Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Xato va uning jinoyat huquqiy ahamiyati


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
7.Xato va uning jinoyat huquqiy ahamiyati 
 
Xato jinoyat huquqida shaxsning sodir qilgan jinoyati holatlariga 
bo‘lgan noto‘g‘ri munosabatidir. Jinoyat huquqida xatoning ikki: yuridik 
va faktik turi mavjuddir. 
XATO 
Yuridik xato 
Faktik xato 
Oqibatga 
nisbatan xato 
Sababiy 
bog’lanishga 
nisbatan xato 


179
Yuridik xato deganda, jinoyat huquqi nazariyasida qilmishni qilgan 
shaxsning jinoyat huquqiy motiv haqida noto‘g‘ri tasavvuri tushuniladi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida yuridik xatoning bir qancha turlari bor: 
1. 
Shaxs qilmishini jinoyat deb hisoblaydi, lekin sodir qilingan 
qilmishda jinoyat belgilari bo‘lmaydi. Bunday yuridik xatoda jinoiy 
javobgarlik yuzaga kelmaganligi uchun o‘z-o‘zidan jinoyat deb 
hisoblanmaydi. 
Agar shaxs o‘z harakatlarini jinoyat deb hisoblamasa, lekin ushbu 
harakatda jinoyat alomatlari bo‘lsa, bunday holda ushbu harakatni sodir 
qilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi. 
2. 
Ikkinchidan, yuridik xato shaxs sodir etayotgan qilmishning 
yuridik oqibatlarini, jinoyat uchun belgilangan jazo turi va miqdorini 
bilmasligi yoki noto‘g‘ri tasavvurga ega ekanligda ifodalanadi. Xatoning 
turida shaxsning shunday qilmish uchun javobgarlik belgilanganligini 
bilmasligi uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Yuridik xatoning 
ahamiyati shundaki, u na aybga, na jinoyatning kvalifikatsiyasiga va na 
jazo tayinlashga ta’sir qiladi. 
Faktik xato deyilganda, jinoyat huquqi nazariyasida shaxsning 
jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilari to‘g‘risida noto‘g‘ri tushunchaga 
ega ekanligi tushuniladi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida faktik xatoning ham bir necha ko‘rinishi 
berilgan: jinoyatning obyektiga, jinoyat predmetiga nisbatan xato; 
jinoyatning obyektiv belgilariga (harakat yoki harakatsizlik kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan oqibatlarga) nisbatan, jabrlanuvchining shaxsiga 
nisbatan; jinoyat sodir etish uslubi va vositalariga nisbatan xato qilish va 
hokazolar kiradi. 
Obyektga nisbatan xato qilishda shaxs jinoyat huquqiy 
munosabatlarning boshqa obyektiga zarar yetkazadi. Masalan, shaxs 
ombordagi buyumni portlovchi modda deb o‘g‘irlaydi, aslida buyum 
umuman boshqa narsa bo‘lib chiqadi. Bu vaziyatda shaxs o‘zganing 
mulkini o‘g‘irlaganlik uchun deb jinoiy javobgarlikka tortilmasdan, balki 
uning harakati o’qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki 
portlatish qurilmalariga g‘ayriqonuniy egalik qilishga suiqasd deb 
hisoblanadi(25-modda, 248-modda). Jinoyat sodir qilgan shaxsning 
harakati aybdor fikrining yo‘nalishi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Bu vaziyatda aybdorning fikri faqat portlovchi moddaga egalik qilishga 
qaratilgani uchun va jinoyat oxiriga yetkazilmaganligi sababli bu harakat 
portlovchi moddaga g‘ayriqonuniy egalik qilishga suiqasd deb 
kvalifikatsiya qilinishi kerak. 


180
Sodir qilinayotgan jinoyatning xususiyat qarab xatolar har xil bo‘lishi 
mumkin. Masalan, shaxs o‘z qilmishining huquqqa xilofligiga nisbatan 
adashishi mumkin. Bunday hollarda gayriqonuniy qilmish aybning 
shakliga ta’sir qilmaydi, lekin javobgarlik oxiriga yetkazilgan jinoyat 
uchun emas, balki jinoyat qilishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya 
qilinishi kerak, ya’ni bu vaziyatda aybdor o‘z niyatini oxiriga yetkaza 
olmaydi, o‘z irodasidan tashqari holatda niyatiga yeta olmaydi. Masalan, 
shaxs ishongan holda giyohvandlik vositasini olayapman, deb o’ylaydi, 
biroq u boshqa narsa olgan bo‘lib chiqadi. Bunday holatda ushbu 
shaxsning harakati giyohvandlik vositasini gayriqonuniy ravishda sotib 
olishga suiqasd qilish, deb baholanmog’i lozim(Jinoyat kodeksi 25-modda, 
273-modda). 
Shunday xatolar bo‘lishi mumkinki, shaxs o‘z qilmishini qonuniy 
deb hisoblaydi, biroq bu qilmish g‘ayriqonuniy bo‘lib chiqadi. Bunda 
qilmish tugallangan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling