Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
-BOB. JAZO TUSHUNCHASI, MAQSADLARI VA
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE! Jazo
- Jinoiy jazo jinoyat qonunida qat’i belgilangan bo‘ladi.
- Jinoiy jazo faqat sud tomonidan tayinlanadi.
- Jinoiy jazo faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan
14-BOB. JAZO TUSHUNCHASI, MAQSADLARI VA
TURLARI 1. Jazo tushunchasi Jazo choralari jinoyatchilikka qarshi kurashda, jamiyatni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida javobgarlik belgilangan, sodir etilgan jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisidir. Jinoyat va jazo tushunchalarining o‘zaro bog‘liqliligi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo‘llaniladigan qonuniylik va ayb uchun javobgarlik prinsiplarida ifodalanadi. Jazo — sud hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan va sudlanuvchini ozodlikdan mahrum qiluvchi yoki uning huquq va erkinliklarini cheklovchi majburlov chorasidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoga: NOTA BENE! Jazo-bu jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan sud hukmi asosida qo‘llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir, deb ta’rif berilgan. Jinoyat qonunini qo‘llashda: jinoiy javobgarlik nimaga asoslanadi va nima uchun jazo tayinlanadi hamda belgilanadigan jazo chorasining miqdori nimaga bog‘liq va aybdor qanday jazolanishi kerak, degan savollarga javob topish muhimdir. Jinoyat huquqi funksiyasini amalga oshirishda jinoiy jazoning ahamiyati katta ekanligini qayd etish lozim. Ba’zi funksiyalar faqat jinoyat huquqiga xos bo‘lib, ularga: qo‘riqlovchi va ijtimoiy-majburlov funksiyalari kiradi. Jinoyat huquqi va jinoiy jazo yuqoridagi funksiyalar orqali o‘zaro bog‘liq. Jinoiy jazo ijtimoiy-majburlov, ya’ni – jinoyatni umumiy va maxsus ogohlantirish funksiyasini amalga oshiradi Jinoyat huquqida jinoiy javobgarlikdan farqli ravishda jinoiy jazo masalasi aniqroq ochib berilgan. Bu masala jinoyat huquqiga oid darsliklarda va jinoyat huquqi kurslarida to‘liq yoritilgan. A.I.Chuchayevning fikricha jinoiy jazo – bu jinoyat qonunida belgilangan va shaxsni ozodlikdan mahrum qiluvchi, uning huquq va erkinliklarini cheklovchi davlat majburlov chorasi; jazo jinoyat sodir 323 etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi, sud hukmi asosida davlat nomidan tayinlanadi. Davlat nomidan qo‘llaniladigan majburlov chorasi turlicha bo‘lib, jinoiy jazo bu majburlovning alohida shakli hisoblanadi. Bu haqda qator tarixiy ma’lumotlar mavjud. Italiyalik olim Ch. Bekkaria (1738-1794) “Jinoyat va jazolar haqida” deb nomlangan asarida(1764 yil):“Faqat qonunda sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazo belgilanishi mumkin va bunday qonunni qabul qilish vakolati qonun chiqaruvchiga beriladi. Hech qanday sudya haqiqatni buzmasdan, jinoyatning boshqa ishtirokchilariga jazo tayinlay olmaydi. Qonunda belgilanmagan jazo, ya’ni qonunda belgilangan doiradan chetga chiqqan jazo adolatsiz hisoblanadi”,-degan edi. O‘zR 1994-yilgi Jinoyat kodeksida qonuniylik prinsipidan kelib chiqib, qilmishning jinoiyligi, uning jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat qonunida belgilanishi mumkinligi mustahkamlangan. Jinoiy jazo davlatning majburlov chorasi bo‘lib, u boshqa majburlov choralaridan quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi: 1) Jinoiy jazo jinoyat qonunida qat’i belgilangan bo‘ladi. Jinoyat kodeksida sudlar uchun qat’i bo‘lgan jazo choralari belgilangan bo‘lib, sudlar jazo tayinlashda Maxsus qism normasi sanksiyasida ko‘rsatilgan doirada jazo tayinlaydilar. Sud jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga qonunda belgilangan jazonigina tayinlaydi, boshqa jazolarni davlat nomidan qo‘llanishi yoki jinoyat qonuni sanksiyalaridan chetga chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat majburlovining alohida shakli bo‘lgan jazo jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. 2) Jinoiy jazo faqat sud tomonidan tayinlanadi. Bu qoida Jinoyat kodeksining 42-moddasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksi 69-75-moddalarida belgilangan asoslarga ko‘ra jazodan ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirilishi ham faqat sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Amnistiya akti asosida yoki afv etish orqali jazodan ozod qilishda, bu aktni chiqargan organning amnistiya yoki afv etish to‘g‘risidagi normativ akti asosida ozod qilinadi. Faqat sudlar jazodan ozod qilish vakolatiga ega ekanligi JPKning 12-moddasida ham mustahkamlangan. Jinoiy jazo hisoblanmaydigan majburlov choralari davlatning boshqa vakolatli organlari yoki vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan ham qo‘llanishi mumkin. 324 3) Jinoiy jazo faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling