Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


  Jinoyat ishtirokchilarining turlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
2. 
Jinoyat ishtirokchilarining turlari 
Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko‘ra jinoyatni bajaruvchi bilan 
bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilari ham jinoyat 
ishtirokchilari deb topiladi. 
Ishtirokchilarning quyidagi turlari mavjud: 
1) bajaruvchi; 
2) tashkilotchi; 
3) dalolatchi; 
4) yordamchi. 
NOTA BENE! 
Jinoyatni bevosita, to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu 
kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan 
shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan 
shaxs bajaruvchi deb topiladi (Jinoyat kodeksi 28- modda, 2-qism). 
Qonunda bajaruvchining qator o‘ziga xos belgilari ko‘rsatilgan: 
birinchidan, jinoiy qilmishning to‘liq yoki qisman amalga 
oshirilishi. Bundagi jinoiy qilmishni to‘liq amalga oshirilishi deganda, 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan qilmishning obyektiv 
tomonini to‘liq sodir etish tushuniladi, ya’ni obyektiv tomon to‘liq 
bajariladi. Jinoyatni qisman sodir etish jinoyat obyektiv tomonini sodir 
etish bo‘lib, bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda tamom bo‘lmaydi yoki 
modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan oqibatning yuz bermasligida 
ifodalanadi;
ikkinchidan, jinoyatning bevosita bajaruvchi tomonidan sodir 
etilishi, bevositalik bajaruvchi shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etilganligi yoki sodir etilishini 
anglatadi. 
Bajaruvchi quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1) bevosita jinoyatni sodir etgan, ya’ni obyektiv tomonini bajargan 
shaxs; 
2) boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyatni sodir etishda ishtirok 
etgan shaxs (birgalikda bajaruvchi); 
3) kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan 
shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan 
shaxs. 
Dastlabki ikkita holatda jinoyat ishtirokchisi hisoblangan bajaruvchi 
ko‘rsatib o‘tilgan. Uchinchi holat esa jinoyatda ishtirokchilikni 


264
ifodalamaydi, balki jinoyat vositasi orqali individual tartibda sodir etish 
hisoblanadi. 
Ba’zi hollarda jinoyatning obyektiv tomonini bir nechta jinoyatchilar 
birgalikda bajaradi, ularning barchasi bajaruvchi hisoblanadi. 
Jinoyat bajaruvchisi aqli raso va qonunda belgilangan yoshga to‘lgan 
bo‘lishi kerak. Ayrim holda shaxsning o‘zi jinoyatni bevosita sodir 
qilmasdan jinoyatning subyekti bo‘la olmaydigan shaxsdan foydalanadi 
(masalan, o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilishda shaxs 14 yoshga to‘lmagan 
yoki aqli noraso shaxsdan foydalanadi). Bunda jinoyatchi ham subyekt 
yoshiga yetmaganning qilmishi uchun hamda voyaga yetmaganni 
jinoyatga jalb qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Ba’zi hollarda 
jinoyatchi maxsus o‘rgatilgan hayvonlardan ham foydalanadi va hayvon 
yetkazgan zarar uchun jinoyatchi javobgar bo‘ladi. 
Alohida hollarda bajuruvchining harakatini aniqlash uchun Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan belgilarning 
bir qismini bo‘lishining o‘zi yetarli hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish 
jinoyati bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa, ulardan biri zo‘rlik 
ishlatgan lekin, shaxsan o‘zi nomusga tekkan yoki nomusga 
tegmaganligidan qat’i nazar, bajaruvchi bo‘lib hisoblanadi. 
Bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish subyektiv tomondan 
to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilishi mumkin. Qonunga ko‘ra 
ishtirokchilikda sodir etilgan qilmish qasddan amalga oshirilib, 
ehtiyotsizlikni istisno etadi. Ijtirokchilarning qasdi o‘z qilmishning ijtmoiy 
xavfliligini anglash va bajaruvchining harakatini o‘z ichiga olishi kerak.
Jinoyatning tashkilotchisi jinoyat ishtirokchilaridan biridir. Jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling