Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuining
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuining
quyidagi huquqiy belgilarini ajratish mumkin: a) jinoyatlar majmui bir qancha jinoyat sodir etishning shakli bo‘lib, unga ko‘ra shaxs javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir qiladi; b) sodir etilgan qilmishlar Jinoyat qonuni Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan bo‘ladi; d) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo‘lishi lozim. Yuridik adabiyotlarda esa bir qator olimlar jinoyatlar majmuini uchta belgi bilan izohlaydilar. Jumladan, V.P. Malkov quyidagilar jinoyatlar majmui uchun xos belgilar deb hisoblaydi: a) shaxs tomonidan ikki yoki undan ko‘proq jinoyatlarni sodir qilganligi; b) sodir qilingan jinoyatlar Jinoyat kodeksining kamida ikkita moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganligi; d) bu jinoyatlardan birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo‘lishi kerakligidir 1 . Bir shaxs tomonidan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishning sodir etilishi jinoyatlar majmuining asosiy huquqiy belgilaridan biri bo‘lib, u 1 В.П Малков Совокупность преступлений. Казань Стр- 72, 1974 й. 302 shaxs tomonidan sodir etilgan har bir jinoiy qilmish amaldagi Jinoyat kodeksining 14-moddasiga muvofiq, yagona mustaqil jinoyat sifatida baholanib, mustaqil ravishda alohida kvalifikatsiya qilinadi, alohida- alohida jazo tayinlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Jinoyat kodeksining 33- moddasidagi «jinoiy qilmish» tushunchasini keng tushuniladi va jinoiy qilmish deganda nafaqat tamom bo‘lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyatga suiqasd qilish (Jinoyat kodeksining 25- moddasi) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat (Jinoyat kodeksining 27-moddasi) ham nazarda tutiladi. Jinoyatlar majmuiga ta’rif berishda «javobgarlikka tortiladigan» so‘z birikmasi O‘zbekistan Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida shaxsni javobgarlikka tortish uchun monelik qiladigan holatlar belgilanganligi, jinoyat ishini tekshirish jarayonida bunday holatlar aniqlanganda, shaxs tegishli qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi, jinoyat-huquqiy oqibatlar vujudga kelmasligi nazarda tutilgan. Xulosa qilib aytganda, shaxsni jinoyatlar majmui bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi har bir qilmish yuzasidan jinoiy javobgarlik asoslari mavjud bo‘lishi va javobgarlikka tortish uchun monelik qiluvchi holatlar bo‘lmasligi kerak. Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilishi ushbu jinoyatlarning muhim huquqiy belgilaridan birini tashkil etadi. Jinoyatlar majmuining uchinchi huquqiy belgisi shundan iboratki, unga ko‘ra jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi yoki bir necha jinoyatlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmaydi, ya’ni jinoyatlar jamiga kiruvchi qilmishlarning har biri sudlangunga qadar sodir etiladi, hali sud tomonidan muhokama qilinmagan va uning yuzasidan ayblov hukmi chiqarilmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham shaxs bir vaqtning o‘zida, bir jinoyat protsessida jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi bir necha jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladi. Jinoyatlar jami deb hisoblashning yana bir muhim sharti shuki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ikkita moddasi yoki bitta moddasining turli qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarning turli vaqtlarda yoki bir vaqtning o‘zida (real va ideal jami) sodir qilinganligining ahamiyati yo‘q. Bir vaqtning o‘zida ikkita jinoyat sodir etilib, Maxsus qismning turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilingan taqdirda ham jinoyatlar majmuini tashkil qilaveradi. 303 Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlar majmuining ushbu ko‘rinishi jinoyatning ideal jami deb yuritiladi. Yuridik adabiyotlarda jinoyatlar majmui ideal jami bilan birgalikda real jami ham o‘rganiladi. Ushbu tushunchalarning ikkalasi ham bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasiga kiradi. Jinoyatlar majmui 1845- yildayoq jinoyatlarning ideal va real jamiga bo‘lingan edi, ya’ni bir vaqtda sodir etilgan qilmishlar jinoyatlarning ideal jami va «turli vaqtlarda» sodir etilgan qilmishlar jinoyatlarning real jami deb tushunilgan. Jinoyat huquqi fanining yetakchi olimlaridan biri N.S.Tagansev jinoyatlar majmuini faqat real jamidan iborat ekanligini ta’kidlagan. Uning fikricha, jinoyatlar- majmui «o‘z tabiatiga ko‘ra va qonun nuqtai nazaridan har biri alohida jinoyat bo‘lgan bir necha jinoiy qilmishlarni sodir etish»dir 1 . Jinoyatlarning ideal jamiga esa, N.S.Tagansev tomonidan yagona jinoiy faoliyat sifatida qaralib, ideal jamini bir tarkibli jinoyatlarga kiritadi. Taniqli olim N.D.Sergiyevskiyning fikricha jinoyatlarning ideal jami deganda, shunday holatni tushunish lozimki, bunda insonning harakati fikran har biri u yoki bu jinoiy harakat tarkibining tub elementlarini tashkil qiladigan ikki alohida bo‘lakka bo‘linib, bunda bir harakat bilan, bir vaqtning o‘zida ikki ta’qiqning buzilishini ifoda etadi. Hamda shunga muvofiq holda ikkita jinoiy akt sodir qilgandek ko‘rinadi. Aybini hisobga olishda esa, jazolanishi bo‘yicha yuqori bo‘lgan bitta jinoyat tarkibi nazarda tutiladi,». 2 Olima N.F.Kuznetsova esa subyektining bir harakati orqali turli obyektlarga turli xil zararning yetkazilishi jinoyatning ideal jami deyiladi, deb hisobaydi. Bu tushuncha tarkibli (murakkab aybli) jinoyatga mos keladi. Chunki shaxsning bir harakati orqali bir vaqtning o‘zida turli xil obyektlarga zarar yetkazilganda, uning qilmishi bitta jinoyat-huquqiy normani qamrab olishi ham mumkin. Albatta, bu holatlarda jinoyatning ideal jami mavjud bo‘lmaydi. V.N.Kudryavsev bu borada «jinoyatlar majmui uchun, shu narsa xususiyatliki, hech qaysi bir norma sodir qilingan qilmishlarni butunlay qamrab ololmaydi, u Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ikki yoki bir necha normalarini qo‘llagan holda, barchasi birgalikda huquqiy bahoga ega bo‘lishi mumkin», 3 degan fikrni ilgari suradi. 1 ЕН.С Таганцев “Русское уголовное право” // Т:,1990 г., Стр-132. 2 Н.Д. Сергиевский Русское уголовное право Часть общая”,1990 г., Стр- 347. 3 В.Н. Кудрявцев Теорические осноы квалификацие преступление М.1963. Стр-2 88 304 O‘z navbatida shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqida jinoyatlarning «ideal jami» atamasi o‘rniga boshqa tushunchalarni ishlatish maqsadga muvofiq ekanligi to‘grisidagi fikrlar ham mavjud bo‘lib, jumladan D.N. Mixaylov o‘z vaqtida jinoyatlarning ideal jamini «bir qilmish orqali sodir qilinadigan jinoyatlar majmui»ga, Jinoyatlarning real jamini esa, «alohida qilmishlar orqali sodir qilinadigan jinoyatlar jami»ga bo‘ladi. Bu borada V.P. Malkovning jinoyatlarning ideal va real jami kabi tushunchalarini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. O‘z navbatida prof. A.N.Traynin ham bu masalaga e’tibor berib, “jinoyatlarning ideal jami, bu – shaxsning bir harakati orqali bir necha jinoiy normalarni buzilishidir», deb yozgan edi. M.M.Isayev, N.D.Durmanovlar esa ideal jami deganda aybdorning bir harakati orqali ikki yoki bir necha jinoyat tarkibi bajarilishini nazarda tutganlar. A.A.Piontkovskiy jinoyatlarning ideal jami deganda bir necha jinoyatni nazarda tutadi. Yuqorida keltirilgan ideal jami tushunchasi to‘g’risidagi fikrlarning har birida bu masala turlicha talqin etilgani holda, deyarli barchasida ideal jami deganda, bir harakat orqali boshqa jinoyatlarning kelib chiqishi nazarda tutiladi. Bu borada A.N.Trayninning ideal jamida bir necha jinoyat-huquqdosh normalar buziladi, degan fikr yuritadi. Lekin jinoyatlarning ideal jami bir harakat orqali ikki yoki undan ortiq jinoyat qonuni normalarini buzishgina emas, balki haqiqatda ikki yoki undan ortiq, mustaqil jinoyatlarni sodir etishdan, ya’ni ikki yoki undan ortiq jinoyat tarkiblarini bajarishdan iboratdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda jinoyatlarning ideal jamiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling