Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Takroran jinoyat sodir qilish deganda


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Takroran jinoyat sodir qilish deganda, xuddi shunday jinoyatni 
ikkinchi, uchinchi va hokazo marta sodir qilish tushuniladi. Bunga jinoyat 
huquqi nazariyasida turli xil fikrlar bildirilgan. Xususan I.I.Gorelik 
«Uchinchi marta emas, balki faqat ikkinchi marta jinoyat sodir etilishini 
takroran jinoyat sodir qilish deb hisoblash kerak» degan fikrni bildirgan.
1
I.I.Gorelikning fikricha, bir xil jinoyatni uchinchi marta sodir 
qilinganda takroran sodir qilinmaslikka olib keladi. Takroran jinoyat sodir 
etish muammosini tadqiq qilgan ko‘pchilik olimlar ikkinchi va keyingi 
jinoyatlarni ham takroran jinoyat sodir etish deb hisoblaydilar. 
Respublikamizning amaldagi jinoyat qonunida ushbu masala o‘zining 
to‘g‘ri yechimini topgan. Unga ko‘ra shaxs aynan bir xil jinoyatni ikki 
yoki bir necha marta sodir qilganda ham takroran jinoyat sodir etish deb 
hisoblanaveradi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 32-moddasida 
mustahkamlangan talabdan kelib chiqib, takroran jinoyat sodir etishning 
quyidagi belgilarini ko‘rsatish mumkin: 
1) takroran jinoyat sodir etish bir necha jinoyat sodir etishning shakli 
bo‘lib, unga ko‘ra shaxs javobgarlikka tortiladigan aynan bir-biriga 
o‘xshash bo‘lgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir qiladi; 
2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni maxsus qismining aynan 
bir moddasida, qismida, kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa turli 
moddalarida nazarda tutilgan qilmishlarni ham qamrab oladi; 
3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs 
sudlangan bo‘lmasligi; 
4) jinoyat takroran sodir etilgan deb hisobanishi uchun ular turli 
vaqtlarda sodir qilingan va mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi.
Bir shaxs tomonidan Jinoyat qonuni maxsus qismining aynan bir 
moddasida, qismida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishning 
sodir etilishi takroran jinoyat sodir etishning asosiy jinoyat huquqiy 
belgilaridan biri bo‘lib, bunda shaxs tomonidan sodir qilingan har bir 
jinoiy qilmish amaldagi jinoyat qonuni 14-moddasiga muvofiq, yagona 
mustaqil jinoyat sifatida baholanadi. Ushbu jinoyatlar mustaqil ravishda 
alohida kvalifikatsiya qilinadi va alohida sanksiyaga ega bo‘ladi. Shuning 
1
И.И.Горелик. Квалификация преступлений опасных для жизни и здоровья. Минск 1973 год. Стр-
128. 


293
bilan birga Jinoyat kodeksi 32-moddasi 1-qismiga ko‘ra nafaqat 
tugallangan jinoyatlar, balki, tamom bo‘lmagan, ya’ni jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga suiqasd qilish, ishtirokchilikda sodir 
qilingan jinoyatlar ham takroran jinoyatlarni tashkil qilishi mumkin. 
Ammo bunda sodir etilgan barcha jinoyatlar Jinoyat kodeksining bitta 
moddasi yoki bitta moddasining bitta qismida nazarda tutilgan belgilarga 
ega bo‘lishi kerak. 
Jinoyat kodeksi 32-moddasi 1-qismida «Tamom bo‘lgan jinoyat ham, 
jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir 
etishga suiqasd qilish ham, shuningdek, ishtirokchilikda jinoyat sodir etish 
ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi,» deyilgan. 
SH. Rajabov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida 1215 shaxsning 
sodir qilgan jinoyati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, 
atigi 52 marta jinoyatga suiqasd bo‘lganligi va biror marta ham jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rganlik uchun javobgarlikka tortish hollari aniqlanmagan.
AQSH, Angliya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar jinoyat 
qonunchiligida jinoyatga tayyorganlik ko‘rganlik uchun jinoiy javobgarlik 
belgilanmagan.
Shaxs sodir etgan qilmishlarini takroran sodir etilgan jinoyat deb 
topishning shartlaridan yana biri uning takroriy jinoyatlarni tashkil 
qiluvchi jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham sudlanmaganligidir. 
Jinoyatni takroran sodir qilishning belgilari to‘g‘risida jinoyat huquqi 
fanida ba’zi hollarda hatto qarama-qarshi fikrlar ham berilgan. Ko‘pchilik 
mualliflar ikkinchi jinoyat uchun shaxs sudlangan yoki 
sudlanmaganligidan qat’i nazar takroran sodir etilgan deb hisoblash kerak, 
deb ta’kidlaydilar.
1
Bu borada N.S. Tagansev jinoyatning takrorlanishini uchta shart 
bilan izohlaydi, ya’ni ularning eng muhimi oldindangi jinoyati uchun 
jazoni o‘taganlik, ikkinchisi esa oldindangi va keyingi jinoyatlar o‘rtasida 
ma’lum bog‘liqlik (maxsus retsidiv) va uchinchisi oldindangi jinoyati 
uchun jazoni o‘tagan vaqt bilan yangi sodir qilingan jinoyat o‘rtasida 
ma’lum vaqtning o‘tganligi.
2
Xuddi shunday nuqtai nazarni professor 
A.M.Yakovlev ham ma’qullab faqat oldindangi jinoyati uchun 
sudlanganidan keyin, yangi jinoyat sodir etishni takroran jinoyat sodir 
etish deb hisoblaydi.
3
Masalaning bunday qo‘yilishini ular takroran jinoyat 
sodir qilish, yuqori darajada ijtimoiy xavfli bo‘ladi, qachonki ular jinoiy 
1
Малков В.П. Множественность преступлений М.Казань, 1982г, Стр-51 
2
Таганцев И.С. «Русское уголовное право. Часть общая». // Том-1, Санкт Петербург, 1902, 1357, 
1358. 
3
Яковлев А.М Борьба с рецидивной преступностью. М.., 1964 г. Стр26-32 


294
jazoga hukm qilingan va subyektlarga ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsagina 
takroran jinoyat sodir etish hisoblanadi degan tushunchaga asoslanadilar. 
Lekin takroran jinoyat sodir etishning o‘ta ijtimoiy xavfliligi bir necha 
holatlar bilan bog‘liq. Ko‘p hollarda qisqa vaqt ichida sodir etilgan ikki 
yoki undan ko‘p, bir xil, ayniqsa o‘xshash jinoyatlarni sodir etish va 
birinchi jinoyati uchun javobgarlikdan qutilib qolish imkonini qila 
olganlik, har xil jinoyatlarni sodir qilib, birinchisi yuzasidan sudlangan va 
jazoni o‘tab bo‘lib, ancha vaqt o‘tgandan keyin yana jinoyat sodir etishga 
nisbatan ijtimoiy xavfliroqdir.
Jinoyat kodeksining 32-moddasi 1-qismining mazmuniga ko‘ra, 
shaxs sodir qilingan jinoyatlardan birortasi uchun ham sudlanmagan 
bo‘lishi kerak, ya’ni takroran jinoyatlarni tashkil qiluvchi qilmishlarning 
har biri shaxs sudlangunga qadar sodir etilgan, sud tomonidan muhokama 
qilinmagan bo‘lishi lozim. Jinoyat kodeksining 77- moddasi 2-qismiga 
ko‘ra jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan 
boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Shunga ko‘ra agar shaxs sodir 
etgan ikki jinoyatdan biri uchun sudlanib sudlanganligi tegishli tartibda 
olib tashlanmagan, tugallanmagan bo‘lsa uning harakatini takroran jinoyat 
sodir etish deb topish mumkin emas. 
Shaxsning sodir qilgan jinoyatlarini takroran jinoyat sodir etish deb 
topishning uchinchi sharti shaxsni dastlabki sodir etgan qilmishi uchun 
javobgarlikdan ozod qilish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi kerak. Bu 
yerda javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi tufayli 
javobgarlikdan ozod qilish (64-modda), shaxs yoki qilmishning ijtimoiy 
xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilish, 
yoxud yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, 
66-moddada kasalligi tufayli javobgarlikdan, 67 va 75-moddalar amnistiya 
akti yoki afv etish asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish nazarda 
tutilgan. 
Oldindangi jinoyati uchun shartli hukm qilish qo‘llanilgan bo‘lsa, 
takroran jinoyat sodir etish deb hisoblanmaydi. Chunki shaxs O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi 8-qismiga muvofiq sinov 
muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan Jinoyat 
kodeksining 60-moddasi bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash uchun 
belgilangan qoidalarga asoslangan holda jazo tayinlaydi. Shuning uchun 
bu hol takroran jinoyat sodir etish tushunchasini istisno etadi.
Oldindangi jinoyati uchun hukm qilingan shaxs yangi jinoyat sodir 
qilsa faqat har ikki jinoyat qasddan sodir qilingan taqdirdagina 56-modda 
1-qismining «n» bandida nazarda tutilgan og‘irlashtiruvchi holatlarni 


295
tashkil etadi va ushbu holda Jinoyat kodeksi maxsus qismining «takroran 
sodir qilinsa» degan bandi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi. Chunki shaxs 
sodir etgan jinoyatini takroran sodir etish deb topish uchun, jinoyatlar 
uchun javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketmagan bo‘lib, shundan 
keyingina bir xil jinoyatni turli vaqtlarda sodir qilgandagina va ularning 
birortasi uchun sudlangan bo‘lmasa, jinoyat takroran sodir qilingan deb 
hisoblanadi.
Javobgarlikka tortish yoki tortmaslik masalasini hal qilishda 
javobgarlikka tortish muddati Jinoyat kodeksining 64-moddasida 
ko‘rsatilgan muddatdan oshib ketmagan bo‘lishi kerak. Agar jinoyatlar 
o‘rtasidagi vaqt Jinoyat kodeksining 64-moddasida nazarda tutilgan 
muddatdan oshib ketgan bo‘lsa, qilmishni takroran sodir etilgan deb 
hisoblab bo‘lmaydi va shaxs javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketmagan 
jinoyati uchungina javobgar bo‘ladi.
Agar shaxs takroran sodir qilingan jinoyat deb hisoblanishi mumkin 
bo‘lgan jinoyatlarni sodir etgan bo‘lib, bu jinoyatlardan biri hukm 
chiqarilgunga qadar, ikkinchisi esa hukm chiqarilgandan keyin aniqlangan 
bo‘lsa, takroran jinoyat sodir qilish deb hisoblashga asos bormi, degan 
savol tug‘iladi.
Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismida «agar ish bo‘yicha» 
hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan 
hukmigacha yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo 
o‘sha tartibda – jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlanadi. Bunday holatda 
jinoyatlar majmui tariqasida sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga 
birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi ham qo‘shiladi» 
deyilgan. 
Qonun mazmuniga ko‘ra jinoyatlar majmui uchun jazo tayinlashning 
ushbu qoidalari o‘z navbatida takroran jinoyat sodir etishga nisbatan ham 
qo‘llanishi mumkin. Bunday holda jinoyatlarning har ikkalasi aynan bir xil 
jinoyatlar bo‘lganligi va jinoyatlarning biri uchun sudlanmay qolishiga 
sabab huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning jinoyatning o‘z vaqtida 
fosh etilmaganligi sababli bo‘lishi mumkin.
Yuridik adabiyotlarda olimlar takroran jinoyat sodir etishni ikki 
guruhga bo‘ladilar. Jumladan, V.N Kudyavsev, B.M. Leontyev takroran 
jinoyat sodir qilishni – umumiy takroran jinoyat sodir etish va maxsus 
takroran jinoyat sodir etishga ajratadilar.
1
O‘z navbatida shuni ta’kidlash kerakki, takroran jinoyat sodir qilishni 
bunday turlarga ajratish 1959 yilda qabul qilinib, 1995 yilning 1 apreliga 
1
В.Н Кудрявцев Квалификация преступлений , М. Госюрздат 1963 г, Стр-304 


296
qadar amalda bo‘lgan Jinoyat kodeksi asosida ishlab chiqilgan edi. Jinoyat 
huquqida takroran jinoyat sodir etishni bunday turlarga bo‘linishi amaldagi 
Jinoyat kodeksiga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki umumiy takroran jinoyat sodir 
qilish deganda, turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli 
moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilish tushuniladi. Bu holat 
o‘z navbatida jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi bo‘lib 
hisobanmaydi, balki ayrim hollarda Jinoyat kodeksining 56-moddasinining 
«a» bandida ko‘rsatilganidek jazoni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lishi 
mumkin. Maxsus takroran jinoyat sodir qilish deganda, Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining bitta moddasi yoki o‘sha moddaning yoxud modda 
qismining zaruriy belgisi sifatida ko‘rsatilgan holatlar nazarda tutiladi, 
ya’ni maxsus takroran jinoyat sodir qilishda bir xil jinoyatni kamida ikki 
marta sodir qilish tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 32-moddasining 1-qismiga 
binoan alohida ko‘rsatilgan hollarda maxsus qisminning turli moddalarida 
nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir 
etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran 
jinoyat sodir etish deb topiladi. Takroran jinoyat sodir etish deb 
hisoblashning bunday qoidalari Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir 
qancha moddalarida nazarda tutilgan. Masalan, Jinoyat kodeksining 104-
moddasi 2-qismining «b» bandi, 105-moddaning 2-qismi «k» bandi, 118- 
moddaning 2-qismi «b» bandi, 164-moddaning 3-qismi «a» bandi va 
boshqa qator moddalar. 
Agar oldindan Jinoyat kodeksining 119-moddasida nazarda tutilgan, 
jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan so‘ngra 118-moddada nazarda 
tutilgan jinoyatni sodir etsa, keyingi jinoyati takroran jinoyat deb topiladi. 
F.Toxirov odam o‘ldirishdan oldindan terrorizm, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti hayotiga tajovuz qilish va hokazo jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, 
qilmish takroran odam o‘ldirish kabi baholanishi kerak deb ta’kidlaydi.
1
Takroran jinoyat sodir etishning subyekti bir shaxs bo‘lgani holda, 
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan turli xil ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazilishi mumkin. Ya’ni tajovvuz obyekti turlicha bo‘lishi mumkin. 
Obyektiv tomondan esa ushbu jinoyat aynan bir-biriga o‘xshash 
jinoyatlarni, qonunda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa turli jinoyatlarni 
sodir etishda ifodalanadi. Shu bilan birga takroran jinoyat sodir etish 
jinoyatlarni tashkil qiluvchi qilmishlarning har biri Jinoyat kodeksining 
14-moddasiga ko‘ra ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi, aybning 
1
Ф.Тохиров «Шахсга қарши жиноятларнинг юридик таҳлили» Тошкент. 2000 й 15-бет. 


297
mavjudligi, jazoga sazovorligi bilan xususiyatlanadi. Shu jumladan 
ularning barchasida yuqorida ta’kidlanganidek, jinoyat tarkibining barcha 
alomatlari bo‘ladi. Shaxs garchi har biri mustaqil bo‘lgan, lekin aynan bir-
biriga o‘xshash yuqoridagiday jinoyatlarni sodir etgani hollarida uning 
qilmishi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining «takroran sodir qilinsa» degan 
bandiga asoslanib jazo tayinlanadi. 
Bu borada takroran jinoyat sodir etishning bir qator huquqiy belgilari 
bilan birga uning subyektiv tomonidan to‘g‘ri aniqlash muhimdir. 
Takroran jinoyat sodir etishning subyektiv tomoni, shaxsning sodir qilgan 
ikki yoki undan ortiq qilmishi va ularning oqibatlariga nisbatan ruhiy 
munosabatida ifodalanadi. Ushbu jinoyatni tashkil qiluvchi jinoiy 
qilmishlar o‘z navbatida ayb shaklining yagonaligi bilan xususiyatlanadi. 
Ya’ni takroran jinoyat sodir etish deb topish uchun shaxsning sodir qilgan 
ikki yoki bir necha jinoyati aybning qasd shakliga ega bo‘lishi kerak. 
Jinoyat qonunida takroran jinoyat sodir etish deb topishning zaruriy belgisi 
sifatida 38 ga yaqin jinoyat tarkiblarida nazarda tutilgan bo‘lib, ularning 
barchasi qasddan sodir etiladigan jinoyatlardir. Qolaversa, jinoyat 
qonuniga ko‘ra ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran 
yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi jazoni og‘irlashtiruvchi holat 
sifatida (Jinoyat kodeksi 56-modda, 1-qismi, «n»bandi) qaraladi. 
Ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarda shaxsning o‘z talab va 
niyatlarini jinoyat sodir qilish orqali qondirish to‘g‘risida gap bo‘lishi 
mumkin emas. Bu jinoyatlar ko‘proq vaziyatning va shaxs harakatining u 
yoki bu variantini tanlashga jiddiy yondashishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Takroran sodir etiladigan jinoyatlarni subyektiv tomonida uni o‘z 
navbatida tashkil etuvchi har bir jinoyat qasd qilish, mustaqil ravishda 
shakllanadi. Ammo bu holatda ular o‘rtasida ichki bog‘liqlik bo‘lmaydi 
degan tushunchani anglatmaydi. Takroran jinoyat sodir etish deb topilgan 
barcha jinoyatlar bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Takroran jinoyat sodir 
etishning subyektiv tomoni uning barcha belgilari bilan o‘ziga xos huquqiy 
ahamiyatga ega bo‘lib, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va adolatli 
jazo tayinlashda muhimdir.
Takroran jinoyat sodir etish o‘z navbatida yuqoridagi belgilariga 
ko‘ra davomli, uzoqqa cho‘zilgan, retsidiv jinoyatlardan farq qiladi.
Takroran sodir etilgan jinoyatni davomli jinoyatdan farq qilish lozim. 
Davomli jinoyat tushunchasi Jinoyat kodeksi 32-moddasining 3-qismida 
ifodalangan. Bu jinoyatlar o‘rtasidagi asosiy farq sodir etilgan jinoyatning 
subyektiv tomoniga to‘g‘ri keladi, lekin obyektiv belgilari mos tushadi. 
Davomli jinoyat deganda, yagona maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan 


298
umumiy qasd doirasida birlashgan ikki va undan ortiq ijtimoiy xavfli 
harakatlar tushuniladi. Takroran jinoyat sodir etish esa doimo yangi qasd 
orqali amalga oshiriladi. Davomli jinoyatda qasdni amalga oshirish vaqti 
oralig‘ida doimo muayyan vaqt mavjud bo‘ladi. Davomli jinoyatning 
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha qilmish jinoyatlarning 
o‘zaro bog‘liqligi, har bir butunni tashkil qilishda namoyon bo‘ladigan 
barcha epizodlarning yagonaligidadir. Davomli jinoyatning boshlanishi bir 
davom etadigan jinoyatdan iborat bo‘lgan qator o‘xshash harakatlarning 
dastlabkisini sodir etishdir. Demak, davomli jinoyatlar quyidagi o‘ziga xos 
belgilarga ega bo‘ladi: 
a) bir xildagi harakatlarning majmui; 
b) barcha harakatlar aynan bitta obyektga qaratilgan bo‘ladi; 
d) ularning hammasi bitta maqsad yo‘lida birlashgan va shuning 
uchun ham bir butunlikni tashkil qiladi. 
Jinoyat kodeksining 32-moddasi 4-qismida uzoqqa cho‘zilgan jinoyat 
tushunchasi bayon etilgan, unga ko‘ra vazifalarni uzoq vaqt mobaynida 
bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil 
qilgan jinoyatlar tushuniladi. Shundan kelib chiqib uzoqqa cho‘zilgan 
jinoyat jinoiy tajovuzning muayyan vaqt davomida uzluksizligi bilan 
ta’riflanadi. Uning xususiyati muayyan harakat yoki harakatsizlikni 
amalga oshirish vaqtidan boshlab shaxsning qonunda ko‘rsatilgan 
jinoyatni tugallangan bosqichidagi o‘z majburiyatlarini bundan buyon ham 
uzluksiz bajarmasligi bilan ifodalanadi. Bunday jinoiy holat ikki: 
a) ixtiyoriy, 
b) majburiy sababga ko‘ra tugatiladi. 
Ixtiyoriylik shaxsning o‘z tashabbusi bilan harakatsizlkka chek 
qo‘yishda ifadalanadi. Majburiylik jinoyatni bajarishni bundan keyin ham 
davom ettirishga monelik qiladigan hodisaning boshlanishidan iboratdir. 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatning tamomlanishi shaxsning qonunda 
ko‘rsatilagan majburiyatlarini bajarmaslikni boshlagan vaqtdan vujudga 
keladi, bundan keyingi nisbiy muayyan vaqtda ham u mazkur talablarini 
bajarmaslikda davom etsa, bunday holatning ichki yagonaligi o‘zaro 
bog‘liqligidan tarkiblarning ko‘pligi vujudga kelmaydi.
Lekin yuqoridagilarga ham qaramasdan jinoyat huquqi nazariyasida 
takroran jinoyat sodir etishning, ushbu jinoyatlardan umuman farqi yo‘q 
degan fikrlar ham mavjud. V.P Malkov «Retsidiv jinoyat sodir qilish 
takroran jinoyat sodir qilishning bir ko‘rinishi holos, shuning uchun 
retsidiv jinoyat sodir qilish – bir qancha jinoyat sodir etishning shakli bo‘la 


299
olmaydi va takroran jinoyat sodir etish retsidiv jinoyat sodir etishni ham 
o‘z ichiga qamrab oladi», deb hisobaydi.
1
Ye.A.Florov va R.Galiakbarovlarning fikricha «Retsidiv — bu ham 
takroran sodir etiladigan jinoyatdir. Uning uchun xuddi takroran jinyat 
sodir etish kabi har bir mustaqil jinoyat tarkibi belgilariga ega bo‘lgan 
kamida ikkita jinoyat sodir etishga xosdir. Lekin takroran jinoyat sodir 
etishdan farqli ravishda, retsidiv jinoyat deganda jazoni o‘tab chiqqan, 
jazoni o‘tayotgan shaxsning sudlanganligi mavjud bo‘lgani holda yangi 
jinoyat sodir etishdir»
2

Yuqorida tahlil etilgan masala bo‘yicha quyidagi xulosalarni 
chiqarish mumkin, takroran jinoyat sodir etish tushunchasining Jinoyat 
kodeksiga kiritilishi: 
1) Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan holatlarda jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat sifatida olinadi; 
2) jinoyatni kvalifikatsiya qilishda bevosita ta’sir qilishi;
3) jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi bo‘lib 
hisobanishi kabi huquqiy ahamiyatga ega. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling