Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
3. Jinoyatlar majmui uchun javobgarlik tushunchasi va uning xususiyatlari Jinoyatlar majmui jinoyat huquqining muhim va murakkab muammolaridan biri hisoblanib, bir qator munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Jinoyatlar majmui tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lib, ikki yoki undan ortiq jinoiy qilmishlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham oddiy, yagona jinoyatlarni tavsif qilishga qaraganda ularga huquqiy baho berish ancha mushkul masala hisoblanadi. Jinoyatlar majmui uchun jazo tayinlashning mazmunini ochib berishdan oldindan jinoyatlar majmui o‘zi nima ekanligini tushunib olish lozim. Jinoyat kodeksi 33-moddasining birinchi qismiga ko‘ra «Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs avval sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi», deyilgan. Ko‘pchilik huquqshunos olimlarning fikricha, ushbu institutning shakllanishi XIX asrning birinchi yarmiga to‘gri keladi. Bu o‘z navbatida 1 В.П.Малков «Совокупность преступлений » 1974 й., 15-бет, Изд. Казанского Университета. 2 Е.А.Флоров, Р.М.Галиакбаров. Множественность преступних деяий как инстут советского уголовнога право, М:.1967, Стр-6. 300 o‘sha davrda O‘rta Osiyoda hukmron bo‘lgan Rossiya imperiyasining mustamlakachilik tizimi qonunchiligi bilan bog‘liqdir. Jinoyatlar majmui tushunchasi birinchi marta Rossiya imperiyasining 1845-yildagi jazolar to‘grisidagi qonunnomada keltirilgan. Unga ko‘ra, jinoyatlar majmui aybdor tamonidan bir necha qilmishlarni bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtlarda sodir etilishi sifatida tan olinar edi. Jinoyatlar majmui tariqasida sodir etilgan jinoyat deb topish uchun shaxs birorta qilmishi uchun ham jazoga tortilmagan, umumiy va yakka tartibda afv etilmagan bo‘lishi lozim edi. Sobiq Ittifoq davrida jinoyatlar majmui turlarga bo‘linib, bu holatlar birinchi marta RSFSRning 1922- yil qabul qilingan Jinoyat kodeksida mustahkamlangan edi. Unda jinoyatlar majmui to‘grisida ikkita modda bo‘lib, ularda jinoyat majmuining turlari jinoyatlarning ideal va real jami uchun jazo mustahkamlangan edi. Ushbu kodeksning 29-moddasiga ko‘ra «Agar aybdor sodir etgan qilmishda, kodeksning turli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning belgilari mavjud bo‘lsa sud og‘irroq jazoni nazarda tutuvchi modda asosida jazo tayinlaydi». Ushbu tushuncha shaxsning harakatlari bitta modda bilan kvalifikatsiya qilinishini anglatib, qonun chiqaruvchi jinoyatlarning ideal jamini yagona jinoyat guruhiga kiritgan. Jinoyatlarning real jami deganda, qonun chiqaruvchi «sudlanuvchi tomonidan hukm chiqarilgunga qadar ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etishi»ni nazarda tutgan va ushbu holda jazo tayinlashning alohida qoidalari tadbiq etilgan. O‘z navbatida masalaga bunday yondashish uzoqqa bormadi. 1924-yilgi «SSSR va Ittifoq respublikalar jinoyat qonunchiligi Asoslari»da jinoyatlarning ideal jami va real jami bir qancha jinoyat sodir etish turlariga kiritildi va Jinoyat kodeksining 33-moddasida mustahkamlandi. «Agar shaxsning sodir etgan qilmishida bir necha jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa, shu jumladan hukm chiqarilgunga qadar shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilsa ijtimoiy ta’sir choralari eng og‘ir jazoni nazarda tutuvchi jinoyatlar miqdoridan kelib chiqqan holda tayinlanadi» deyiladi ushbu qonunda. O‘zbekiston Respublikasining 1926 yilgi Jinoyat kodeksida u quyidagicha mustahkamlangan edi: «Agar shaxsni sodir etgan qilmishida bir yoki bir necha jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa, shu jumladan hukm chiqarilgunga qadar ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa ijtimoiy ta’sir choralari hukmda har bir jinoyat uchun alohida ko‘rsatib o‘tilgan holda og‘irroq jazo belgilangan jinoyat bo‘yicha tayinlanadi», deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining 1959 yildagi Jinoyat kodeksida ham jinoyatlar majmui tushunchasi ifoda etilmagan edi. Bu esa amaliyotda bir 301 qancha jinoyatlar borasidagi muammolarni hal etishda ma’lum qiyinchiliklarga olib kelar edi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabr qabul qilingan yangi Jinoyat kodeksida jinoyatlar majmuiga oid barcha qoidalar tizimlashtirildi, ya’ni jinoyatlar majmuini tartibga solivchi umumiy qoidalar alohida modda sifatida shakllantirildi. Umumiy qoidaning maxsus normalar bilan muvofiqligi ta’minlandi. U o‘zining tabiatiga ko‘ra bir qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo‘lganligi uchun bir qancha jinoyat sodir etishni tartibga soluvchi Jinoyat kodeksining Umumiy qismi 8-bobiga kiritildi. Yangi huquqiy normalarni shakllantirishda jinoyat huquqi nazariyasida mazkur muammo yuzasidan to‘plangan tajriba va erishilgan yutuqlar inobatga olindi. Amaldagi Jinoyat kodeksining 33- moddasida ushbu masala, ya’ni jinoyatlar majmui ilk bor mustahkamlandi. Unga ko‘ra, «Maxsus qismning turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan javobagrlikka toritiladigan ikki yoki bir nechta jinoiy qilmishni sodir etish agarda ulardan birotasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa jinoyatlar majmui deb topiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling