Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
-BOB. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
12-BOB. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK
1. Ishtirokchilik tushunchasi Sud-tergov harakatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat jinoyatlar bir guruh shaxslar tomonidan sodir etiladi. Shu o‘rinda ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan jinoyatlar ko‘p hollarda bir necha kishilarning birlashishi orqali sodir etilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Shubhasiz, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoridir, chunki bir kishi tomonidan sodir etilgan qilmishlardan ko‘ra bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan jinoyat tufayli ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq zarar yetkaziladi. Jinoyatchilar guruh bo‘lib harakat qilishganda ancha ishonch bilan qo‘pol va bemalol harakat qilishadi. Bunday holat ularning hayot tarziga aylanib qolishi mumkin. Jinoyatning uyushgan guruh yoki jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilishi yengil kechadi, iz qoldirmaslik va guvohlarni yo‘qotish osonlashadi. Guruh bo‘lib jinoyat sodir qilinganida guruh rahbarlarini fosh etish qiyinlashadi va ularning yashirinishi oson kechadi. Bu jihatdan olganda, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning maxsus o‘rganilishi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda muayyan yutuqlarga erishishga yordam beradi. Turli jinoyatlarda uyushgan jinoyatchilik darajasi bir xil bo‘lmay, ularning maxsus o‘rganilishi talab etiladi. Guruh bo‘lib jinoyatlarning sodir etilgan xavflilik darajasiga bir necha shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarga nisbatan ancha yuqoridir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko‘ra: NOTA BENE! Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. U yoki bu jinoyatni kvalifikatsiya qilishda nafaqat qilmishning ishtirokchilikda sodir etilishi, balki qonuniylik va adolatlilik prinsiplariga asoslangan holda ishtirokchilikning aniq belgilari va shakllariga e’tibor berish lozim. Ishtirokchilik belgilarini obyektiv va subyektivga ajratish mumkin. Ishtirokchilikning obyektiv belgilariga: 1) jinoyat sodir qilishda ikki yoki undan ortiq shaxsning ishtiroki; 260 2) guruh a’zolarining jinoyatni sodir qilish uchun birgalikda harakat qilishi kiradi. Jinoyat sodir qilishda ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi ishtirokchilikning son belgisidir. Bu belgining asosiy sharti shundan iboratki, jinoyat ishtirokchilikda sodir etilganda ishtirokchilarning barchasi aqli raso va shu jinoyat uchun qonunda belgilangan yoshga yetgan bo‘lishi talab qilinadi. Qonunda belgilangan yoshga yetmagan va aqli noraso deb topilgan shaxs jinoyatning subyekti deb topilishi mumkin emas va o‘z-o‘zidan ishtirokchi ham bo‘la olmaydi. Agar jinoyat sodir etgan shaxs subyektning barcha belgilariga ega bo‘lsa va jinoyatning bajaruvchisi sifatida aqli noraso shaxsdan yoki qonunda belgilangan yoshga yetmagan shaxsdan foydalangan bo‘lsa, bu holda aybdor faqat sodir etgan jinoyat uchun emas, balki voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilganlik uchun ham javobgarlikka tortiladi. Ishtirokchilik insttitutini tahlil qilishda birgalashib jinoyat sodir etgan barcha shaxslarning harakatini o‘rganish lozim. Bunda har bir ishtirokchi tomonidan sodir etiladigan harakatning xususiyati, jinoiy kuchlarning muvofiqlashganligi, ular o‘rtasidagi aloqadorlikning qat’iligi asosiy element hisoblanadi. Aynan shu element majmui ishtirokchilikda sodir etilgan qilmish darajasini belgilashga asos bo‘lib, shu orqali jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat-huquqiy kurash chorasini belgilashga imkon beradi. Birgalikdagi harakat shundan iboratki, bunda ishtirokchilarning jinoiy harakati birgalikda bo‘ladi. Jinoyatni birgalikda sodir qilish shundan iboratki, bunda bir ishtirokchining harakati ikkinchisiniki bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi va jinoyat natijasi umumiy harakatga bog‘liqdir. Ishtirokchilarning birgalikdagi harakati jinoyatning natijasi uchun muhim shartdir. Ishtirokchilik jinoyati murakkab jarayon bo‘lib, bunda har bir ishtirokchi o‘zining «tegishli» hissasini qo‘shmog‘i lozim: biri uyushtiradi, biri guruh tuzadi, boshqasi ma’lumot yig‘adi, to‘rtinchisi jinoyat qurolini tayyorlaydi, beshinchisi uni amalga oshiradi (yani to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshiradi). Ushbu murakkab jarayonda har bir ishtirokchining harakati bir-biriga mos kelishi va sababiy bog‘langan bo‘lishi kerak, uning natijasi jinoyat ishtirokchilarining umumiy xohishi va qoniqishi bo‘lishi kerak. Demak, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishdagi birgalikdagi harakat o‘zaro bog‘liq va shartli harakatlar bilan jinoyat sodir etilishi bilan 261 belgilanadi. Jinoyat harakatning birgalikdaligi barcha ishtirokchilar uchun jinoiy oqibatning bir xilligi, umumiy jinoiy oqibat va har bir ishtirokchi o‘rtasidagi harakatning o‘zaro bog‘liqligida ifodalanadi. Harakat, jinoiy oqibat va har bir ishtirokchining o‘zaro aloqadorligi yig‘indisi ishtirokchilikni ifodalaydi. Bir qancha shaxslarning kuchlarini birlashtirish natijasida jinoyat sodir etilganida, ularning har biri mustaqil tarzdagi jinoiy oqibatga erishishga harakat qilgan bo‘lsa yoki ular harakati jinoiy oqibat bilan bevosita bog’liq bo‘lmasa, bunday jinoyatni ishtirokchilikda jinoyat sodir etish deb baholab bo‘lmaydi. Chunki ularning harakati birgalikda bo‘lmay, umumlashgan bo‘ladi, holos. Masalan, A. ismli shaxs B. ismli shaxsni o‘ldirishga qasd qiladi va unga og‘ir tan jarohati yetkazadi, vrach S. uni davolashi jarayonida infeksiya yuqtirishi natijasida B. vafot etadi. Bu ikki harakat o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lmaganligi uchun ishtirokchilik deb baholanmaydi. Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko‘ra ishtirokchilikning subyektiv belgilari ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishida namoyon bo‘ladi, ya’ni 27-moddaning mazmuniga ko‘ra ishtirokchilik faqat qasddan sodir qilinadigan jinoyatlardagina bo‘ladi. Ishtirokchilar o‘rtasida jinoyat sodir etish uchun oldindandan kelishuvning mavjud bo‘lishi birgalikdagi harakatni belgilashda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ular o‘rtasida oldindandan kelishuvning mavjud bo‘lmasligi ishtirokchilikni aniqlashni qiyinlashtiradi. Birgalikdagi harakat qilish mezoni bo‘lib: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling