Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
uchun jazolashdir. Jazoning bu zo‘rlov, majburlov tomoni jinoyatchini
jismoniy, mulkiy, ma’naviy va boshqa jihatlardan ma’lum darajada cheklash va mahrum qilishdir. Sud shaxsni ozodlikdan mahrum etganda, uning istagan joyda yashash huquqini chegaralashi, muayyan mansabni egallash yoki muayyan ish bilan shug‘ullanishini cheklashi mumkin. Jinoiy jazo jinoyatchining shaxsiga qaratilgan bo‘lib, hatto u javobgarlikdan qochgan vaqtda ham, undan boshqa shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi. 8) Jinoiy jazoning vazifasi faqatgina sodir etilgan qilmish uchun jazolash bo‘lmay, shuningdek,, mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash hamdir. Jinoyatchilarni tuzatish uchun tarbiyalashning alohida vositasi bo‘lgan – jinoiy jazo choralari zarurdir. Shuning bilan birgalikda kam ahamiyatli va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni sodir qilgan shaxs, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilinib, ma’muriy, intizomiy yoki jamoat ta’sir choralarini qo‘llash yo‘li bilan ham tarbiyalanadi. Jazoni o‘tash jarayonida shaxsga nisbatan qo‘llanilgan jazoning tarbiyaviy ta’siri katta bo‘ladi. Shuning uchun jazo tayinlangan hukmlarni ijro etish bilan shug‘ullanuvchi organlarning bu sohadagi faolyati katta ahamiyatga egadir. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar jinoiy jazoning boshqa majburlov choralaridan farqini ko‘rsatadi. Jinoiy jazo davlatning boshqa majburlov choralariga yaqin bo‘lib ko‘rinsa-da, lekin ulardan farq qiladi. Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha chiqariladigan sud qarori ham O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi va majburiy xususiyatga ega bo‘ladi. Lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha chiqarilgan undiruv to‘g‘risidagi qaror mulkiy yoki boshqa xususiyatdagi da’volar yuzasidan chiqariladi va u jazo hisoblanmaydi. Bu xildagi ta’sir choralari bevosita shaxsning o‘ziga qaratilmaydi va shaxs uchun sudlanganlik singari yuridik oqibat keltirib chiqarmaydi. Jinoiy jazo quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1) jinoiy jazo davlat majburlov chorasi hisoblanadi; 2) jinoiy jazo chorasi faqat sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Jazo tayinlash uchun jinoiy qilmishning sodir etilganligi asos bo‘ladi, boshqa hech qanday qilmish bo‘la olmaydi. 3) Jazo faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan tayinlanadi; 4) Jazo muayyan huquq va erkinlikni cheklashda ifodalanishi kerak; 326 5) Maxsus huhuq va erkinlikdan mahrum qilish faqat jinoyat qonunida ko‘rsatilishi mumkin. Jinoiy jazo shunday usul bilan ta’sir etish chorasiki, u muayyan sifat va miqdor xususiyatiga ega. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling