Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi.
Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksi 30-moddasida) jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi belgilandi. Jinoyat kodeksi 30-moddasi 1-qismiga ko‘ra: «Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish uchun belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar». Bu umumiy qoida hisoblanadi. Qonunda jinoyat ishtirokchilari (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) bir tomondan va bajaruvchi ikkinchi tomondan bir-biri bilan bog’liqdir. Jinoiy natija umumiy va yagonadirki, jinoyat sodir qilishda har bir ishtirokchining o‘ziga yarasha o‘rni bor, ya’ni tashkilotchi tashkillashtiradi, dalolatchi qiziqtiradi, yordamchi jinoyatning amalga oshirilishiga yordam beradi. Ishtirokchilarning sodir etilgan jinoyat uchun javobgarligi jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilariga asosan belgilanadi. Bunda obyektiv tomon ishtirokchilardan har birining javobgarligi Umumiy qism qoidalari (28-modda) va Jinoyat kodeksi Maxsus qism normasiga asosan belgilanadi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat har doim qasddan sodir etilib, subyektiv tomondan ishtirokchilarning ijtimoiy xavfli xususiyatdagi oldindandan ogohlantirilganligi, ularning birgalikdagi faoliyati, ruhiy tomoni esa kuchlarni birlashtirish asosida jinoiy natijaga erishish yoki unga ongli ravishda yo‘l qo‘yilishida ifodalanadi. Ishtirokchilarning javorbgarligi doirasini belgilash uchun jinoyat tarkibi elementlaridan tashqari, umumiy va maxsus shartlar ham bo‘lishi kerak. Umumiy shartlar o‘z ichiga ishtirokchilikning turini, shaklini to‘g‘ri belgilashni, ishtirokchilik shakli jinoyat tarkibining zaruriy belgisi ekanligini yoki uning jazoni og‘irlashtiruvchi holat ekanligi kabilarni oladi. Jinoyat kodeksining 242-moddasi 2-qismida ishtirokchilik asosiy belgisi sifatida ko‘riladi va qurolli jinoiy guruh tashkil etganlik, unga rahbarlik qilganlik va unda ishtirok etganlik uchun javobgarik belgilangan. Maxsus shartlar ishtirokchilarning javobgarligiga ta’sir qiluchi obyektiv va subyektiv belgilarga, shuningdek,, ekstsess bajaruvchilik, bajaruvchining va boshqa ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishini o‘zida ifodalaydi. 269 Har bir jinoyat ishtirokchisi sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Unga nisbatan jazo tayinlashda sud jinoiy javobgarlikni jinoyatning og‘irligi, ayb darajasi va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligiga mos kelishini hisobga olishi lozim bo‘ladi. Bu sud jazo tayinlashda sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini, ish holatlari va aybdor shaxsini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. Agar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasi barcha ishtirokchilar uchun bir xil xususiyatga ega bo‘lishi (ularning harakati Maxsus qismning ayni bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganda), lekin ishtirokchilarning har birini jitimoiy xavfliligi turlicha bo‘lishi mumkin. Ular bir qator obyektiv va subyektiv holatlarga bog‘liq bo‘lib, shaxsning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi va xususiyatida namoyon bo‘ladi. Ishtiroki xususiyati ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda aybdorlik vazifasini belgilaydi. Tashkilotchi, yordamchi, dalolatchining harakatlari bajaruvchining harakati qaysi norma bilan kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, o‘sha norma bilan kvalifikatsiya qilinadi, aniqrog‘i bajaruvchi tomonidan jinoyatning obyektiv tomoni qay darajada bajarilgani muhim rol o‘ynaydi. Agar biron- bir sababga ko‘ra bajaruvchi jinoyatni oxirigacha yetkaza olmagan bo‘lsa, ishtirokchilarning harakatlari ham tugallanmagan jinoyat deb kvalifikatsiya qilinishi lozim. Jinoyat ishtirokchisi qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi (Jinoyat kodeksi 9- modda). Jinoyat sodir qilgan shaxsga jazo tayinlashda sud jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya qiladi (Jinoyat kodeksi 54-modda). Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararniig xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi (Jinoyat kodeksi 54-modda, 1- qism). Ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi hamda jinoiy harakatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi jazo tayinlashda hisobga olinadi. Sud jazo tayinlashda shaxsning sudlangan-sudlanmaganligini, giyohvandlik vositalari yoki alkogolli ichimliklarni iste’mol qilgan yoki qilmaganligini va boshqa holatlarni hisobga olishi zarur. Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini belgilashda aniq bir jinoyat sodir etilgan holatlardan kelib chiqish lozim (ayb shakli, jinoyat 270 motivi, sodir etish bosqichi va boshqalar). Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining harakatlari bajaruvchining jinoyatni qaysi bosqichda to‘xtatilganligiga qarab, ya’ni bajaruvchi jinoyatni oxiriga yetkazgan, suiqasd qilgan yoki tayyorgarlik ko‘rishda to‘xtatilganligiga qarab kvalifikatsiya qilinadi. Sud-tergov amaliyotida jinoyatni faqat maxsus subyekt amalga oshirib, boshqa shaxslar jinoyat ishtirokchisi sifatida sodir etilganligi ham uchrab turadi. Bunda jinoyat ishtirokchi(tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi)larning jinoyatda ishtiroki darajasi aniqlanishi kerak. Jinoyatning subyekti faqat maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilar (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) maxsus subyekt sodir etgan jinoyatda faqat ishtirokchi sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, onaning o‘z chaqalog’ini qasddan o‘ldirishi(99-modda)da subyekt faqat ona bo‘ladi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi esa uning onasi, eri bo‘lishi mumkin yoki 114-moddadagi jinoiy abortda subyekt vrach-akusher ginekolog bo‘lib, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi har qanday shunga bog’liq shaxs bo‘lishi mumkin. Jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan qilmish kvalifikatsiya qilinayotganida ishtirokchilikdagi bajaruvchilardan biri guruh tomonidan kelishilmagan boshqa jinoyatni sodir qilsa, unga baho berishda ayrim qiyinchiliklar vujudga keladi. Buni jinoyat huquqida Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling