Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoiy javobgarlikka tortish asoslari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

5. Jinoiy javobgarlikka tortish asoslari. 
 
Jinoyat huquqida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari muhim 
jinoyat-huquqiy muammolardan biri hisoblanadi. 
Jinoiy javobgarlikka tortish asoslari falsafiy va yuridik jihatdan 
ko‘rib chiqiladi. 
NOTA BENE! 
Jinoiy javobgarlikning falsafiy jihati shaxsda o‘z harakatini boshqara 
olish erkinligi mavjud bo‘lgan, qonun doirasida harakat qilishi 
mumkin bo‘lgan, ammo bu imkoniyatni suiste’mol qilib qonuniy 
taqiqni buzgan hollarda qo‘llaniladi. Shaxs o‘z harakatlarini amalga 
oshrishda mustaqil bo‘ladi. 
Bu masala yuzasidan uch yo‘nalishda fikr bildiriladi: 
birinchi yo‘nalish (fatatistik yo‘nalish) Bunda tashqi vaziyat shaxsni 
boshqaradi, uning xulqiga ta’sir etadi va faqat shu muhit ta’sirida harakat 
qilishga majbur qiladi. Bunda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi 
yoki shaxsga uning aybisiz ayb qo‘yiladi; 
ikkinchi yo‘nalish (indoterministik yo‘nalish) Bunda inson faoliyati 
hech narsaga bog‘liq bo‘lmaydi, u har doim mustaqil tarzda o‘z xohishiga 
ko‘ra harakat qiladi; 
uchinchi yo‘nalish. Bunda inson faoliyati tashqi muhitga bog‘liq 
bo‘ladi, uning ijtimoiy qobiliyati, shaxsiy ehtiyoji har qanday holatda 
qanday harakat qilish kerakligini belgilaydi. Bu shaxsning erkinligi bo‘lib, 
u mustaqil harakat qiladi va o‘z harakati uchun mustaqil javob beradi. 
NOTA BENE! 
Jinoiy javobgarlikning yuridik jihati jinoiy javobgarlikning nima 
uchun, qanday qilmish uchun va u qaysi sharoitlar mavjud bo‘lganida 
vujudga kelishini belgilaydi. Jinoyat kodeksining 16-moddasida 
belgilanishicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun Jinoyat kodeksi 
Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha 
alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etishga asos bo‘ladi. 


191
Bu norma jinoiy javobgarlikning faktik va yuridik asosini belgiilaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling