Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindandan til biriktirmay jinoyat sodir 
etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi (Jinoyat kodeksi 29-
modda 2-qismi).
Ishtirokchilikning birinchi shaklida jinoyatning oldindandan til 
biriktirmay sodir etilganligi uchun ishtirokchilikning boshqa shaxslarga 
nisbatan ijtimoiy xavfliligi kamroq. Chunki ular birgalikda harakat qilsa-
da, uyushganlik belgisi yo‘q, ammo jinoyat birgalikda sodir qilinganligi 
uchun ishtirokchilikning eng sodda shakliga kiritilgan. Oddiy 
ishtirokchilikning ijtimoiy xavfliligi shundaki, bunda jinoiy harakat bir 
nechta shaxs tomonidan sodir etilganligi uchun undan yetadigan zarar, 
shubhasiz, bir kishi yetkazgan zararga nisbatan bo‘ladi. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qancha moddalarida bir guruh 
shaxslar tomonidan jinoyat sodir qilinishi o‘sha jinoyat uchun jazoni 
og’irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. Masalan, bir guruh 


276
shaxslar tomonidan qasddan odam o‘ldirish (97-modda 2-qism «p» bandi); 
bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og’ir shikast yetkazish 
(104-modda 2-qism «k» bandi); qasddan badanga o‘rtacha og’ir shikast 
yetkazish (105-modda 2-qism «p» bandi); nomusga tegish (118-modda 2-
qism «v» bandi); jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda 
qondirish (119-modda 2 qism «v»bandi). 
Ishtirokchilikning oddiy shaklida ishtirokchilar orasida avvaldan 
kelishuv bo‘lmaydi va o‘z-o‘zidan bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va 
yordamchi bo‘lmaydi hamda ishtirokchilar jinoyatning obyektiv tomonini 
alohida-alohida bajaradilar. Aynan shu belgisi bilan oddiy ishtirokchilik 
ishtirokchilikning boshqa turlaridan farq qiladi.
Ishtirokchilikning bu shakli uchun til biriktirganlikning minimal 
darajasi xosdir. Ishtirokchilikning bu shaklida ko‘proq bir kishi tomonidan 
boshlangan jinoyatga boshqa shaxslarning qo‘shilishi nazarda tutilgan.
Oddiy ishtirokchilik ishtirokchilikning kam tarqalgan va ijtimoiy 
xavfi nisbatan katta bo‘lmagan shaklidir. Ishtirokchilikda oldindandan til 
biriktirmagan holda jinoyat sodir etilishini belgilashda bir qancha 
bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilganligi, shuningdek, ular orasida 
vazifalarning taqsimlanganligiga e’tibor berish lozim.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindandan til biriktirib jinoyat 
sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi (29-
modda 3-qism). 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling