Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
 
 
4. Axloq tuzatish ishlari. 
 
Axloq tuzatish ishlari jinoiy jazo sifatida mahkumning sud hukmida 
belgilangan miqdorda ish haqidan ushlab qolgan holda majburiy mehnatga 
jalb qilishda ifodalanadi.
Bu jazo turi asosiy jazo turi hisoblanib, faqat Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismi tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan hollarda qo‘llaniladi. 
Shuningdek, axloq tuzatish ishlari quyidagi hollarda: 
1) 
axloq tuzatish ishlari yengilroq turdagi jazoni qo‘llash tartibida 
Jinoyat kodeksinining 57-moddasiga muvofiq qo‘llanishi mumkin; 
2) 
aybdor jarima jazosini ijro etishdan bo‘yin tovlagan holda, 
jazoning ijro etilmagan qismi JKning 44-moddasiga muvofiq axloq 
tuzatish ishlariga almashtirilganda; 
3) 
bu jazo turi Jinoyat kodeksining 74-moddasiga ko‘ra 
ozodlikdan mahrum etish jazosining o‘talmay qolgan qismini yengilroq 
turdagi jazo bilan almashtirilganda qo‘llaniladi. 
Axloq tuzatish ishlari jazosi o‘zida insonparvarlik prinsipini 
ifodalaydi. Mahkumga bu jazoni qo‘llash orqali u erkinligidan mahrum 
qilinmaydi, o‘z oilasida, uyidan uzilmagan holda o‘zi avval ishlagan 
muassasada (korxona, tashkilotda) ishlaydi. Bu jazoni qo‘llash orqali 
mahkumga moddiy ta’sir ko‘rsatiladi, ya’ni aybdor ish haqining muayyan 
qismi davlat foydasiga o‘tkaziladi. Shu orqali axloq tuzatish ishlarining 
quyidagi jazolash xususiyati namoyon bo‘ladi: 
birinchidan, mahkumning oldindangi o‘zi ishlagan yoki boshqa 
tashkilotda majburiy mehnat qilishi (jazoni o‘tash vaqtida mahkumning 
mehnat qilishi majburiy hisoblanadi);
ikkinchidan, yuqorida qayd etilganidek, moddiy ta’sir uning ish 
haqidan muayyan qismi davlat foydasiga ushlab qolinadi.
Ma’lumki, avvalgi Jinoyat kodeksida bu jazo turi «Ozodlikdan 
mahrum qilmasdan turib axloq tuzatish ishlari» (26-modda) deb 
nomlangan edi. Buning sababi esa 1919-yilga borib taqaladi. U vaqtlarda 
axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan birga qo‘llanar 
edi. Masalan, 1919-yilgi RSFSR Jinoyat qonunining rahbariy Asoslarining 
25-moddasida ozodlikdan mahrum qilish joylariga joylashtirmasdan axloq 
tuzatish ishlari nazarda tutilgan bo‘lsa, 1922-yilgi Jinoyat kodeksining 34-


347
moddasida ozodlikdan mahrum qilish, albatta, majburiy mehnat bilang 
bog‘lanishi lozimligi ko‘rsatilgan edi. RSFSRning 1926-yilgi Jinoyat 
kodeksidan ozodlikdan mahrum qilish 1 kundan to 10 yildan ko‘p 
bo‘lmagan muddatga va albatta, ishlash bilan bog‘liq holda tayinlanishi 
lozim deyilgan edi. Lekin o‘sha vaqtlarning o‘zida bunday tushunchaning 
yo‘q bo‘lib ketganligiga qaramasdan, «ozodlikdan mahrum qilish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan axloq tuzatish ishlari» tushunchasi hanuzgacha Jinoyat 
kodeksidan o‘rin olib kelgan edi. Yangi Jinoyat kodeksida bunday 
moddani oddiy qilib «axloq tuzatish ishlari» deb nomlangani ozodlikdan 
mahrum qilish bilan bir vaqtda axloq tuzatish ishlari ham tayinlanadi, 
degan noo‘rin shubhaga o‘rin qoldirmaydi.
Bu jinoiy jazo, ya’ni axloq tuzatish ishlarini mahkumning o‘z ish 
joyida o‘tashi mahkumning avvalgi mansabida qolishini anglatmaydi. 
Ba’zi hollarda sodir etilgan jinoyatlar mansab vakolatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bunday holda shaxs o‘z ish joyidagi boshqa vazifaga o‘tkazilishi lozim. 
Bu o‘rinda jazoning mahkum o‘zi ishlagan ish joyida o‘talishining o‘zi 
muhimdir.
Jinoyat qonunida axloq tuzatish ishlarining ikki turi ko‘rsatilgan: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling