Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Tamom bo’lmagan jinoyat
Jinoyatga tayyorgarlik 
ko’rish va jinoyat sodir 
etishga suiqasd qilish
(JK 25-moddasi) 
Jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytish
(JK 26-moddasi) 


199
harakatsizlik bilan jinoyatlar sodir etilganida, jinoyatga tayyorgarlik va 
suiqasd bosqichlari mavjud bo‘lmaydi. Biroq ayrim jinoyatlarda 
harakatsizlik orqali jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. (Masalan, onaning 
o‘z chaqalog‘ini o‘ldirish maqsadida ovqatlantirmasligi). 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish dastlabki yoki 
tugallanmagan jinoiy qilmishda ifodalanadi. Bu qilmishlarning tugallangan 
jinoyatdan unda Maxsus qism moddasida ko‘rsatilgan jinoyat belgilari 
to‘liq bajarilmaydi: obyektiv tomonni ifodalovchi belgilarning to‘liq 
bajarilmasligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yo‘qligi bilan farq qiladi. 
Tugallangan jinoyatlarda qilmishning jinoiyligini ifodalovchi barcha 
belgilar mavjud bo‘ladi.
Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik masalasi, shaxsning 
jinoiy faoliyati o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichida to‘xtatilgan bo‘lsagina vujudga 
keladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd uchun javobgarlikka tortish 
uchun jinoyat qasddan bo‘lishi kerak. Egri qasdda jinoyat sodir etishning 
ushbu ikki bosqichi bo‘lmaydi. Chunki jinoyatga tayorgarlik ko‘rish va 
suiqasd qilishda shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga 
qaratilgan ongli va maqsadli harakatlardan iborat bo‘ladi. Masalan, odam 
o‘ldirishga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, qachonki 
shaxs o‘lim yuz berishini anglagan va istagan bo‘lgandagina suiqasd 
bo‘lishi mumkin.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasddan 
sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo‘ladi. Egri qasd bilan sodir etilgan 
jinoyatlarda esa jinoyatga tayorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish boqichlari 
bo‘lmaydi. Jinoyatchi jinoiy oqibat yuz berishini xohlamagan holda 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishi yoki suiqasd qilishi mumkin emas. Bunday 
hollarda jinoiy oqibat uning harakat ishning maqsadini tashkil qilmaydi. 
Jinoyatning qasddan sodir etilishi har ikki bosqich uchun ham zaruriy belgi 
hisoblanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish har qanday jinoiy 
oqibatning yuz berishini istisno etadi. Aynan jinoiy oqibatning yuz 
bermaganligi tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyatlar o‘rtasidagi 
farqni belgilab beradi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling