Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
4. 
Jinoyatga daxldorlik. 
Sud-tergov amaliyotida shaxsning qasddan sodir qilgan harakati 
sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishga aloqador bo‘ladi, lekin ishtirokchilik 
deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin bo‘lmaydi. Jinoyat qonuni va jinoyat 
huquqida buni jinoyatga daxldorlik deyiladi va bu qilmish uchun Jinoyat 
kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortiladi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoki jinoyat sodir 
etilayotganligi yoxud jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, 
oldindandan va’da bermasdan, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik 
yoxud jinoyatchini, jinoyat sodir qilish quroli va vositalarini, jinoyat 
izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindandan 
va’da bermagan holda yashirganlik (Jinoyat kodeksning 241-moddasida 
nazarda tutilgan hollardagina) daxldorlik deb aytiladi. 
Jinoyat kodeksining 31-moddasida daxldorlikning ikki turi 
ko‘rsatilgan: 
1) oldindandan va’da bermasdan xabar bermaslik (31-moddasi, 1-
qismi); 
2) oldindandan va’da bermasdan yashirganlik. 
Jinoyat kodeksining Umumiy qismida daxldorlikning ikki shakli 
keltirilgan bo‘lsa-da, jinoyat huquqi nazariyasi daxldorlikning uchta shakli 
haqida fikr bildirilgan. 
Jinoyat kodeksi 241-moddasining 1-qismida tayyorgarlik 
ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og’ir jinoyat haqida aniq 
bilgani holda xabar bermaganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. 


272
Jinoyat kodeksida xabar bermaslik va yashirganlik uchun javobgarlik 
belgilanib, fuqarolarning ijtimoiy xavfli qilmish to‘g‘risida tegishli davlat 
organiga xabar berishga majburligi belgilab qo‘yilgan. 
Yuridik adabiyotlarda ko‘pgina huquqshunos olimlar “jinoyat haqida 
xabar bermaslik”ni huquqiy ahamiyatiga qarab turlarga bo‘ladilar. 
Jumladan, V.G.Smirnov “jinoyat haqida xabar bermaslik”ni huquqiy 
ahamiyatiga qarab ikki turga bo‘ladi: 
1. 
Tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermaslik. O‘z tabiatiga 
ko‘ra jinoyat sodir etishning bir turini keltirib chiqaradi.
2. 
Sodir etilgan jinoyat haqida xabar bermaslik. Jinoyatga 
daxldorlikning turlaridan birini tashkil qiladi”
1

Huquqshunos olim A.N.Traynin ham V.G.Smirnovdan oldindanroq 
quyidagi fikrni bildirgan edi. Bu ikki xil xabar bermaslikning ijtimoiy 
xavfliligi ham turlichadir. Agar jinoyat haqida og‘ir jinoyat sodir 
etilganidan keyin xabar berilgan bo‘lsa, buni hisobga olmasdan bo‘lmaydi. 
“Agar shaxs tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermasa, bu 
yerda jinoyatning sodir etilishida uning manfaatlari bo‘lmasa-da, u 
jinoyatchilar bilan birlashib, ishtirokchiga aylanib qoladi”
2
.
Bu mualliflar jinoyat haqida xabar bermaganlik uning va’da berib 
yoki va’da bermasdan amalga oshirganligi emas, balki uning ijtimoiy 
xavfliligidan kelib chiqqan holda, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rilayotganligi haqida aniq bilgani holda xabar bermaganlik uchun 
ishtirokchi, deb topish lozim degan fikrni bildiradilar. 
Daxldorlikning jinoyat ekanligi shundan iboratki, shaxs tayyorgarlik 
ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og’ir yoki o‘ta og’ir jinoyat to‘g’risida 
aniq bilgan bo‘lsada, davlat hokimiyati organlariga xabar bermaydi. ya’ni, 
shaxs (aybdor)ni javobgar qilish uchun uning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat 
sodir etilgan yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi to‘grisida bilgan 
bo‘lishi talab qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasi 4 va 5-
qismida og‘ir va o‘ta og’ir jinoyatlar tushunchasi berilgan bo‘lib, ularga, 
og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda og’ir jazo sifatida besh 
yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kirishi belgilangan. 
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi nazarda tutilgan 
jinoyatlar kiradi. Shaxsning tayyorlanayotgan yoki sodir qilingan jinoyat 
1
Смирнов В.Г. ”Функции Советского уголовного права” // “УЛГУ”, М:.1965, С.88. 
2
Трайнин А.И. “Учения о соучастии” // М:.1941, С.113. 


273
haqida qaysi organga xabar qilishining ahamiyati yo‘q, qoidaga ko‘ra 
shaxs davlat organlari — prokuratura, militsiya, soliq inspeksiyasi, 
bojxona xizmati, Milliy xafsizlik xizmatiga, shuningdek, boshqa 
organlarga, masalan, hokimiyat, harbiy bo‘linma rahbarlariga xabar berishi 
mumkin. 
Ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tahlil qilishda shaxsning 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoki sodir qilinganligi to‘grisida 
uning, ya’ni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishga tayyorlanayotganligi 
yoki sodir qilinganligi haqida aniq bilganligiga e’tibor berilishi kerak. 
Ba’zan, jinoyatning subyekti og’ir yoki o‘ta og’ir jinoyat sodir 
etishga aynan kim tayyorgarlik ko‘rayotgani yoki sodir qilinganligini aniq 
bilmasligi ham mumkin. 
Agar shaxsda obyektiv ravishda xabar berish imkoniyati mavjud 
bo‘lmasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ushbu jinoyat 
to‘g‘risida xabar bermagan vaqt jinoyatning tugallangan payti hisoblanib, 
ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqqan yoki chiqmaganligi ahamiyat kasb 
etmaydi. Shaxs tegishli organlarga jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi 
yoki sodir etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumot kelib tushgan zahoti xabar 
berishi lozim. Sudlar jazo tayinlanayotganda tayyorgarlik ko‘rilayotgan 
jinoyat to‘g’risida xabar bermaslikka nisbatan sodir etilgan jinoyat haqida 
xabar bermaslik og’irroq ekanligini hisobga olishlari kerak. 
Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismida og’ir yoki o‘ta og’ir 
jinoyatlarni oldindandan vada bermasdan yashirish to‘g’risida so‘z boradi. 
Oldindandan va’da bermasdan yashirishga: jinoyatchini, jinoyat 
quroli va vositasini, boshqa dalil va ashyolarni yashirish kiradi. 
Jinoyatchini yashirish, deganda aybdorni huquqni muhofaza qilish 
organlaridan yashirish uchun uni joy bilan ta’minlash tushuniladi. 
Yashiruvchi jinoyat quroli yoki vositasini, jinoyat izlarini ham yo‘q qilishi 
mumkin. Bu jinoyat qasddan sodir etiladi. Shu bilan birga aybdor og’ir 
yoki o‘ta og’ir jinoyatni yashirayotganligini tushunib yetishi lozim. 
Jinoyat kodeksi 31-moddasining 3-qismida 241-moddadagi jinoyatga 
sub’yekt bo‘la olmaydigan shaxslar keltirilgan, ya’ni «Oldindandan vada 
bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni 
yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining 
yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi». 
5. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling