA TURLARI


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

15-BOB. JAZO TIZIMI TUSHUNCHASI VA TURLARI 
 
1. 
Jazo tizimi tushunchasi 
Jazo jinoyat huquqining muhim institutlaridan biri bo‘lishi bilan bir 
qatorda, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning asosiy shakllaridan 
hisoblanadi. Qilmishning jazoga sazovorligi jinoyat qonunini ijtimoiy 
munosabatlarga ta’sir etish vositasiga aylantiradi, huquqiy normalarni 
inson, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish mexanizmiga 
aylantiradi.
Sudning qonunni qo‘llovchi vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarga 
nisbatan aniq jazo turining sud hukmida belgilanishida namoyon bo‘ladi. 
Sud maksimal darajadagi individuallashtirilgan jazo tayinlash uchun 
Jazo tizimi 
(JK 43-moddasi) 
Asosiy jazolar 
Qo’shimcha jazolar 
Jarima
(JK 43-
modda) 
Muayyan 
huquqdan 
mahrum 
qilish 
(JK 45-
modda) 
Axloq 
tuzatish 
ishlari 
(JK 46-
modda

Xizmat 
bo’yicha 
cheklash 
(JK 47-
modda 
Harbiy yoki 
maxsus 
unvondan 
mahrum 
qilish 
(JK 52-
modda) 
Intizomiy 
qismga 
jo’natish 
(JK 49-
modda) 
Ozodlikdan 
mahrum
qilish 
(JK 50-
modda) 
O’lim jazosi 
(JK 51-
modda) 
Qamoq 
(JK 48-
modda) 


338
jinoyatning xususiyati va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligini 
e’tiborga oladi.
Jinoyat kodeksi 43-moddasida jazo tizimi berilgan bo‘lib, unda 
jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan 
qo‘llaniladigan jazo turlari ko‘rsatilgan. Jinoyat kodeksi 43-moddasida 
belgilangan jazo tizimi sodir etilgan jinoyatning og‘irligi yoki uncha xavfli 
emasligi nuqtai nazaridan jinoyat huquqi nazariyasiga muvofiq bo‘lishi 
to‘g‘risidagi fikrlarga mos keladi. Avvalgi Jinoyat kodeksidan farqli 
ravishda yangi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimi o‘zining og‘irligi nuqtai 
nazaridan yuqoridan pastga qarab emas, balki, pastdan yuqoriga qarab 
belgilangan. Jazo tizimining bunday tartibda belgilanishi o‘zida 
«insonparvarlik» prinsipini to‘la aks ettiradi.
Sud aybdorga nisbatan faqat jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazo 
turinigina qo‘llashi mumkin. Bu qonuniylik va davlatning jinoyatchilikka 
qarshi kurash siyosatini, jazolash funksiyasini amalga oshirilishini 
ta’minlaydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling